Kelajak uçun muvaffaqiyatli kasb-hunarlarni egallaş – davr talabi
Mamlakatimizda yoşlarning kasb-hunar örganişi, amaliy könikmaga ega bölişi va zamonaviy mutaxassis sifatida şakllanişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi saʼy-harakatlar joylardagi kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatida ham yaqqol namoyon bölmoqda. Xususan, Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi nafaqat öquvçilarga kasb örgatiş, balki ularning hayotiy yölini töğri tanlaşlariga kömaklaşişda ham faollik körsatmoqda.
Politexnikumda ötkazilgan navbatdagi “Kasblar festivali” hamda “Oçiq eşiklar kuni” tadbirlari muassasaning taʼlim salohiyati va kasbiy yönalişlardagi imkoniyatlarini keng jamoatçilikka namoyiş qilişda muhim platforma vazifasini ötadi.
Tadbirda tuman prokuraturasi xodimlari, barça umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf bitiruvçilari, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi psixologlari, öqituvçilar, ota-onalar iştirok etişdi.
Tadbirni politexnikum direktorining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari Jasurbek Atajonov kiriş sözi oçib, mamlakatimizda kasb-hunar taʼlimiga berilayotgan eʼtibor, yoşlarni mutaxassis sifatida yetiştirişdagi davlat siyosati xususida töxtalib ötdi. Şuningdek, taʼlim muassasasida mavjud bölgan yönalişlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Tadbir avvalida ötgan öquv yilida bilim va faoliyati bilan yuqori natijalarga erişgan öquvçilar tantanali ravişda taqdirlandi.
Iştirokçilar maxsus bezatilgan hovlida taşkil etilgan körgazmalar, tögaraklar va işlab çiqariş ustaxonalari faoliyati bilan tanişdilar.
Politexnikumdagi zamonaviy öquv va amaliyot xonalari, laboratoriyalar, kompyuter va multimedia sinflari, maxsus kasb-hunar xonalari iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. Öqituvçilar va amaliyot ustalari iştirokçilarga taʼlim muassasasidagi imkoniyatlar haqida maʼlumot berib, kasb-hunar taʼlimi jarayonini namoyiş etdi.
Festival doirasida politexnikumda tahsil olayotgan çevar qizlar tomonidan tayyorlangan milliy va zamonaviy liboslar körgazmasi ham ötkazildi. Şuningdek, madaniy-maʼrifiy kontsert dasturi, raqslar va ijodiy çiqişlar tadbirga bayramona ruh bağişladi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, politexnikum Qoraqalpoq davlat universitetiga biriktirilgan bölib, öquv jarayoni milliy va xalqaro standartlarga mos ravişda olib boriladi.
Muassasada 37 nafar oliy maʼlumotli öqituvçi, şu jumladan, 2 nafar boş öqituvçi, 11 nafar yetakçi öqituvçi va 10 nafar katta öqituvçi faoliyat olib boradi. Şu bilan birga, 30 nafar umumkasbiy amaliyot ustalari ham taʼlim jarayonida iştirok etişadi.
Politexnikumda öquvçilar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Zamonaviy taʼlim infratuzilmasi, innovatsion yondaşuv va yuqori malakali mutaxassislar iştirokidagi öquv jarayoni bu yerda taʼlim olişni yanada samarali qiladi. Muassasa hududida 150-örinli işlab çiqariş ustaxonalari, faollar va sport zallari, oçiq sport maydonçalari, lingafon xonalari, maxsus kasb-hunar xonalari, zamonaviy laboratoriyalar mavjud bölib, ular öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliy maşğulotlar bilan boyitiş va tanlagan kasblariga bölgan qiziqişlarini rivojlantiriş imkonini beradi.
Şuningdek, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlangan ustaxonalar, kompyuter va multimedia sinfxonalari orqali öquvçilar yangi texnologiyalar bilan işlaşni amalda örganadilar. Har bir öquvçi uçun individual yondaşuv, interfaol darslar va körgazmali taʼlim usullari qöllaniladi.
Politexnikumning asosiy maqsadi – muhandislik va texnik sohalarda örta böğin mutaxassislarini tayyorlaşdan iborat. Bundan taşqari, oşpazlik va maktabgaça taʼlim taşkilotlarining maişiy masalalari menejeri kabi yönalişlarda dual taʼlim şakli joriy qilingan bölib, iş beruvçilar bilan hamkorlik asosida öquvçilar işlab çiqariş jarayoniga jalb etiladi. 2025-2026 öquv yilida Amudaryo tumani 2-sonli politexnikumi boşlanğiç kasbiy taʼlim dasturlari böyiça 9-sinf bitiruvçilari uçun avtomobillarni taʼmirlaş va ularga xizmat körsatiş, payvandlovçi, oqava suv va suv taʼminoti tizimlaridan foydalaniş va montaj qiliş ustasi, maişiy texnika jihozlariga xizmat körsatiş va taʼmirlaş, oşpazlik, yakka tartibda kiyim tikuvçi hamda raqamli axborotlarni qayta işlaş ustasi yönalişlarida taʼlim oliş imkonini taqdim etadi.
Şuningdek, örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari böyiça maktabgaça taʼlim taşkiloti uslubçisi, kutubxonaşunoslik va bibliografiya, sport faoliyati hamda maktabgaça taʼlim taşkilotlarining maişiy masalalari menejeri kabi yönalişlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
Politexnikumda taʼlim oluvçilar öz mutaxassisliklari böyiça amaliy tajribaga ega bölişlari uçun işlab çiqariş korxonalari va muassasalar bilan hamkorlik örnatilgan. Bundan taşqari, bitiruvçilar özlaştirgan modullari, töplagan kreditlari va oliy taʼlim taşkiloti tomonidan belgilangan ballar asosida oliy taʼlimning tegişli bosqiçidan öqişni davom ettiriş imkoniga ega böladilar.
Şu bilan birga, politexnikum turli iş beruvçi taşkilotlar bilan hamkorlik qilgani sababli, bitiruvçilar uçun mehnat bozorida işga joylaşiş imkoniyatlari ança kengdir. Kasbga ega bölgan yoşlar davlat va xususiy sektorda, startaplarda va hatto öz bizneslarini boşlaşda katta ustunlikka ega böladilar.
Iştirokçilar tadbir orqali kelajakdagi kasb tanlovi oldidan kerakli maʼlumotlarga ega böliş, özlarini qiziqtirgan yönalişlarni közdan keçiriş, ustozlar bilan bevosita muloqotda böliş imkoniga ega böldilar. Körgazmali vositalar, öquvçilarning işlari, interaktiv maşğulotlar orqali ularda kasbga bölgan qiziqiş va işonç mustahkamlandi.
Şuningdek, tadbir doirasida bitiruvçilarning işga joylaşuvi, korxona va taşkilotlar bilan hamkorlik aloqalari, amaliyot tizimi haqida ham maʼlumotlar berildi.
Bir söz bilan aytganda, bu kabi tadbirlar nafaqat öquvçilarning kasbga bölgan iştiyoqini oşiradi, balki ularni hayotga tayyorlaydi, jamiyatda öz örnini topişga undaydi.
Şohzod Qurbonboyev tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶