Yoşlarni kasbga yönaltiriş maqsadida tadbirlar taşkil etildi
Joriy öquv yilining yakunlanişi arafasida Amudaryo muhandislik texnologiyalari texnikumida aholini iş bilan taʼminlaş, yoşlarni kasbga yönaltiriş, taʼlim va mehnat bozori örtasida samarali hamkorlikni taʼminlaş maqsadida qator muhim tadbirlar taşkil etildi. “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri hamda tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamkorligida ötkazilgan “Karera kuni” hamda böş iş örinlari mehnat yarmarkasi şular jumlasidandir.
Tadbirda Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bölimi davlat ijroçisi, 3-darajali yurist Quaniş Qurbanaliyev, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomurodov, tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği Maʼmurjon Temirboyev, texnikum direktori Şuxrat Matirzayev, Amudaryo tumani IIB huzuridagi Probatsiya bölimi boşliği Ruslan Iskandarov hamda boşqa hamkor taşkilotlar va tijorat banklari vakillari faol iştirok etdi.
Mehnat yarmarkasida tumandagi 34 ta korxona va taşkilot 176 ta böş iş örni bilan qatnaşdi. Unda 148 nafar fuqaro, jumladan, işsizlar, probatsiya hisobiga olinganlar, aliment tölovçilar, nogironligi bölgan şaxslar, maktab va texnikum bitiruvçilari iştirok etdi. Yarmarka yakunida 21 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi, şundan 2 nafari probatsiya hisobidagilardir. Şuningdek, 7 nafar işsiz fuqaro kasb-hunarga öqişga yönaltirildi.
“Oçiq eşiklar kuni” tadbiri doirasida 9–11-sinf bitiruvçilari va ularning ota-onalari texnikumdagi taʼlim yönalişlari, amaliy ustaxonalar, taʼlim jarayoni va yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Şuningdek, ularga maxsus bukletlar tarqatildi.
Ayni paytda texnikum 936-öringa möljallangan bölib, 100-örinli yotoqxona va 100-örinli oşxona faoliyat körsatmoqda. Hozirda 1-kursda 4 ta, 2-kursda esa 10 ta yönaliş böyiça jami 448 nafar öquvçi kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim şakllarida tahsil olmoqda. Ularning 156 nafari davlat granti, 292 nafari esa tölov-şartnoma asosida taʼlim olmoqda.
Taʼlim muassasasida 7 nafar rahbar xodim, 6 nafar umumtaʼlim va 26 nafar maxsus fan öqituvçilari, 4 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari hamda 22 nafar texnik xodim faoliyat olib bormoqda. Öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan boyitiş maqsadida 12 ta mutaxassislikka mos zamonaviy öquv xonalari va laboratoriyalar taşkil etilgan.
Jumladan, avtomobil tuzilişi, yöl harakati qoidalari, avtotrenajyor, agronomiya, veterinariya, elektr va gaz payvandlaş, çilangarlik, elektromontaj, tikuvçilik, traktor tuzilişi, qişloq xöjalik maşinalari va kompyuter xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Şu bilan birga, öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun 8 ta kasbiy, 6 ta sport va 5 ta fan tögaraklari muntazam faoliyat yuritmoqda.
Texnikum taʼlim mazmunini takomillaştiriş maqsadida qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yölga qöygan. Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiya instituti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi universiteti Nukus filiali bilan tuzilgan şartnomalar asosida professor-öqituvçilar tomonidan mahorat darslari ötkazilib, metodik yordamlar körsatilmoqda.
Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida taʼlimni işlab çiqariş bilan uzviy boğlaş, bitiruvçilarni iş bilan taʼminlaş, örta böğin mutaxassislariga bölgan ehtiyojni örganiş işlari tizimli amalga oşirilmoqda. Bu borada tuman hokimligi va Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi bilan hamkorlikda 10 ta yirik taşkilot va korxonalar bilan şartnomalar imzolangan. Ular qatorida Amudaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasi, qişloq xöjaligi bölimi, tabiatni muhofaza qiliş qömitasi, tuman Fermerlari kengaşi, moliya bölimi va “Tamara TEXTIL” MÇJ kabi taşkilotlar bor.
2025–2026 öquv yili uçun texnikumda öquvçilarni qabul qiliş böyiça aniq yönalişlar va qabul rejalari tasdiqlangan. Qabul kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim şakllarida amalga oşiriladi.
9-sinf bitiruvçilari uçun 11 ta yönaliş böyiça 450 ta örin ajratilgan. Ular qatorida agrobiznes va marketing, ekologiya, grafika va dizayn, dasturiy taʼminot sozlovçisi, elektromontyor, avtomobil taʼmiri, tikuvçilik, agrokimyo va oşpazlik kabi kasblar va yönalişlar bor.
11-sinf bitiruvçilari uçun esa kunduzgi taʼlimda 14 ta yönaliş böyiça 420 ta örin, sirtqi taʼlimda 5 ta yönalişda 150 ta örin, dual taʼlimda esa 3 ta yönalişda 90 ta örin ajratilgan. Ular orasida dasturiy injiniring, ekologiya, elektr stantsiyalari, oziq-ovqat texnologiyasi, metallurgiya, veterinariya, maktabgaça taʼlim tarbiyaçisi kabi sohalar mavjud.
Amudaryo tumanidagi Muxandislik texnologiyalari texnikumida ötkazilgan “Oçiq eşiklar kuni” va “Karera kuni” tadbirlari yoşlarning taʼlimga bölgan qiziqişini oşiriş, ularni kasbga yönaltiriş va iş bilan taʼminlaş borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶