36-sonli maktabda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi
Taʼlim jarayonida öquvçilarning ustozlaridan olayotgan nazariy bilimlari bilan bir qatorda maktablarda ötkazilayotgan turli xil maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ham örni alohida. Sababi, öquv darsliklaridagi murakkab mavzular, ularni öz vaqtida özlaştiriş, har kungi uy vazifalari öquvçilarni biroz çarçatib, maʼnaviy hordiq olişga ehtiyoj uyğotadi. Maʼlum sana yoki bayramlar munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar, undagi badiiy çiqişlar esa, öquvçilarga bayramona kayfiyat ulaşibgina qolmasdan, yoşlarning jamoat işlaridagi faolligini oşiradi, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy hayotiga daxldorlik tuyğusini uyğotadi.
Bahor fasli esa ana şunday gözal tadbirlarni taşkillaştiriş, milliyligimizni, urf-odatlarimizni keng tarğib qiliş va bu jarayonga öquvçi yoşlarni keng jalb qilişda ayni muddaodir. Mart oyining ilk kunlarida Xalqaro xotin-qizlar bayrami yurtimiz böylab keng nişonlanadi. Sana munosabati bilan hududlardagi barça taʼlim maskanlarida, muassasa va taşkilotlarda turli xil badiiy keçalar, tadbirlar, “Balli qizlar” singari körik-tanlovlar ötkaziladi.
Yaqinda Amudaryo tumanidagi 36-sonli maktabda ham ayollar bayrami kötarinki ruhda nişonlandi. Bayram munosabati bilan taşkil qilingan tadbir avvalida maktabning ingliz tili fani öqituvçilari iştirokida “Kasbiy rivojlaniş kuni” doirasida yiğiliş ötkazildi. Unda mazkur fan öqituvçilarining dars ötiş mahorati tahlil qilinib, kasbdoşlar dars ötişning yangi metodlari böyiça özaro tajriba almaşdilar.
Söngra, “Qizlarjonlar” bellaşuviga navbat berildi. Mazkur tadbir maktabning 9-“A” va 9-“B” sinflari rahbarlari Dilnura Babaniyozova hamda Mevagul Qayipnazarovalar tomonidan taşkil qilindi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Sarvar Qutlimuratov kiriş sözi bilan oçib berdi hamda barçani xotin-qizlar bayrami, bahor bayrami bilan qizğin muborakbod etdi.
Şundan söng 9-“A” sinfning “Boyçeçak” guruhi va 9-“B” sinf qizlaridan tarkib topgan “Bahor” guruhi bir qator şartlar böyiça bellaşiş uçun davraga taklif etildi. Har bir guruhda olti nafar qizdan, jami 12 nafar qiz mahorat, epçillik, pazandalik böyiça kuç sinaşdilar.
Birinçi şart “Taniştiruv” şarti bölib, unda qizlar özlarini taniştirib ötdilar. Ikkinçi – “Salat tayyorlaş” şartida qizlar özlarining pazandaçiligini namoyon qilib, turli xildagi bahoriy salatlar tayyorladilar. Uçinçi şartda öquvçi qizlarning stilist sifatida öz mahoratlarini namoyiş qilişdi. Yaʼni, şart davomida qizlarning gözallik yaratib, soç turmaklaşiga baho berildi. Törtinçi va beşinçi şartlarda ham qizlarning pazandalik qobiliyati, epçilligi sinovdan ötkazildi. Bunda ular dastlab çuçvara tugişdagi ustaligini namoyon qilişgan bölsa, keyin xamirdan unoşi qirqiş böyiça mahoratlarini sinovdan ötkazdilar. Tadbir söngida qizlarning mehnati, harakati odilona baholandi va durang natija qayd etildi.
Şu bilan birga, maktabning 6-“A”, 7-“A” sinf qizlari tadbirga özgaça kayfiyat olib kirib, bayramona raqsga tuşdilar. 4-“B” sinf qizlari esa ona haqidagi yod olgan şeʼrlarini aytib berdilar. Tadbir davomida faol iştirok etgan qizlarga bayram sovğalari topşirildi.
Şu kuni maktabga DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism xodimlari ham taşrif buyurib, maktabning “Yoş çegaraçi” klubi aʼzolari bilan uçraşuv ötkazdi. Jarayon davomida maktab direktori Öktam Bidaşevga DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism nomidan taşakkurnoma topşirilib, özaro hamkorlikda olib borilayotgan işlar eʼtirof etildi.
Şuningdek, DXX çegara qöşinlari qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlari böyiça örinbosari Mirjahon Majidov iştirokida maktabning “Yoş çegaraçilar” klubi aʼzolari bilan körgazmali maşğulotlar ham ötkazildi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶