Bözatovda “Inson – insonga kömakçi” mavzusida seminar-kouçing ötkazildi
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, fuqarolarning muammolarini bevosita mahalla darajasida hal etişga qaratilgan islohotlar izçil davom etmoqda. Uşbu islohotlarning amaliy ifodasi sifatida taşkil qilingan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining eng yaqin yordamçisiga aylanmoqda.
Bu boradagi işlarni yanada jadallaştiriş uçun aholining fikr-mulohazalarini örganiş va ularni sohadagi yangiliklar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida Bözatov tumanidagi Kök suv mahallasida "Inson – insonga kömakçi" mavzusida seminar-kouçing taşkil qilindi. Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbir mahalla aholisi va masʼul xodimlarni bir davraga birlaştirdi.
Seminar-kouçingni ötkazişdan asosiy maqsad – ijtimoiy himoya tizimida amalga oşirilayotgan yangiliklarni keng jamoatçilikka yetkaziş, fuqarolarning huquqiy bilimini oşiriş va aholi muammolarining yeçimini birgalikda topişdan iboratdir.
Tadbirda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar hamda aholi vakillari faol iştirok etdi.
Aytiş joizki, bugungi kunda mahallalarda har bir sohaga alohida eʼtibor qaratilib, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini aniqlaş hamda ularning muammolarini ijobiy hal etiş böyiça masʼul xodimlar tomonidan amaliy işlar yölga qöyilgan. 2023-yilning sentyabr oyidan boşlab mahallalarda ijtimoiy xodimlar lavozimi joriy etildi va Kök suv mahallasiga tayinlangan Allambergen Embergenov şu kunga qadar aholining eng yaqin kömakçisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Seminar-kouçingda asosiy eʼtibor amaldagi meʼyoriy hujjatlar va aholiga körsatilayotgan xizmatlarning huquqiy asoslarini tuşuntirişga qaratildi.
Markazning sektor boş mutaxassisi Medet Arziyev yordamga muhtoj oilalar uçun gaz va elektr energiyasiga tölanadigan kompensatsiyalar haqida maʼruza qildi. Bu maʼlumotlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxşilaşga qaratilgan davlat tomonidan berilayotgan moliyaviy kömaklarni töğri va öz vaqtida oliş uçun muhim ahamiyat kasb etadi.
Markazning yana bir sektor boş mutaxassisi Bahodir Şamambetov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi “Ayollar daftari," "Yoşlar daftari" va "Saxovat va kömak" jamğarmalari mablağlari hisobidan ijtimoiy yordam körsatiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan "Saxovat va kömak" jamğarmasidan körsatiladigan xizmatlar böyiça batafsil tuşuntiriş berdi. Bu jamğarma aholining moddiy yordamga muhtoj qatlamlariga tezkor va manzilli kömak berişda muhim rol öynaşi taʼkidlandi.
Şuningdek, markazning sektor boş mutaxassisi Qiyas Xabipov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-aprel kuni "Muhtoj şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan taʼminlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi qarori haqida nutq sözladi. Bu mavzu nogironligi bölgan şaxslarning hayot sifatini yaxşilaş va ularni jamiyatga tölaqonli integratsiya qiliş uçun juda dolzarb ahamiyatga ega ekani alohida qayd qilindi.
Seminar-kouçingdagi eng muhim jihatlardan biri – uning interaktiv tarzda ötkazilganidir. Iştirokçilar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanişiş bilan birga, interfaol öyin asosida markaz xodimlari rolida özlarini sinab kördilar. Bunday amaliy yondaşuv fuqarolarning tizimga bölgan işonçini oşirib, muammolarga masʼul xodimlar nazari bilan qaraş imkonini berdi.
Tadbir davomida iştirokçilarning fikr-mulohazalari tinglandi va barça savollariga mutaxassislar tomonidan atrofliça javob berildi. Bözatov tumanidagi uşbu tadbir "Inson – jamiyatning tayançi" tamoyili asosidagi ijtimoiy himoya tizimining mahalla darajasidagi samaradorligini oşirişga qaratilgan amaliy qadam böldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶