Agrotexnikalar mavsumga şay holatga keltirilmoqda
Dehqon uçun yilning tört fasli ham iş faslidir. Yil böyi fidoyi mehnat qilib, yetiştirilgan hosilni yiğib-terib olgan dehqonlar hosildan böşagan yerlarni şudgorlaş va şör yuvişga tayyorlaş işlari bilan bir qatorda texnikalarni taʼmirlaşga ham kirişişadi. Xalqimiz “Texnika – dehqonning qöl-qanoti” deb bejizga aytmagan. Qişloq xöjaligi texnikalarini qişda köklamgi ekiş mavsumiga puxta tayyorlaş yangi mavsum işlarining öz vaqtida va samarali ado etilişiga zamin böladi. Masalan, çigit ekişga kirişişdan oldin seyalkaning butligi, qism va detallari yaxşilab mahkamlanganligi tekşiriladi, ekiş jarayoni va sifatiga bevosita taʼsir körsatadigan qismlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Çigit ekiş seyalkasining texnik holati esa mavsum oldidan va iş davomida uning sozlik darajasiga qarab baholanadi. Soz seyalka ekiş tadbirini sifatli bajaradi, smena va mavsum davomida buzilmasdan işlaydi. Şu boisdan ayni kunlarda Amudaryo tumanida ham bahorgi mavsum davomida işlatiladigan texnikalar sifatli taʼmirlanib, mavsumga şay holatga keltirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining Amudaryo tuman bölimi maʼsul xodimlari tumandagi qişloq xöjalik texnikalarining belgilangan ustaxonalarga yiğilişi, taʼmirlaş işlarining borişi bilan tanişib, nazorat qilib bormoqdalar.
Bahorgi ekiş mavsumida qatnaşadigan qişloq xöjaligi texnikalari tumanning 16 ta hududida joylaşgan ustaxonalarga yiğilib, bugungi kunda taʼmirlaş işlari yakunlaniş arafasida.
Tuman qişloq xöjaligi taraqqiyotiga hissa qöşadigan “qöl-qanot” hisoblangan texnikalar soni ham yil sayin ortib bormoqda. Birgina çigit ekiş seyalkalari soni jami 150 donani taşkil qilsa, kultivatorlar 325tani, tişli boronalar 1700tani, temir molalar esa 293tani taşkil qiladi.
Şulardan, Tölqin ovuli hududidagi ustaxonada 5 dona, Qipçoq şaharçasi hududidagi ustaxonada 2 dona, Dörman ovulidagi ustaxonada 3 dona, Qiliçboy ovulidagi ustaxonada 1 dona, Turkmaniston ovulidagi ustaxonada 5 dona, Namuna mahallasidagi ustaxona hududida 3 dona va Toş yop ovuli hududidagi ustaxonada 2 dona çigit ekiş seyalkalari töliq va sifatli taʼmirlandi. Qolganlarini esa taʼmirlaş işlari yakunlaniş bosqiçida.
Sözimiz avvalida bobodehqonlarimiz uçun yilning törtta fasli ham mehnat mavsumi, deya bekorga aytmadik. Sababi, har faslning öziga yaraşa mehnat talab qiladigan, keçiktirib bölmaydigan yumuşlari bor. Masalan, kuz mavsumida hosildan böşagan yerlar qaytadan haydalib, şudgorlaş işlari olib borilsa, keyinçalik yerlar lazerli tekislagiç yordamida tekislanadi va şör yuviş işlari amalga oşiriladi. Şuningdek, uruğ yerga qadalgaç, çigit unib çiqqanidan keyingi işlar ham talaygina. Bu fursatda qişloq xöjaligi mehnatkaşlari ekin qator oralarini kultivator yordamida yumşatiş taraddudiga tuşişadi.
Qator oralarini kultivattsiya qiliş orqali begona ötlar yöqotiladi, tuproqning mayda kesakça holga kelişi natijasida nam uzoq muddat saqlanadi, şör yerlarda esa zararli tuzlar kötarilişining oldi olinadi, tuproqda issiqlik va havo almaşinişi taʼminlanadi. Ekinning ildizlari oziq moddalar va nam bilan doimiy taʼminlanib turişi uçun şaroit yaratiladi.
Ertagi kultivatsiya tuproq ustki qatlamining yaxşi qizişini va qurişini taʼminlaydi, ösimlikning ildiz çirişi kasaliga çalinişini kamaytirişga şaroit yaratadi. Ayni paytda, Amudaryo tumanining turli hududlaridagi ustaxonalarda sifatli taʼmirlanayotgan 325 dona kultivatorlar ham joriy yilgi mavsumda iştirok etib, yerlarning maromida yumşatilişiga hissa qöşsa ajab emas.
Ayniqsa, qişloq xöjaligining asosiy ekinlaridan biri bölgan ğöza parvarişi alohida aeʼtiborni talab qiladi. Bunda, kutilgan natija ğözani vaqtida suğoriş, vaqtida kerakli öğitlarni beriş bilan bir qatorda, qişloq xöjaligi texnikalarining töğri taşkil qilinganligiga ham boğliq. Şuni hisobga olgan holda, soha maʼsullari tomonidan joriy köklamda, ekiş işlarida qatnaşadigan texnikalar mavsum işlarida sifatli işlaşi uçun taʼmirlaş işlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, yerdan möl va sifatli hosil yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, maromiga yetkazib bajariş, mavjud resurslardan oqilona foydalaniş har bir dehqon, paxtakor va fermerning asosiy burçidir.
Iroda Erdoşeva, QDU jurnalistika fakulteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶