Fizika va kimyo fani öqituvçilari örtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqiçi ötkazildi
Maʼlumki, ösib kelayotgan yoş avlodning yuksak salohiyatli va bilimli bölib ulğayişida öqituvçilarning örni alohida. Negaki, ustoz öz sohasi böyiça çuqur bilimga va tajribaga ega bölsagina şogirdini ham muayyan sohaning bilimdoni qilib tarbiyalay oladi. Şu bilan birga, öqituvçining bilim va salohiyati oşib, özaro fikr almaşuv hamda soğlom raqobat muhitida malaka va tajribasi yanada sayqallanadi. Bu esa pedagogning dars jarayonlarining sifati oşişiga xizmat qiladi.
Şu maqsadda yaqinda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabida fizika va kimyo fani öqituvçilari örtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqiçi ötkazildi. Olimpiada Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoşlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, “Kimyo va biologiya yönalişlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining tegişli buyruğiga asosan ötkazildi.
Mazkur öqituvçilar olimpiadasida tumanimizdagi ixtisoslaştirilgan maktabdan hamda 86 ta umumiy örta taʼlim maktablaridan kelgan 155 nafar fizika va kimyo fani öqituvçilari iştirok etdilar.
Olimpiada oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi böyiça Iqtidorli bolalar bilan işlaş sektori metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabi direktori Otabek Yöldaşov, Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şuʼbasi metodistlari Xabibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda Amudaryo tuman Ixtisoslaştirilgan maktabi nazoratçilari, olimpiadaning auditoriya rahbarlari, kuzatuvçilar iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqan masʼullar fizika va kimyo fani öqituvçilari örtasida ötkazilayotgan Respublika olimpiadasining maqsad va vazifalari haqida aytib ötdilar.
Adolatli va şaffof keçgan bellaşuv davomida iştirokçi öqituvçilar öz fanidan 40 ta savoldan iborat test topşiriqlarini bajardilar.
Donolardan biri şunday degan edi: “Bilim şundayki, u yalanğoç bölganingda ham özing bilan qoladi, uni hammomga kirganingda suv ham yöqota olmaydi”. Haqiqatan, ilm to umrimizning oxirigaça bizga hamroh böladi. Tafakkur osmonida quyoş bölib, har qadamda yölimizni yoritadi. Fan olimpiadalarining ahamiyati esa, olingan bilimlarni sinovdan ötkazib, eng kuçlilarni saralab berişida.
Olimpiada natijalari tez orada Fan olimpiadalar markazi tomonidan eʼlon qilinadi hamda tuman bosqiçida ğolib bölgan öqituvçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş huquqiga ega böladilar. Hududiy bosqiç esa 26-27-fevral kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶