Korruptsiyaga qarşi kuraş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi
Sönggi yillarda mamlakatimizda barça sohalar qatori xalq taʼlimi tizimida ham şaffoflikni taʼminlaş, davlat mablağlaridan maqsadli foydalaniş va korruptsiyaning har qanday körinişlariga çek qöyiş böyiça izçil islohotlar amalga oşirilmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan mazkur vazifalar yuzasidan joylarda ham aniq çora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi taʼminlanmoqda. Yaqinda Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi binosida joriy yilning birinçi çoragi davomida korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça amalga oşirilgan işlar tahliliga bağişlab ötkazilgan yiğiliş ham şu yönalişdagi işlarning amaliy ifodasi böldi.
Yiğilişni bölim boşliği Yalğaş Şomuratov kiriş sözi bilan oçib, iştirokçilarga korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi. Taʼlim tizimida korruptsiyaviy harakatlarni aniqlaş, ularga barham beriş va oldini oliş, kelib çiqişi mumkin bölgan sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etişga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilib, içki idoraviy mexanizmlar joriy etilgani alohida qayd qilindi.
Korruptsiyaning oldini oliş maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan mablağlarni maqsadli sarflaş, byudjet qonunçiligiga rioya qiliş böyiça muntazam ravişda monitoring va nazorat işlari amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, korruptsiyaga olib keluvçi şart-şaroitlar — huquqiy madaniyatning pastligi, ijro tizimining samarasizligi, iqtisodiy qiyinçiliklar kabi omillarni bartaraf etişga qaratilgan majmuaviy çoralar körilmoqda.
2025-yilning birinçi çoragida tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 52 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida jami 147-marta korruptsiyaga qarşi tarğibot va tuşuntiriş tadbirlari ötkazildi. Unda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi hamda “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan keng qamrovli axborotlar berildi.
Şuningdek, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi rahbariyati taşabbusi bilan barça taʼlim muassasalari rahbarlari iştirokida 3-marta maxsus seminarlar ötkazildi.
Korruptsiyaga qarşi kuraşişning muhim yönalişlaridan biri sifatida “Korruptsiyasiz soha” loyihasining amaliy ijrosini taʼminlaşga qaratilgan “Yöl xaritasi” asosida joriy etilgan tizim doirasida 2025-yil uçun barça xodimlardan deklaratsiyalar olindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 25-mart kungi tegişli xati ijrosi yuzasidan tizimdagi xodimlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, huquqiy madaniyatini şakllantiriş hamda jamiyatda korruptsiyasiz muhit yaratiş maqsadida taqdimot va qöllanmalar, videorolik hamda tarqatma materiallar barça tizim taşkilotlariga yetkazildi. Şuningdek, bölimga tegişli taqdimot, videomateriallar va qöllanmalar ham yetkazilib, ulardan xizmat jarayonida samarali foydalaniş xodimlarga tavsiya etildi.
Şu bilan birga, barça muassasa rahbarlari korruptsiyaga qarşi kuraşiş yuzasidan vazirlikning kafolat xati va 16 ta lokal hujjat bilan yozma ravişda taniştirildi va muntazam ravişda ogohlantiriş tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun taʼlim sohasini har qanday manfaat ustuvorligidan himoya qiliş, haqqoniylik va adolat tamoyillarini qaror toptirişda tizimli yondaşuv mavjud. Korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, huquqiy madaniyatni yuksaltiriş va şaffof muhitni yaratiş – taʼlim sifatini oşiriş hamda kelajak avlodni soğlom muhitda tarbiyalaşning muhim şartidir.
G.Jumaniyazova, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi korruptsiyaga qarşi kuraş böyiça masʼul xodimi.
Şohzod Qurbonboyev, jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶