DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QORAQALPOĞISTON RESPUBLIKASI BOŞQARMASI BOŞLIĞINING SAYYoR QABULI TAŞKIL QILINDI
Mamlakatimizda fuqarolarning uy-joyga bölgan şaxsiy huquqlarini himoya qiliş, yillar davomida peşona teri evaziga bunyod etilgan bino va inşootlarining huquqiy jihatdan daxlsizligini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli sönggi yillarda köplab fuqarolarning özboşimçalik bilan egallab olgan yer uçastkalarida bunyod etilgan uy-joylari, maişiy bino va inşootlariga bölgan mulk huquqlari eʼtirof etilib, davlat röyxatidan ötkazilmoqda.
Maʼlumki, “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Qonunga asosan uy-joylar va inşootlarni bosqiçma-bosqiç xatlovdan ötkaziş böyiça mahallalar kesimida rejaviy jadval işlab çiqilib, uşbu jadval asosida Kadastr agentligining hududiy bölimlari mutaxassislari tomonidan samarali işlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, soha mutaxassislari fuqarolarning murojaatlari böyiça bevosita mahallalarga çiqqan holda sayyor qabullar ötkaziş orqali ularning murojaatlarini örganib, muammolarni joylarida hal etişayotgani aholining muşkulini oson, oğirini yengil qiliş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumanida Davlat Kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Sardar Urinbayev rahbarligida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini örganiş va ularni qonuniy hal qiliş maqsadida ötkazilgan sayyor qabulda ham tuman aholisini qiynab kelayotgan kadastr sohasiga oid bir qator muammolar körib çiqildi.
Sayyor qabul jarayonida Sardar Urinbayev tadbir iştirokçilariga köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş böyiça ariza yuboriş, bino va inşootlarga bölgan aşyoviy huquqlar ipotekasi töğrisidagi şartnomalarni davlat röyxatidan ötkaziş, obʼektni qayta ixtisoslaştiriş va reklama qiliş uçun ruxsatnoma rasmiylaştiriş, şuningdek, kadastr pasportini şakllantiriş yuzasidan amaldagi qonunçilik hujjatlari hamda ularga rioya qiliş qoidalari böyiça zarur tuşunça va maʼlumotlar berdi.
Şundan söng sayyor qabul davomida yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan kelib tuşgan 50 dan ortiq murojaatlar körib çiqildi. Xususan fuqarolar tomonidan özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarida bunyod etilgan yaşaş xonadonlarini, qöşimça bino va inşootlarni, yuridik şaxslar tomonidan özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari va ularda qurilgan, qurilayotgan turli toifalardagi bino va inşootlarni davlat röyxatidan ötkaziş, obʼektni qayta ixtisoslaştiriş, kadastr pasportini rasmiylaştiriş bilan boğliq murojaatlar şaxsan murojaatçilar iştirokida batafsil örganilib, 30ga yaqin murojaat joyida ijobiy hal etildi. 20 tadan ortiq murojaat esa alohida nazoratga olinib, tegişliça mutasaddi taşkilotlar masʼullariga topşiriqlar berildi.
Sayyor qabul jarayonida kadastr sohasiga doir qonunçilik hujjatlari, fuqarolarning köçmas mulk obʼektlariga bölgan huquqlarini qonuniy rasmiylaştiriş, bu borada qonun buziliş holatlari sodir etilganida öz huquqlarini himoya qiliş borasida ham masʼullar tomonidan kerakli maʼlumotlar, tuşunçalar taqdim etildi. Şuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollar yuzasidan soha masʼullari va mutaxassislari atrofliça tuşunçalar beriş orqali tadbir iştirokçilarining bu boradagi huquqiy madaniyatini oşirişga hissa qöşdilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶