Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi – taraqqiyot asosi
Sönggi yillarda mamlakatimizda mavjud resurslarni va işga solinmagan salohiyatni jalb etiş orqali energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalar va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy etiş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytiriş, şuningdek, yoqilği-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanişni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Amudaryo tumanida taşkil etilgan seminarda ham şu kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Tumanimizning Toşqalʼa mahallasida respublika miqyosidagi masʼul rahbarlar iştirokida bölib ötgan seminarda energiya samaradorligiga erişiş, energiya tejamkor vositalardan foydalaniş, aholi turmuş şaroitlarini yaxşilaş, kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş kabi masalalar xususida söz yuritildi.
Seminarda Respublikadagi şahar va tumanlar hokimlarining örinbosarlari, tijorat banklari masʼullari, taşkilotlarlar rahbarlari hamda aholi vakillari iştirok etdi. Unda masʼullar tomonidan energiya tejamkorligi bugunning eng ahamiyatli masalasi ekanligi, mavjud resurslardan samarali foydalaniş, qolaversa, aholi bandligini taʼminlaş, yangi iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida atrofliça maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, xonalarining eşik va deraza romlari qişda issiq, yozda sovuq haroratni saqlaş uçun izolyatsiya qilingan bölişi, energiya tejamkor maişiy texnika va yoritiş uskunalaridan foydalaniş – energiya samaradorligi uçun dastlabki qadam hisoblanadi. Şuningdek, tabiiy va suyultirilgan gazdan tejamkorlik bilan foydalanib, yuqori samaradorlikka erişiş mumkin. Isitiş va sovitiş jihozlaridan ham töğri, oqilona foydalaniş – resurslarni tejaşga va eng muhimi oila xarajatlarini minimallaştirişga xizmat qiladi.
Seminarda bino-inşootlarni, xonadonlarni loyihalaştirişda quriliş materiallarini töğri tanlaş, jihozlaş jarayonida ham energiya resurslaridan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratiş lozimligi taʼkidlandi va tegişli tavsiyalar berildi.
Darhaqiqat, mavjud energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş – davr talabi. Masalan, foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritiş uskunalarini tarmoqdan uzib qöyiş, yaʼni ofis yoki yaşaş xonalaridan çiqayotganda elektr jihozlarini kutiş rejimida qoldirmasdan, ularni öçirib, tarmoqdan uziş orqali ham tejamkorlikka hissa qöşiş mumkin. Şuningdek, iş joyi va xonadonlarni köproq tabiiy yoruğlikdan yaʼni quyoş nuridan foydalangan holda yoritişga alohida eʼtibor qaratiş zarur.
Seminarda bundan taşqari kambağallik darajasini qisqartirişda aholi tomorqalaridan unumli foydalaniş, uy şaroitida dehqonçilikni rivojlantiriş, bu boradagi bilimlarni yanada oşiriş lozimligi taʼkidlandi. Tadbirkorlini rivojlantiriş borasidagi yangi imkoniyatlar, yoşlarni, xotin-qizlarni kasb-hunarga öqitiş masalalariga ham alohida töxtalib ötildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶