2025-yilga möljallangan soliq siyosati böyiça muhim özgarişlar tadbirkorlar va keng jamoatçilikka tuşuntirildi
Xabaringiz bor, har yili yil yakunida kelgusi yil uçun soliq-byudjet siyosatining asosiy yönalişlari va byudjet parametrlari tasdiqlanadi. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasida Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlar hamda 2025-yilda soliq siyosatidagi yangiliklarni tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatçilikka tuşuntiriş maqsadida seminar taşkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Soliq boşqarmasi boşliği Xalmurza Bekçanov, Savdo-sanoat palatasi boşliği Kazbek Artikov, soha mutaxassislari, tadbirkorlar hamda aholi vakillari iştirok etişdi.
Seminarda “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi Qonuni bilan soliq tizimiga kiritilgan muhim yangiliklar böyiça batafsil axborot berildi.
Qayd qilinganidek, mazkur qonun hujjatlari bilan Soliq kodeksining 37ta moddasiga, şuningdek Byudjet kodeksiga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Uşbu özgarişlar aholi hamda tadbirkorlik subʼektlariga qöşimça qulayliklar yaratiş, iqtisodiy faollikni oşiriş va soliqlarning samaradorligini taʼminlaşga qaratilgan.
Xususan, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar işga qabul qilingan kambağal oila aʼzolari uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi. 2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-sentyabrga qadar tadbirkorlar tomonidan kasbga örgatiş uçun işga qabul qilingan maktab, kollej va texnikum öquvçilariga daromad soliği hamda ularning oylik iş haqiga hisoblangan ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilandi. 2028-yil 1-yanvarga qadar magistral yöllar böyida köçma savdoni taşkil qilgan 30 yoşgaça bölgan yoşlar öz faoliyatining dastlabki 6 oyi davomida soliqlarni tölaşdan ozod etildi.
Şuningdek, IT-park rezidentlariga qöşimça qiymat soliğidan taşqari barça soliqlarni tölaşdan ozod etiş tarzidagi imtiyozlar 2040-yilgaça uzaytirilib, uşbu sektorni rivojlantirişga qöşimça imkoniyat yaratildi.
Nodavlat maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlari 2030-yil 1-yanvarga qadar ijtimoiy soliqdan taşqari barça turdagi soliqlardan ozod qilindi.
Bundan taşqari, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini örnatgan jismoniy şaxslar va tadbirkorlar uçun qator imtiyozlar, rağbatlantiriş çoralari belgilandi.
2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalariga foyda soliği stavkasi 50 foizga kamaytirildi.
Bundan taşqari, byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlaş maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boşlab aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan stavkasi tovar aylanmasi 500 mln sömgaça bölganda yiliga 30 mln söm, 500 mln sömdan yuqori bölganda 40 mln söm miqdorida belgilandi.
Noturar obʼektlar böyiça mol-mulk soliğining asosiy stavkasini saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlaşda 1 kvadrat metr uçun örnatilgan minimal qiymat, jismoniy şaxslarning turar obʼektlari böyiça mol-mulk soliği, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer soliği, jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği va yer qaʼridan foydalanganlik uçun soliqning qatʼiy miqdorda belgilangan stavkalari 10 foizga oşirildi.
Umuman olganda, soliq siyosati özgarişlari natijasida tadbirkorlar va aholi ixtiyorida taxminan 3 trillion söm mablağ qolişi kutilmoqda.
Seminar davomida tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatçilik mazkur özgarişlar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, savollariga batafsil javob olişdi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶