“JAHOLATGA QARŞI MAʼRIFAT BILAN” MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida tumanning barça hududlarida yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular ongida Vatanga muhabbat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini şakllantiriş maqsadida turli tadbirlar taşkil etilib kelinmoqda. Uşbu tadbirlar yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişlarida, dunyoqaraşni kengaytirib, maʼnaviy dunyosini boyitişda, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
20-dekabr kuni 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida grant loyihasi rejasiga muvofiq “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning maʼnaviyatini yuksaltiriş, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qilişga qaratilgan uşbu tadbirda Din işlari böyiça qömitaning Amudaryo tumanidagi boş mutaxassisi Muzaffar Şerimbetov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi mutaxassisi Mahmud Eşmanovlar qatnaşişdi. Şuningdek, grant loyihasi ijroçilari, tahririyat xodimlari hamda maktab öqituvçi va öquvçilari ham iştirok etişdi.
Tadbirda dastlab grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar, hududlarda ötkazilayotgan turli tadbirlar, yoşlarni kitobxonlikka jalb etişga qaratilgan tanlovlar, adabiy keçalar, ijodkorlar bilan uçraşuvlar haqida söz yuritilib, batafsil maʼlumotlar berildi. Uşbu tadbirlar va grant loyihasi doirasida tumandagi ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan turli maqolalar, yoşlarning ijod namunalari barçaga manzur bölayotgani taʼkidlab ötildi.
Şundan söng, Din işlari böyiça qömitaning Amudaryo tumanidagi boş mutaxassisi Muzaffar Şerimbetov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi mutaxassisi Mahmud Eşmanovlar taşkilot xodimlari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xususida keng töxtalişdi. Undan taşqari, “ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiri, mafkura maydonining turli xurujlari, ulardan himoyalaniş borasida ham söz yuritişdi.
Tadbir davomida XXI asr – globallaşuv jarayonida yoşlarning radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali axborot va maʼlumotlar olayotgani, bu jarayonda baʼzi bir aqidaparast oqimlar yoşlarga mafkuraviy taʼsir ötkazişga urinayotgani hamda ularning oldini oliş borasida nimalarga eʼtibor qaratiş lozimligi aytib ötildi. Şuningdek, bugungi kunda jaholatga karşi maʼrifat bilan kuraşiş har qaçongidan köra muhim ahamiyat kasb etayotgani, bunda yoşlarning milliy qadriyatlarga sodiq, oşkora va pinhona körinişdagi ğoyaviy tahdidlarga qarşi kuraşadigan qilib tarbiyalaş lozimligi eʼtirof etildi.
Uşbu tadbir taʼsirçanligini yanada oşiriş maqsadida yoşlarga “Adaşganlar” nomli videorolik ham namoyiş etildi. Mazkur videorolikda yoşlar ongiga taʼsir ötkazişga harakat qilayotgan missionerlik oqimlaridan biri bölgan «Iyegovo şohidlari» taşkilotiga aʼzo bölganlar qanday oğir işga qöl urganlarini, ikki dunyolarini öz hatti-harakatlari bilan barbod etganlarini, ğoyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyati va şu kabilardan doimo ogoh böliş kerakligini anglab, yot ğoyalar xatar va xavf manbai ekanligi töğrisida aniq tasavvurga ega böldilar.
Videorolik namoyişidan söng, Islom dinini niqob qilgan buzğunçi oqim va harakatlarning ğayriislomiy faoliyatlari mohiyati aniq faktlar asosida oçib berildi. Şuningdek, «Jaholat», «Maʼrifat» tuşunçalari, tinçlik va barqarorlik, globallaşuv jarayoni, «ommaviy madaniyat», maʼrifatparvar, tinçlikparvar jamiyatimizdagi mavjud qonunçilik xususida batafsil maʼlumotlar berilib, fikr almaşildi.
Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida taşkil etilgan “Jaholatga qarşi maʼrifat bilan” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir barça iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶