Amudaryo tumanida energiya resurslari nazorati kuçaytirilmoqda
Bugungi kunda "Energiya samaradorligi — farovon hayot garovi" degan tamoyil nafaqat şior, balki har bir fuqaroning, har bir masʼul rahbarning kundalik hayotiy qoidasiga aylanib ulgurgan. Zero, tabiiy gaz, elektr energiyasi va obihayotning har bir qatrasi bebaho neʼmat bölib, ularni asrab-avaylaş hamda maqsadli yönaltiriş butun jamiyat barqarorligini belgilab beradi. Aynan şu maqsadlarni hayotga tatbiq etiş, joylarda kuzatilayotgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qiliş hamda qonun ustuvorligini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida ham keng kölamli nazorat tadbirlari izçil davom ettirilmoqda.
Uşbu jarayonlarning uzluksizligini taʼminlaş hamda sohada tartib örnatiş maqsadida Amudaryo tuman prokurori Bahrom Maşaripov boşçiligida ertalabki yiğin ötkazildi. Mazkur yiğinda tumanning gaz, elektr va içimlik suvi taʼminoti korxonalarining masʼul xodimlaridan iborat maxsus taşkil topgan işçi guruh aʼzolari iştirok etdi.
Tadbirda har bir soha vakilining oldida turgan dolzarb vazifalar aniq va qatʼiy belgilab berildi. Xususan, işçi guruh aʼzolariga birinçi galdagi vazifa sifatida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan energiya resurslaridan foydalaniş madaniyatini örganiş va taftiş qiliş topşiriği qöyildi. Joylarda elektr energiyasi, tabiiy gaz va eng aziz neʼmat bölgan içimlik suvidan noqonuniy foydalaniş, tarmoqlarga özboşimçalik bilan ulaniş, öğirlik va talon-toroj qiliş kabi salbiy holatlarning oldini oliş, ularni öz vaqtida aniqlaş hamda zudlik bilan bartaraf etiş böyiça reyd tadbirlarini keskin kuçaytiriş çoralarini köriş yuzasidan qatʼiy körsatmalar berildi. Bu kabi tadbirlar nafaqat davlat mulkini asraş, balki insofli isteʼmolçilarning haq-huquqlarini himoya qilişga ham xizmat qilişi alohida taʼkidlab ötildi.
Albatta, zamonaviy tizimlarni joriy etişda raqamlaştiriş va avtomatlaştirişning örni beqiyos. Bugungi kunda isteʼmolçilarga örnatilgan zamonaviy hisoblagiçlarning uzluksiz işlaşi tizimdagi şaffoflikni kafolatlaydi. Şu bois, reyd tadbirlari doirasida işçi guruh aʼzolari tomonidan aloqaga çiqmagan, yaʼni markazlaşgan tizimga maʼlumot uzatişda uzilişlar kuzatilgan isteʼmolçilarning elektr va tabiiy gaz hisoblaş uskunalari joyiga çiqqan holda birma-bir közdan keçirilmoqda. Örganişlar davomida hisoblagiçlarning işdan çiqqan, nosoz ehtiyot qismlari zudlik bilan yangisiga almaştirilib, mavjud texnik kamçiliklar töliq bartaraf qilinmoqda. Amalga oşirilgan bunday tezkor çora-tadbirlar natijasida hisoblagiçlarning markaziy baza bilan qayta aloqaga çiqişi va maʼlumotlarni aniq uzatişi taʼminlanmoqda. Bu esa, öz navbatida, isteʼmol qilingan energiya resurslarining aniq hisobini yuritiş va sunʼiy yöqotişlarning oldini olişda muhim omil bölib xizmat qiladi.
Resurslarni tejaşning yana bir muhim yönalişi bu — eskirgan infratuzilmani yangilaşdir. Ayniqsa, aholini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlaş, quvurlardagi yöqotişlarni kamaytiriş maqsadida tumanda keng kölamli modernizatsiya işlari olib borilmoqda. Jumladan, tumanning Durunki mahallasi hududida joylaşgan, uzoq yillar davomida foydalanilib kelingan va bugungi kun talablariga javob bermay qolgan eski gaz quvurlarini yangilaş jarayonlari masʼullarning diqqat markazida böldi. Işçi guruh aʼzolari tomonidan uşbu hududdagi diametri 100 millimetr bölgan örta bosimli eski gaz quvurlarini zamonaviy va çidamlilariga almaştiriş işlari bevosita joyiga çiqqan holda közdan keçirildi va nazoratga olindi. Bu kabi amaliy işlar tabiiy gazning isteʼmolçigaça bölgan yöldagi texnik yöqotişlarini bartaraf etiş bilan birga, hudud aholisining xonadonlariga zangori olovning bir maromda va xavfsiz yetib borişini taʼminlaydi.
Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvçi organlar va kommunal soha xodimlari hamkorligida olib borilayotgan bu kabi tuşuntiriş, nazorat va taʼmirlaş işlari aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş, iqtisodiyot barqarorligini taʼminlaş hamda qonun ustuvorligini qaror toptirişdek ezgu maqsadlarga xizmat qilişi şubhasiz. Energiya samaradorligiga erişiş va resurslardan oqilona foydalaniş esa kelajak avlodlarning farovonligi uçun qöyilgan eng muhim qadamdir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶