“Amudaryotumangaz” korxonasi tomonidan isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda
Xalqni rozi qiliş, uning ötayotgan har bir kuniga mazmun bağişlaş, turmuşi farovonligini oşiriş bugungi kunda davlat idoralari, şu barobarida xizmat körsatuvçi idoralar masʼullarining zimmalaridagi yuksak burç va majburiyatlariga aylandi. Ayniqsa, ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlarga doir muammolarni hal qiliş borasidagi amaliy çora-tadbirlar tizimli ravişda taşkil qilinayotgani quvonarli. Bunga biz “Amudaryotumangaz” idorasining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş bölimi faoliyati bilan tanişiş asnosida yaqqol guvoh böldik.
Avvallari Amudaryo tumanining eng çekka hududlarida yaşovçi aholining deyarli barçasi tuman markaziga – “Amudaryotumangaz” idorasiga kelib maişiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz töldiriş uçun uzundan-uzoq navbatda turişar, hatto bir neça kunlab kutib ham qolişardi. Endilikda esa suyultirilgan gaz isteʼmolçilarini qiynab kelayotgan bu muammo bartaraf etilgan.
Ayni paytda tuman böyiça suyultirilgan gaz isteʼmolçilari 25 ming 450 nafar bölib, şundan 25 ming 410 nafari aholi isteʼmolçilari va 40 nafari maişiy soha isteʼmolçilari hisoblanadi. Tumandagi 38 ta ovul va mahallalar hududidagi isteʼmolçilar suyultirilgan gazga moslaştirilgan bölib, “Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan 1 ta servis markazi va 7 ta şoxobça orqali isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda. Aholi ham, maişiy soha isteʼmolçilari ham bu borada körsatilayotgan xizmat sifatidan mamnun.
Xolimbeg servis markazi Ayoqçi mahallasi hududida joylaşgan. Uşbu servis markazi orqali Xolimbeg va Qiliçboy ovullari hamda Ayoqçi mahallasi hududidagi isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz keçiktirilmay, öz vaqtida yetkazib berilmoqda.
Manğit şahrida joylaşgan “Markaz” maişiy gaz ballon qabul qiliş va tarqatiş şoxobçasi orqali Çoyköl, Bosuv, Tölqin, Örta qalʼa, Arna böyi, Boğ, Amir Temur va Toş yop ovul hamda mahallalari hududidagi isteʼmolçilarga uçun suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Kuyuk köpir ovulida joylaşgan gaz ballon qabul qiliş va tarqatiş şoxobçasi orqali esa mazkur ovuldan taşqari Özbekiston mahallasi va Bobur ovuli hududidagi isteʼmolçilarga ham suyultirilgan gaz yetkazib beriş işlari namunali taşkil qilingan.
Şuningdek, Böz yop ovuli hududida joylaşgan gaz ballon qabul qiliş va tarqatiş şoxobçasi mazkur ovuldagi isteʼmolçilarga xizmat körsatsa, Qipçoq şoxobçasidan şu atrofdagi 5ta, Oq oltin şoxobçasidan mazkur hududdagi 2 ta, Qangli şoxobçasidan 2 ta va Böz solma şoxobçasidan 3 ta ovul va mahallalardagi isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Tumanning Toş qalʼa, Beş ovul, Yuqori qişloq, Xizr eli, Tor yop, Namuna, Qizilçoli va Jumur ovul mahallalari hamda Xitoy va Nazarxon ovullari hududlaridagi isteʼmolçilarga “Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan biriktirilgan maxsus transport vositalari orqali rejaviy jadval asosida har 30-35 kunda joyiga borgan holda – aylanma usulda gaz ballon töldiriş işlari amalga oşiriladi.
2024-yil davomida aholi isteʼmolçilariga 4 ming 249 tonna, maişiy soha isteʼmolçilari uçun 42 tonna suyultirilgan gaz tarqatiş rejalaştirilgan bölib, uşbu belgilangan fond böyiça aholi va maişiy soha isteʼmolçilariga suyultirilgan gaz öz vaqtida yetkazib berildi. Ayni paytda tumangaz filiali aylanmasida jami 31 ming 728 ta maişiy gaz ballonlari mavjud bölib, şundan 2 ming 491 tasi aholi hisobidagi şaxsiy, 29 ming 237 tasi esa tumangaz korxonasi hisobidagi maişiy gaz ballonlaridir. Suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanişda isteʼmolçilarga qiyinçilik tuğdirmaslik maqsadida maişiy gaz ballonlarini öz vaqtida taʼmirlaş, qiyoslovdan ötkaziş, ziçlikka sinaş işlari ”Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan, samarali tarzda taşkil etilmoqda.
2025-yilning yanvar oyi uçun rejadagi 385,8 tonna örniga 402,2 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Fevral oyining ikki ön kunligi davomida esa aholi isteʼmolçilariga 250 tonnaga yaqin, maişiy soha isteʼmolçilariga esa 1 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Tuman gaz taʼminoti bölimiga 5 ta maxsus “ISUZU” rusumli avtotransport vositalari biriktirilgan bölib, ular orqali isteʼmolçilarga suyultirilgan gaz uzluksiz ravişda yetkazib berilmoqda. Maxsus avtotransportlar hamda gaz ballonlarni qabul qiliş va tarqatiş şoxobçalari davlat qiyoslovidan ötkazilgan va elektron tarozi bilan töliq taʼminlangan.
Qiş oylarining sovuq va izğirinli kunlarida gaz ballonlari orqali “zangori olov” öz vaqtida, uzluksiz yetkazib berilayotganidan isteʼmolçilar mamnun.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶