Sayyor sud majlisida savdo va xizmat körsatiş qoidalarini buzgan şaxslarga nisbatan maʼmuriy jazolar qöllanildi
25-aprel kuni jinoyat işlari böyiça Amudaryo tumani sudi tomonidan tuman Soliq inspektsiyasi binosining majlislar zalida oçiq va sayyor sud majlisi ötkazildi.
Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tumani sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova hamda sudya yordamçisi Elyor Jumaniyozov iştirokida ötkazilgan mazkur sayyor va oçiq sud majlisida tuman Soliq inspektsiyasi tomonidan taqdim etilgan jami 15 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid iş körib çiqildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 164-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş holatlari böyiça 12 nafar şaxsga nisbatan iş materiallari körib çiqildi. Uşbu şaxslardan 11 nafari tomonidan yöl qöyilgan buzilişlar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boşlab öttiz kunlik muddat içida ixtiyoriy ravişda bartaraf etilgani va yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan iş yuritiş tugatildi. Qolgan bir nafar şaxsga esa maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini davlat röyxatidan ötmasdan amalga oşirgan 2 nafar şaxsga nisbatan iş materiallari ham körib çiqildi. Sud tomonidan ularga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi hamda iş yuzasidan olingan aşyoviy dalillar davlat foydasiga musodara qilinişi töğrisida qaror qabul qilindi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan soliq soliş obʼektlarining hisobini va hisobotini yuritişning belgilangan tartibini, şuningdek, tölov intizomini buziş holatlari böyiça ham iş materiallari körib çiqildi. Mazkur işlar yuzasidan huquqbuzar deb topilgan şaxslarga nisbatan qonun doirasida belgilangan jazolar tayinlandi va qonuniy, adolatli qarorlar qabul qilindi.
Sud majlisi davomida iştirokçilarga maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini oliş, qonunlarga rioya etiş va soliq intizomini mustahkamlaş böyiça zarur tuşuntirişlar berildi. Şu bilan birga, sudya Donaxon Yusupova tomonidan huquqbuzarliklarning davlat va jamiyat uçun salbiy oqibatlari — iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazişi, davlat byudjeti tuşumlarining kamayişi, umumiy huquqiy muhitning zaiflaşuviga olib kelişi haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Oçiq va sayyor sud majlisida körilgan işlar yuzasidan qonun va adolat printsiplariga asoslangan holda qarorlar qabul qilindi. Bunday tadbirlar kelgusida huquqbuzarliklarning oldini oliş, aholi örtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşirişga xizmat qiladi.
Donaxon Yusupova, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining terov sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶