MAHALLADAGI XOTIRJAMLIK – EL FAROVONLIGINING GAROVIDIR
Jamiyatning eng muhim va tayanç böğini hisoblangan mahalla tizimida osoyiştalikni taʼminlaş, jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan manzilli işlaş bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori aynan şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Uşbu muhim hujjat ijrosi doirasida joylarda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Amudaryo tumanidagi fuqarolar yiğinlarida işlab çiqilgan çoraklik “yöl xarita”si bandlarining ijro etilişi hamda ijtimoiy profilaktika ahvoli tuman Prokuraturasi xodimlari tomonidan bevosita joyiga çiqqan holda, tanqidiy va tahliliy nuqtai nazardan örganilmoqda.
Navbatdagi ana şunday çuqurlaştirilgan örganişlar tumandagi Bosuv mahalla fuqarolar yiğinida ötkazildi. Statistik maʼlumotlarga nazar taşlaydigan bölsak, ayni kunda mazkur hududda 3830 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 1455 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Mahalladagi 64 ta köçada joylaşgan 764 ta xonadonda jami 937 ta oila hayot keçirmoqda. 2025-yil yakunlari böyiça jinoyatçilik darajasi böyiça “sariq” toifaga kiritilgan uşbu mahalla, joriy yil davomida jinoyat sodir etilmagani sababli yanvar oyi yakuniga köra “yaşil” toifaga ötgan. Albatta, bu ijobiy körsatkiç, ammo raqamlar ortidagi haqiqiy manzara, ijtimoiy profilaktika işlarining sifati talab darajasidami? Prokuratura örganişlari jarayonida aynan şu savolga javob izlandi va, afsuski, bir qator jiddiy kamçiliklar, köz yumib bölmaydigan eʼtiborsizlik holatlari aniqlandi.
Jumladan, hududda faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” tomonidan doimiy daromad manbaiga ega bölmagan 26 nafar işsiz fuqaro bilan maqsadli iş taşkil etilmaganligi maʼlum böldi. Bundan taşqari, uzoq muddat davomida xorijiy davlatlarda mehnat qilib yurgan 61 nafar şaxslar ham eʼtibordan çetda qolgan. Şuningdek, mahallada spirtli içimliklarga ruju qöygan 2 nafar şaxsni majburiy davolaş muassasasiga joylaştiriş körsatilgan bölsa-da, şu kunga qadar bu işlar paysalga solinib, töliq yakuniga yetkazilmagan. Yoşlar masalasida ham huquqbuzarlik sodir etişga moyilligi bölgan qatlam bilan ijtimoiy profilaktika işlari tizimli yölga qöyilmaganligi, kelgusida noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida ularning oilaviy ahvoli çuqur örganilmaganligi tanqid ostiga olindi.
Yana bir açinarli holat xavfsizlikni taʼminlaş vositalari bilan boğliq: hududdagi 15 ta ijtimoiy obʼektga “Hudud kamera nazoratida” degan stikerlar örnatilgan bölsa-da, aslida uzluksiz videokuzatuv tizimi hanuzgaça işga tuşirilmagan. Muntazam ravişda tazyiq va zöravonlikka uçrab kelayotgan 2 nafar şaxs bilan tizimli işlaş, ularga ruhiy va huquqiy kömak beriş yölga qöyilmagan.
Gulzor mahallasida olib borilgan örganişlar davomida ham şunga öxşaş holat qayd etildi. Hududda 4144 nafar aholi yaşaydi. Ularning 2244 nafarini ayollar va 970 nafarini yoşlar taşkil etadi. Mahalladagi 38 ta köçadagi 1038 ta xonadonda 1144 ta oila istiqomat qiladi. Gulzor mahallasi hududida ötgan yil davomida jami 3 ta jinoyat sodir qilingan bölib, şulardan 2 tasi oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Garçi joriy yilning yanvar oyi yakuni böyiça hududda jinoyat qayd etilmagan va mahalla “yaşil” toifaga kiritilgan bölsa-da, bu xotirjamlikka beriliş uçun asos böla olmaydi. Aniqlanişiça, mazkur mahallada ham spirtli içimlikka ruju qöygan şaxslarni majburiy davolaş muassasasiga joylaştiriş çoralari körilmagan. Eng xavotirli jihati şundaki, tazyiq va zöravonlikka uçragan 6 nafar xotin-qizga davlat tomonidan himoya orderi berilgan bölib, lekin uşbu ayollarning yaşaş xonadonlariga xavf tuğilganda tezkor xabar berişga möljallangan taşviş tugmalari örnatilmagan.
Bundan taşqari, mahalladagi ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilalar, muntazam tazyiq va zöravonlikka uçragan hamda profilaktik hisobda turadigan xotin-qizlar bilan bugungi profilaktik işlar tizimli taşkil qilinmagan. Oila buzilişi, notinçlik kabi muammolar esa jamiyatning tanazzuliga olib keluvçi eng xavfli omillardandir.
Amudaryo tuman Prokuraturasi tomonidan ötkazilgan örganişlar yakunlari böyiça aniqlangan mazkur jiddiy kamçiliklarni bartaraf qiliş hamda kelgusida ularning takrorlanişining oldini oliş yuzasidan vakolatli organlarga taqdimnomalar kiritildi.
Jinoyatçilikdan xoli, xavfsiz muhitni yaratiş faqatgina qoğozdagi hisobotlar bilan belgilanmaydi. Asl xavfsizlik har bir insonning dardiga quloq tutiş, işsizlarni band qiliş, adaşganlarga töğri yöl körsatiş va zöravonlikka uçraganlarni çin maʼnoda himoya qiliş bilan taʼminlanadi. Bu işlarga hissa qöşiş esa har bir mahalla faolining burçidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶