Ğöza tunlami va oqqanotga qarşi kompleks kuraş usullari
Qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişi, xususan paxtaçilikda yuqori hosildorlikka erişişda asosiy eʼtibor ğöza yetiştirişning agrotexnik qoidalariga rioya qiliş va zararkunandalarga qarşi samarali kuraş çoralarini körişga qaratilmoği lozim. Ayniqsa, sönggi yillarda agroiqtisodiy jihatdan muhim bölgan ğöza, pomidor, makkajöxori, dukkakli va sabzavot ekinlariga jiddiy ziyon yetkazayotgan ğöza tunlami hamda oqqanot kabi zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraşiş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ğöza tunlami – köplab ekin turlari uçun katta tahdid soluvçi va tez köpayuvçi zararkunanda hisoblanadi. U asosan ğöza, makkajöxori, pomidor, dukkakli ekinlar, yer yonğoq va oşqovoqlarni şikastlaydi. Qurtlari şuningdek, atirgul, xrizantema va boşqa gullarga ham ziyon yetkazişi mumkin. Ular ğöza va pomidordan böşagan dalalarda, 8–12 santimetr çuqurlikdagi tuproq qatlamlarida ğumbak holatida qişlaydi.
Bahor mavsumida, aprel–may oylarida, tuproq harorati 16°S darajaga yetganda, kapalaklar parvozi boşlanadi va tuxum qöyadi. Bir kapalak 20–30 kun mobaynida örtaça 400 tadan 3000 tagaça tuxum qöyişi mumkin. Bu esa mavsum davomida 3–4-marta avlod beriş imkonini yaratadi va ösimliklarga jiddiy zarar yetkazilişiga sabab böladi. Ğözaga asosan iyun oyida ötadi, tuxumlar esa ösiş nuqtalari, gul kosalari va barglarga qöyiladi. Qurtlar pomidor mevalariga ham sezilarli ziyon yetkazadi.
Bu zararkunanda asosan çöl va örmon-daşt zonalarida keng tarqalgan bölib, Yevropa-Sibir faunistik majmuasiga kiradi. U Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari, Sibir, Qozoğiston, Markaziy Osiyo, Ğarbiy Yevropa, Kiçik Osiyo va Şimoliy Afrikada ham uçraydi.
Ğöza tunlamiga qarşi samarali kuraşiş uçun agrotexnik, biologik va kimyoviy çora-tadbirlarni kompleks ravişda qöllaş zarur. Eng avvalo, kuzda yerni 28–30 sm çuqurlikda şudgorlaş, uruğlarni davlat reyestrida qayd etilgan maxsus preparatlar bilan dorilaş, ekinlarni almaşlab ekişni oqilona taşkil etiş muhim ahamiyatga ega. Bir turdagi yoki bir oilaga mansub ekinlarni bir yerda uzoq vaqt qayta-qayta ekiş zararli organizmlarning köpayişiga olib keladi.
Biologik kuraş usullaridan – tuxumxör trixogramma, brakon va oltinköz kabi tabiiy kuşandalardan foydalaniş tavsiya etiladi. Masalan, brakon qurtlarning örta va katta yoşdagi bosqiçlarida tekinxörlik qilib, ularning rivojlanişini çeklaydi. Oltinköz esa ğöza tunlami va boşqa zararkunanda haşarotlarning samarali kuşandasi hisoblanadi.
Kimyoviy usullardan foydalanişda ehtiyot çoralariga qatʼiy amal qiliş lozim. “Beneviya” (Tsiantraniliprol – 0,5 l/ga), “Turil” (Emamektin benzoat – 0,25 l/ga), “Lepidotsid” (Bacillus thuringiensis – 1 kg/ga) kabi preparatlar 1–3 yoşli qurtlarga qarşi samarali hisoblanadi. Biroq hosil yiğişdan kamida 30 kun oldin kimyoviy vositalarni qöllaş töxtatilişi şart.
Yana bir muhim zararkunanda – oqqanot (Bemisia tabaci) Hemiptera turkumiga mansub bölib, ğözaga may oyining oxiri – iyun boşidan boşlab zarar yetkaza boşlaydi. U yoş barglarning orqa qismida joylaşib, şira sörib oziqlanadi va tezda tuxum qöyadi. Qulay şaroitlarda – harorati 22–27°S va namlik 70–80% bölganda – 5–8 kun içida liçinka hosil böladi. Bu jarayon oqibatida ular yil davomida 11–13-marta avlod beriş qobiliyatiga ega böladi.
Oqqanot Özbekistonda keng tarqalgan bölib, Turkmaniston, AQŞ, Afrika mamlakatlari, Yevropaning bir qator davlatlari, Iroq, Hindiston, Xitoy, Misr va Yaponiya hududlarida ham kuzatiladi. U kuz-bahor davrida issiqxonalarda faol rivojlanib, yozning ilk issiq kunlari bilan oçiq maydonlarga tarqaladi va turli ekinlarga ziyon yetkazadi.
Ularga qarşi samarali kuraş yöllaridan biri – yuqori agrotexnik asosda soğlom va bardoşli ösimlik yetiştiriş, şuningdek, issiqxonalardagi zararkunandalarning oçiq maydonlarga tarqalişi oldini olişdir. Buning uçun enkarziya, eretmotserus kabi afelinid kuşandalarni laboratoriya şaroitida köpaytirib, issiqxona va dalalarga tarqatiş tavsiya etiladi.
Oqqanotlar soni 1 ta bargda 25–50 taga yetganda kimyoviy himoya çoralari körilişi zarur. Bunday holatda “Nurell-D” (1,5 l/ga), “Sumi-alfa” (0,5–0,6 l/ga), “Mospilan” (0,15 kg/ga) kabi samarali preparatlardan foydalaniş maqsadga muvofiq.
Qişloq xöjaligida yuqori hosildorlikka erişiş faqat ekinlar parvarişiga boğliq emas, balki ularni zararkunanda haşarotlardan himoya qiliş işlarini töğri va muntazam taşkil etiş bilan ham uzviy boğliq. Ğöza va boşqa muhim ekinlarga ziyon yetkazayotgan haşarotlarga qarşi agrotexnik, biologik va kimyoviy kuraş çoralarini kompleks ravişda qöllaş yuqori samara beradi. Bu borada har bir dehqon, agronom va fermer öz vaqtida xabardor va masʼul bölişi şart. Faqat şundagina yetiştirilayotgan hosilning sifat va miqdori kafolatlanadi hamda milliy iqtisodiyotga munosib hissa qöşiladi.
Internet maʼlumotlari asosida Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman bölimi fitosanitar davlat nazorot inspektorlari
Murotboy Ibragimov, Davron Soburov, Uluğbek Xudaybergenov, Azamat Ollabergenov, Otabek Kenjaboyevlar tomonidan tayyorlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶