“Özkomnazorat” inspektsiyasi boşliği Farruh Rustamov amudaryolik isteʼmolçilar iştirokida sayyor qabul ötkazdi
Bugungi kunda xalq bilan uçraşib, joylarga çiqqan holda ularning dardiga quloq tutiş, şu orqali aholining roziligiga erişiş har bir rahbarning boş vazifasiga aylandi. Barça davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlariga alohida eʼtibor qaratilib, murojaatlarni körib çiqiş işlarining sifati jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Xalqning dardini eşitiş, ularning muammolarini hal etiş maqsadida joylarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar esa xalq bilan davlat idoralari örtasidagi byurokratik tösiqlarga barham berib, davlat organlariga bölgan işonçning ortişiga zamin yaratmoqda.
Joriy yil 20-fevral kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanişda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, sohadagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspektsiyasi – “Özkomnazorat” boşliği Farruh Rustamov tomonidan sayyor qabul ötkazildi. Unda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvçi fuqarolar vakillari hamda mazkur soha böyiça masʼul mutaxassislar, yoşlar iştirok etişdi.
“Özkomnazorat” inspektsiyasiga öz vakolati doirasida poçta aloqasi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari xizmatlarining sifatli taqdim etilişi, davriy bosma naşrlar, fonogrammalar, audiovizual asarlar va kompyuter dasturlari tarqatilişida isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş vazifasi yuklatilgan. Sayyor qabul jarayonida inspektsiya boşliği Farruh Rustamov iştirokçilarga keng polosali telekommunikatsiya xizmatlari turlari va ularga ulaniş tartiblari, körsatilayotgan xizmatlar sifati, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş böyiça olib borilayotgan işlar, xizmatlar kölami va boşqa masalalar töğrisida tuşuntirişlar berdi.
“Özkomnazorat” inspektsiyasi öz faoliyatida aloqa va axborotlaştiriş sohasida amalga oşirilişi rejalaştirilgan davlat dasturlari ijrosi, telekommunikatsiya, poçta aloqasi, teleradioeşittiriş va mobil aloqa sohasida faoliyat yurituvçi operator va provayderlar tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatini ham nazorat qilib boradi.
Oxirgi yillarda inspektsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi tomonidan ham keng kölamli işlar olib borilgan. Xususan, Respublika hududida aholiga simli internet xizmatini körsatuvçi 2 ta, mobil aloqa yönalişida xizmat körsatuvçi 6 ta, teleradio yönalişida xizmat körsatuvçi 6 ta, poçta va kurerlik yönalişida xizmat körsatuvçi 9 ta hamda davriy bosma naşrlarini tarqatiş yönalişida xizmat körsatuvçi 6 ta subʼektlar mavjud bölib, uşbu subʼektlar tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oşirilgan.
Ötgan 2024-yil davomida telekommunikatsiya isteʼmolçilaridan kelib tuşgan 499 ta murojaatlar körib çiqilib, şundan 435 ta murojaat, yaʼni 87 foizi ijobiy hal qilingan. Korxonalar maʼmuriyatlari aybi bilan yuzaga kelgan 12 ta murojaat böyiça 5 ta holatda maʼmuriy iş qözğatilgan va 8 ta holatda kamçilikka yöl qöygan xodimlarga nisbatan intizomiy çoralar körilgan. Hududiy bölim tomonidan öz vaqtida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida murojaatlar soni ötgan yilga nisbatan 10.2 foizga kamaygan.
Sayyor qabul davomida yiğiliş iştirokçilaridan telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanişda yuzaga kelayotgan muammolar hamda mazkur yönalişda xizmatlar sifatini yaxşilaş borasida murojaat va takliflar kelib tuşdi.
Fuqarolarning barça murojaatlariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar, zarur tuşunça va maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbir davomida “Özkomnazorat” inspektsiyasi masʼullari tomonidan axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasidagi yangiliklar hamda “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati töğrisida ham tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, iştirokçilarga soha böyiça muammolarga duç kelgan taqdirda “Özkomnazorat” inspektsiyasining tun-u kun uzluksiz işlaydigan “1144” Işonç telefon raqami orqali murojaat yöllaşi mumkinligi qayd etildi.
Ravşan Bahromov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶