Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosib nişonlandi
1993-yil 9-aprel sanasi Qoraqalpoğiston Respublikasi tarixiga muhim siyosiy va ijtimoiy voqea sifatida muhrlangan. Aynan şu kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşining sessiyasida Respublikaning asosiy qonuni – Konstitutsiya qabul qilingan edi. Bu hujjat xalqning suverenitetini, huquqiy asoslarini, inson huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan mustahkam poydevordir.
Bu yil Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32-yil töldi. Bu muhim sana har yili respublika miqyosida keng nişonlanib, turli tadbirlar, davra suhbatlari, huquqiy-maʼrifiy uçraşuvlar orqali yoşlarga Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyati tuşuntiriladi.
Amudaryo tumani Madaniyat bölimida sana munosabati bilan bayram dasturi taşkil qilindi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, korxona-taşkilotlar, taʼlim muassasalari masʼullari hamda aholi vakillari iştirok etdi.
Tadbir avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.
Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xöjametov tabrik sözi bilan oçib berdi. U öz sözida Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni ekanligini taʼkidlab, uning mamlakat siyosiy hayotida ahamiyati xususida töxtaldi hamda butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Şundan söng bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi xonandalari, umidli ijodkorlarning betakror çiqişlar bilan davom etdi. Tumanimizning isteʼdodli xonandalari Vatan, tinçlik, döstlikni madh etuvçi diltortar kuy-qöşiqlar ijro qilib, yiğilganlarga yuqori bayramona kayfiyat ulaşdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, Konstitutsiya – xalq irodasining timsoli bölib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinişi huquqiy demokratik jamiyat sari dadil qadam taşlaganidan dalolat beradi. Uşbu hujjat Qoraqalpoğistonning siyosiy-huquqiy maqomini, davlat boşqaruvining asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilaydi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya – har bir davlat mustaqilligini, huquqiy tizimini belgilab beruvçi eng oliy hujjatdir. Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham uşbu mezonlarga asoslanib işlab çiqilgan bölib, u Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga uyğun holda, şu bilan birga Qoraqalpoğiston xalqining tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan. Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat tuzilmasi, hokimiyat organlari vakolatlari hamda ularning özaro munosabatlari aniq belgilab berilgan.
Xulosa qilib aytganda, 1993-yil 9-aprel sanasi bu nafaqat huquqiy hujjatning qabul qilingan kuni, balki Qoraqalpoğiston xalqi uçun ğurur va iftixor manbai sifatida asosiy bayram sanalaridan biri hisoblanadi. Bu kun har yili ötmişga hurmat, kelajakka işonç bilan qaraş, milliy birlik va taraqqiyot yölida yana bir esda qolarli sana sifatida nişonlanadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶