Öquvçi-yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga qaratilgan taşabbus
Bugungi kunda yoşlarning böş vaqtlarini axborot texnologiyalari va turli media resurslarga sarflayotgani ularning kitobga bölgan qiziqişini oşiriş böyiça yangiça yondaşuvlarni talab etmoqda. Şu maqsadda Özbekiston Yoşlar işlari agentligi tomonidan “Mutolaa” loyihasi yölga qöyilgan bölib, mazkur loyihadan yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş va intellektual rivojlanişni rağbatlantiriş maqsad qilingan. Loyiha doirasida özbek va jahon adabiyotining sara asarlari audio va elektron formatlarda keng ommaga taqdim etilmoqda. Şuningdek, kitobxonlikni rağbatlantiriş maqsadida intellektual musobaqalar, tanlovlar va turli tadbirlar ötkazilmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumanining Arna böyi mahallasi yoşlar yetakçisi Şahzod Nuratdinov taşabbusi bilan 27-sonli maktabda öquvçi-yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş va “Mutolaa” loyihasi imkoniyatlaridan samarali foydalaniş maqsadida “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi.
Tadbirda maktab direktori Quvat Jörayev, tuman Yoşlar işlari bölimi boş mutaxassisi Davron Bozorboyev, Milliy gvardiya xodimi Islambek Yembergenovlar iştirok etişdi. Tadbirga ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Zaynab Matçanova va Zaynab Ibragimovalar boşlovçilik qilişdi.
Intellektual musobaqa maktabning yuqori sinf öquvçilaridan iborat 6 ta jamoa örtasida ötkazildi. Bahs uçun savollar “Mutolaa” ilovasida mavjud bölgan badiiy durdonalar – Abdulhamid Çölponning “Keça va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Dahşat”, Ötkir Hoşimovning “Dunyoning işlari”, Xudoyberdi Töxtaboyevning “Sariq devni minib” va Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarlari asosida tuzildi.
Jamoalar uşbu asarlarning mazmuni, qahramonlari, ğoyasi va tarixiy jihatlari böyiça bilimlarini sinovdan ötkazişdi. Bellaşuv qizğin va bahsli tarzda ötdi, kitob mutolaasiga qiziquvçan yoşlar öz bilimlarini namoyon etişdi.
Mahalladagi yoşlar yetakçisi Şahzod Nuratdinov intellektual öyinlar yoşlarni kitob mutolaasiga undaşda samarali vosita bölib, ularning bilim doirasini kengaytiriş, tafakkurini yuksaltiriş va öz ustida işlaşga rağbatlantirişda muhim örin tutişini taʼkidladi. Şuningdek, u maktab kutubxonasi bilan hamkorlikda öquvçilarni muntazam kitob öqişga jalb qiliş maqsadida bu kabi taşabbuslarni doimiy ravişda amalga oşiriş niyatida ekanini bildirdi. Taʼkidlaş joizki, intellektual musobaqa öquvçilarning maktab kutubxonasidan faolroq foydalanişiga va kitobxonlar safi ortişiga xizmat qildi.
20 raunddan iborat bellaşuv natijalariga köra, 9-"B" sinf jamoasi 14 ta töğri javob bilan 1-örin sohibi böldi. Faxrli örinlarni egallagan jamoalar yoşlar yetakçisi tomonidan kitob jamlanmalari hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi. Şuningdek, öquvçilarning tarixiy-madaniy bilimlarini boyitiş maqsadida ğolib va sovrindor jamoalar Xiva şahriga sayohat qiliş imkoniga ega bölişdi.
Bunday loyihalar yoşlar örtasida intellektual muhitni şakllantirib, ularni bilimga oşno etişga xizmat qiladi. “Mutolaa” loyihasi va “Zakovat” intellektual öyini yoş avlodning tafakkurini çarxlab, mustaqil fikrlaş qobiliyatini rivojlantirişga katta hissa qöşadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶