Qişloq xöjaligida xavfsizlik — oziq-ovqat barqarorligining asosi
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erişiş va dehqonçilik madaniyatini oşiriş uçun agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, keçiktirmasdan amalga oşiriş, ösimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilişda ilmiy jihatdan örganilgan tajribalarga asoslangan holda iş olib boriş bugungi kunning talabidir.
Ösimliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarşi kuraşiş orqali sifatli mahsulot yetiştirişda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining xizmati alohida ahamiyatga ega.
2021-yil 15-iyulda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Respublikada ösimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi Farmoni hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini inspektsiyasi negizida "Ösimliklar karantini va himoyasi agentligini taşkil etiş töğrisida"gi PQ-5185-sonli Qarori qabul qilindi.
Uşbu huquqiy hujjatlarga muvofiq Agentlik oldiga qator vazifalar qöyildi. Xususan, ösimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillaştiriş, zararli organizmlarga qarşi kuraşişning uyğunlaşgan samarali usullarini belgilaş va bajarilişini nazorat qiliş, monitoring olib boriş, iqtisodiy zarar yetkazişi mumkin bölgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş va yöq qiliş hamda boşqa zarur çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilab berilgan.
Respublikamiz hududlarida hozirgi kunda “Dolzarb öttiz kunlik” tadbirlarini uyuşqoqlik bilan ötkaziş töğrisida Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining 2025-yil 8-iyuldagi 122-son buyruği ijrosini taʼminlaş maqsadida, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman bölimi inspektorlari tomonidan hududlardagi fermer, dehqon xöjaliklari, tomorqa yerlari, boğ va paxta maydonlarida uçraydigan xavfli va iqtisodiy zarar yetkazadigan zararkunandalarga qarşi keskin kuraş çoralari olib borilmoqda.
Ular orasida ekinzorlar va boğlar uçun eng xavfli hisoblangan "şarq mevaxöri” hamda poliz ekinlariga jiddiy zarar yetkazib, qovun-tarvuz paykallarining erta qurib qolişiga, şuningdek, eksport hajmining kamayişiga sabab böluvçi “qovun paşşasi” zararkunandalari hamda madaniy ösimliklarning ösişi va rivojlanişiga salbiy taʼsir qiladigan “zarpeçak”, "sudraluvçi kakra” kabi begona ötlar dehqonçilikda eng xavfli hisoblanib, ularga tizimli ravişda ommaviy profilaktika va qarşi kuraş çoralari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining Amudaryo tuman bölimi inspektorlari tomonidan Çoyköl ovuli hududidagi mevali boğlar va poliz ekinlari ekilgan maydonlarda “Dolzarb öttiz kunlik” doirasida kuçaytirilgan fitosanitariyaviy monitoring va dala nazorati işlari ötkazilmoqda. Amalga oşirilayotgan profilaktik çora-tadbirlar jarayonida soha mutaxassislari fermerlar, dehqon xöjaliklari hamda tomorqa yer egalariga zararkunandalar va begona ötlarga qarşi kuraşiş böyiça tavsiyalar berişdan taşqari, ekinzorlarda, mevazor boğlarda töliq nazorat va monitoring işlari örnatib, hududda zararkunandalardan "şarq mevaxöri", "qovun paşşasi", şuningdek, "sudraluvçi kakra", "zarpeçak" kabi dehqonçilik uçun koni zarar bölgan begona ötlar tarqalişining oldini oliş, agar şunday zararkunandalar paydo bölgan taqdirda boğlar va ekinzorlarga kimyoviy işlov beriş usullari haqida körgazmali tarzda tuşuntiriş işlarini ham olib borişmoqda.
Kezi kelganida şuni alohida taʼkidlaş joizki, ayrim vaziyatlarda, köpinça tomorqa xöjaliklaridagi poliz ekinlarida "qovun paşşasi" tuşgan mahsulotlarni aholi tomonidan qoramollarga yemiş sifatida beriş holatlari kuzatiladi. Şunday qiliş orqali köpçilik "tomorqada paydo bölgan zararkunandani yöq qildim", deb hisoblaydi. Aslida esa zararlangan mahsulotni yegan qoramolning tezagi orqali zararkunanda yana dalaga tuşadi va yaşaşda davom etadi. Begona ötlar ham agar jiddiy kimyoviy işlov berilmasa, daladan yulib olgan bilan yöqolib qolmaydi. Şuning uçun fermerlar, boğbonlar, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari bu borada öta masʼuliyat bilan iş yuritişlari, zararkunandalarga, begona ötlarga qarşi kuraşişda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman bölimi mutaxassislarining tavsiyalari hamda körsatmalari asosida kimyoviy işlov berişlari zarur. Dala va boğlarda qilingan fidoyi mehnatning barakasini xirmonda köraman, degan dehqon-u boğbonlar mavsumiy agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, samarali taşkil etişlari joiz va bu saʼy-harakatlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş imkonini beradi.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶