MTTLARDA BOLALARNI SOĞLOM OVQATLANTIRIŞGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkaziş yölidagi ilk qadam maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan boşlanadi. Bu borada esa bolalar salomatligini taʼminlaş va soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, ayniqsa, yozgi soğlomlaştiriş davrida tarbiyalanuvçilarning xavfsizligini taʼminlaş masalalari muhim ahamiyatga ega. Amudaryo tumanida davlat-xususiy şerikçik asosida faoliyat yuritayotgan “Husniya” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotida “Dolzarb 90 kun” doirasida ötkazilgan seminarda ham aynan şu masalalar atrofliça muhokama etildi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi mutaxassisilari, Qoraqalpoğiston “Oşpazlar uyuşmasi”, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, tuman Sanitariya epidemiologik-osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokorlari, davlat xususiy-şerikçilik asosidagi hamda oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyaçilari, oşpazlari va autsorsing asosida mahsulot yetkazib beruvçi taʼminotçi-tadbirkorlar iştirok etdilar.
Seminarni tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining davlat-xususiy şeriklik asosidagi taʼlim taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça boş mutaxassisi Abduraşid Nasrullayev oçdi va uşbu seminarni ötkazişdan maqsad, nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida soğlom ovqatlantirişni taşkil etişning ahamiyati, taʼlim-tarbiya jarayonlarini töğri olib boriş töğrisida batafsil söz yuritdi.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mutaxassislari sözga çiqib, maktabgaça taʼlim taşkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida Respublika miqyosida amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar xususida seminar iştirokçilariga zarur maʼlumotlar taqdim etdi.
Xususan, nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda rivojlanişiga oid davlat talablari asosida hamda davlat öquv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, maktabgaça yoşdagi bolalarning öquv-tarbiyaviy faoliyatini taşkil qiliş hamda maktabgaça taʼlim yoşidagi barça tarbiyalanuvçilarni soğlom, xavfsiz ovqatlantiriş barkamol avlod tarbiyasidagi eng muhim va dolzarb vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena talablariga mosligi, soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş, tarbiyalanuvçilarning soğlom va barkamol ösişini taʼminlaş uçun talablarga muvofiq şaroitlar yaratiş nafaqat muassasalar rahbarlarining, balki oşpazlarning, taʼminotçi-tadbirkorlarning ham zimmalaridagi masʼuliyatli vazifasi ekani, bu borada aslo sustkaşlikka yöl qöyib bölmasligi alohida qayd qilindi.
Seminarda sözga çiqqanlar bolaga beriladigan taomlarning sifati, yoş toifalariga köra quvvatlilik darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga mosligi yuzasidan öz fikrlarini bildirdilar. Xususan, bolalar tartibsiz ovqatlantirilganda ulardagi ovqatlaniş refleksi sönib, iştahasi pasayişi, buning oqibatida ovqat hazm qiliş aʼzolarining faoliyati buzilişi, şuning uçun bolalarni öz vaqtida ovqatlantiriş uning soğlom ösib-ulğayişida muhim ahamiyatga egaligi, xavfsiz ovqatlantirişning barça qoidalariga amal qilingandagina ularning rivojlanişida muammo bölmasligi alohida qayd etildi.
Ayniqsa, maktabgaça taʼlim taşkilotida taomnoma şakllantirilişida kunlik ratsionda bolalarning asosiy oziq-ovqat moddalarga bölgan ehtiyoji va yoşiga mos energiya quvvati bilan töliq taʼminlanişi, ularning tarbiyalaniş şaroiti va soğliği, şuningdek, ovqatlanişning mahalliy iqlim şaroitidan kelib çiqib, milliy xususiyatlari hisobga olinişi lozimligi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.
Seminar jarayonida tumandagi 5-sonli tayanç davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti metodisti, trener-mentor Gulçehra Yuldaşeva tomonidan maktabgaça taʼlim taşkilotlarida yozgi soğlomlaştiriş davrini taşkillaştiriş böyiça vazirlik tomonidan işlab çiqilgan uslubiy tavsiyalar yuzasidan tuşuntiriş işlari ham olib borildi.
Seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tuşgan barça savollarga masʼullar tomonidan batafsil javoblar, zarur tuşunça va tavsiyalar berildi.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶