BUYuK ŞOH VA ŞOIR, TARIXÇI OLIM ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR DAHOSIGA HURMAT-EHTIROM KÖRSATILDI
Buyuk şoh va şoir, tarixçi olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur adabiy merosini örganiş va uning asarlaridagi vatanparvarlik, insoniy munosabatlarni, özaro mehr-oqibat tuyğularini ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga singdiriş maqsadida taʼlim-tarbiya muassasalarida Boburxonlik keçalarini ötkaziş anʼanaga aylangan. Bu kabi tadbirlar Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan 14-fevral sanasi arafasida yanada kengroq tus oladi. Bu tadbirlarda öquvçi-yoşlar Bobur ğazallarini ifodali öqiydilar, maʼno-mazmuni, ğazallarda ilgari surilgan ğoyalar yuzasidan özaro fikr almaşiş orqali Bobur ijodiga oid bilimlarini boyitadilar.
Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabi, 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda Amudaryo tuman Madaniyat bölimi hamkorligida taşkil etilgan “Şoh va şoir, tarixçi olim Zahiriddin Muhammad Bobur dahosiga ehtirom” mavzusidagi adabiy-musiqiy tadbirda ham maktab öquvçilari özlarining Bobur asarlarining bilimdonlari va ixlosmandlari ekanliklarini namoyon etdilar.
Darvoqe, buyuk vatandoşimiz Zahiriddin Muhammad Bobur merosi nafaqat öz davrida, balki oradan beş asrdan ziyod vaqt ötsa ham, hamon turkiy xalqlargina emas, balki dunyodagi köplab xalqlar tomonidan alohida eʼtibor bilan örganiladi. Çunki turkiy adabiyotni yuksaklikka olib çiqqan şoir 1494-1529-yillar davomida umumiy hajmi 400 dan ziyod turli janrlardagi asarlarni yaratdi. Xususan, buyuk bobokalonimizdan 119 ğazal, 231 ruboiy, tuyuq, qitʼa, fard, masnaviy janrlaridagi betakror asarlar meros bölib qoldi. Uning oşiqona, taʼlimiy, tasavvufiy, tarixiy mavzulardagi asarlari hamon qöllardan qöymay öqiladi.
Tadbirni Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Muyassar Rahmatullayeva oçdi va Bobur asarlarining yoş avlod taʼlim-tarbiyasida tutgan örni haqida batafsil töxtalib ötdi.
Adabiy-musiqiy tadbir davomida maktab öquvçilari Bobur ğazallarini mahorat bilan ifodali öqib berdilar. Öquvçilar “Hind devoni”, “Qobul devoni” hamda buyuk memuar asar “Boburnoma”ning yoziliş tarixi, “Boburnoma”da bayon etilgan Osiyo, Yaqin Şarq mamlakatlarida Bobur davrida röy bergan voqea-hodisalar xususida maʼruzalar qildilar.
Ayniqsa, öquvçi-yoşlar tomonidan namoyiş etilgan sahna körinişi iştirokçilarni bir muddat Zahiriddin Muhammad Bobur yaşagan davr va şoirning orzu-armonlariga oşno qilib, har bir qalbda Vatanga muhabbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari va 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan Bobur ğazallari bilan aytiladigan aşulalar iştirokçilarga zavq-şavq bağişladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶