Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosib nişonlandi
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bölgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etiş, Özbekistonning xalqaro maydonda munosib örin egallaşida mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamiz Özbekiston tarixida uzoq, davomli maqsad va vazifalarimizni aniq belgilab berişda özining puxta öylangan tamoyillari bilan işonçli va hal qiluvçi omil böldi. Mamlakatimizning bugungi kungaça bosib ötgan ğoyat murakkab va şarafli yöli boş qomusimizning hayotbaxş kuçi va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
8-dekabr sanasi boş qomusimiz – Konstitutsiya qabul qilingan kun sifatida butun yurtimiz böylab tantanali nişonlanadi. Uşbu sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat bölimida bayram tadbiri bölib ötdi. Unda tumandagi sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari, mahallalar masʼullari hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Bayram tadbiri Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalari davlat madhiyalari sadolari bilan boşlandi. Tadbirni tuman hokimining birinçi örinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği Fahriddin Yusupov tabrik sözi bilan oçib berdi. U öz nutqida Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik islohotlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, ijtimoiy özgarişlar uçun asos bölganligini, u inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat deb eʼlon qilib, millatlararo tinçlik va totuvlikni mustahkamlaş, tarixiy-madaniy anʼanalarni rivojlantirişga xizmat qilayotganligini taʼkidladi hamda barçani bayram bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida şuningdek, tuman prokurori Abat Djumamuratov sözga çiqib, Konstitutsiya davlat suvereniteti, jamiyatda tinçlik va totuvlik tamoyillariga rioya etiş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, hayotimizning barça jabhalarida keng kölamli islohotlarni amalga oşirişning kafolati ekanligini, uşbu xujjat Özbekiston davlatçiligi şakllanişining eng yangi bosqiçini boşlab berganligini va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaşini qayd etdi va yurtimiz ahlini boş qomusimiz qabul qilinganining 32 yilligi bilan tabrikladi.
Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ajoyib çiqişlar va betakror kuy-qöşiqlar bilan davom etdi. Tumanimizning isteʼdodli xonandalari tinçlik, döstlik, Vatanni madh etuvçi, şuningdek, musaffo osmon ostida totuvlikda bir oila bölib yaşayotgan turli millat va elatlarning milliy kuy-qöşiqlarini ijro etdilar. Raqqosa qizlar ijrosidagi ajoyib raqslar barçaga yuqori bayramona kayfiyat bağişladi.
Bayram tadbirida sözga çiqqanlar asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqiçga kötarişda, innovatsion va industrial rivojlaniş sari odimlaşda beqiyos örin egallayotganini, xalq bilan doimiy muloqotda böliş, odamlarning taşviş-muammolarini hal etiş, ularni rozi qilişda asosiy mezoniga aylanayotganini taʼkidladilar. Aynan şu sababli boş qomusimizni çuqur örganiş, anglaş, hayotga joriy etiş va unga sözsiz amal qiliş – barçamizning şarafli burçimiz ekanligi qayd etildi.
Tadbirda isteʼdodli öquvçi yoşlar tomonidan ijro etilgan Boş Qomusimiz haqidagi şeʼrlar hamda ajoyib kuy-qöşiqlar iştirokçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Taʼkidlaş joizki, Konstitutsiya — bu mamlakatimiz kelajagi, xalqimizning barqaror rivoji, tinçligi va farovonligi kafolatidir. Özbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati va taʼsiri tobora ortib borar ekan, uning zamon talablariga moslaşişi va jamiyatimizga xizmat qilişi davom etadi. Konstitutsiyamizda mustahkamlangan qadriyatlar, adolat va qonun ustuvorligi har bir fuqaroga yoşidan, millatidan qatʼiy nazar teng huquqlar berişni taʼminlaydi. Şu sababli ham Konstitutsiya kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanadi, Boş Qomusimiz esa asriy orzularimiz röyobi muhrlangan hujjat sifatida eʼzozlanadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶