Sayyor qabullarda aholi muammolari örganilmoqda
Aholining turmuş farovonligini yaxşilaş, muammolarni joyiga borib örganiş hamda qisqa fursatlarda ijobiy hal etilişiga erişişda hududlarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu maqsadda Amudaryo tumani Çoyköl ovulida joylaşgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida sektor rahbarlari va yoşlar uçraşuvi taşkil etildi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, korxona-taşkilotlar rahbarlari, bölimlar boşliqlari, Çoyköl ovuli, Daryo böyi mahallasi, Jayxun ovuli, Qipçoq şaharçasi, Bosuv mahallalarida yaşovçi yoşlar va aholi vakillari hamda “mahalla yettiliklari” masʼullari iştirok etdilar.
Uçraşuv mobaynida yoşlarning turli mazmundagi murojaatlari qabul qilindi, ularning aksariyati qabul jarayonining özida ijobiy hal etildi, qöşimça örganiş va muddat talab qiladigan murojaatlarning samarali hal etilişi yuzasidan tegişli taşkilotlar masʼullariga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Xususan, Çoyköl ovulida yaşovçi Qudrat Dösçanov uy şaroitida çorvaçilikni rivojlantiriş uçun imtiyozli kredit olişda amaliy yordam sörab, Mavluda Şomuratova oilasida ikki kişi oliy taʼlim taşkilotida şartnoma asosida öqiyotgani sababli şartnoma pullarini tölaşda amaliy yordam sörab, Nigora Şomuratova esa kelini tibbiyot yönalişida öqiganligi bois tuman Tibbiyot birlaşmasiga işga joylaşişida amaliy yordam sörab murojaat qildilar.
Şuningdek, Jayxun ovulida yaşovçi Sarvar Tursunboyev tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun subsidiya asosida asbob-uskuna olişda, Mohinur Qöşmanova hamda Suhrob Murodboyevlar esa oliy taʼlim muassasasining şartnoma pullarini tölaşda amaliy yordam sörab masʼullarga murojaat qildilar.
Sayyor qabulda Daryo böyi mahallasida yaşovçi Şohrux Şomurodovning safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmat uçun şartnoma pulini tölaşda, Akmal Kamolovning nasldor qoramolçilikni rivojlantiriş maqsadida kredit mablaği olişda, Muzaffar Usmonovning onasi doimiy davolanişga muhtoj bölganligi sababli dori-darmon olişda amaliy yordam sörab yöllagan murojaatlarini ham qisqa muddatlarda ijobiy hal etiş böyiça tegişli taşkilotlar rahbarlariga topşiriqlar berildi.
Olis hududlar aholisining muammoli masalalarini joyiga borib örganiş va ularni bartaraf qiliş maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur nomli ovulda ham sektor rahbarlarining sayyor qabuli bölib ötdi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, korxona va taşkilotlar rahbarlari, Bobur va Oq oltin ovullar, Jumurovul mahalla hamda Jumurtov şaharça fuqarolar yiğinlaridagi “mahalla yettiliklari” hamda aholi vakillari iştirok etdilar.
Sayyor qabulda aholi vakillari tomonidan tadbirkorlikni, çorvaçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş uçun kredit olişda amaliy yordam beriş, davolaniş uçun moddiy yordam beriş, farzandining oliy taʼlim muassasalari kontrakt pullarini tölaşda amaliy yordam beriş kabi turli masalalar yuzasidan yöllangan murojaatlar tegişli tarzda öz yeçimini topadigan böldi.
Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimizda keyingi yillarda yölga qöyilgan tizim katta-kiçik rahbarni odamlarning hayotidan rozi bölib yaşaşlari uçun şart-şaroitlar yaratiş, aholining hayot farovonligi va turmuş sifatini oşiriş, muammolarini hal qiliş va takliflarini tinglaşdek ezgu işlarga undamoqda. Odamlar qalbiga quloq solib, ularning dard-u taşvişini eşitiş va muammolarini hal etiş esa oliy qadriyat darajasiga kötarildi, desak, aslo mubolağa emas. Uşbu ezgu maqsadlarni amalga oşirişda esa eng çekka hududlarda taşkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo tumani hokimi boşçiligida ötkazilgan uşbu sayyor qabul ham ana şu maqsadlarga qaratilgani bilan nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶