14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 09:20
Fan va taʼlim 👁 327

QIShLOQ MAKTABIDAGI YoShLARNING FIDOYI USTOZI

QIShLOQ MAKTABIDAGI YoShLARNING FIDOYI USTOZI

Qishloqda hamma bir-birini taniydi, hech kim begona emas. Bundan ham muhimi, birining yutugʻidan biri mamnun boʻlib, xuddi oʻzining quvonchiday qabul qilgani. Agar yutuq oʻqituvchiga tegishli boʻlsa, darrov oʻquvchilari haqida soʻrashadi. Buni ayni paytda oddiy qishloq oʻqituvchisi boʻlgan Rasul Madaminov umumtaʼlim maktabini tugatib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirganidayoq his etgan. Ota-onasini farzandi talaba boʻlgani bilan tabriklagani kelgan hamqishloqlari xuddi oʻylashib olishganday:

– Oʻgʻlingning ustoziga rahmat, ustozi yaxshi taʼlim bermaganida Rasuljonga institutda oʻqish nasib etarmidi? – deyishgan va Rasulning ota-onasini muborakbod etishgach, u taʼlim-tarbiya olgan 29-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilarini uzoq duo qilishgandi. Shunda Rasuljon Madaminov oʻqituvchilik kasbini tanlaganidan faxrlanib, bu borada oʻzi uchun ibrat namunasi hamda jonkuyar ustoz boʻlgan, 29-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi boʻlib ishlovchi otasi Oʻrozboy ogʻa Madaminov hamda onasi Gulora opa Eshmurodovalar oldida ham farzand, ham shogird sifatida oʻzini qarzdor his qilgan, farzandlarining talaba boʻlganini eng birinchi ota-onasiga suyunchilab, minnatdorchilik tuygʻularini izhor etayotgan hamqishloqlarining samimiyligidan, quvongan, oʻshanda aziz xalqiga chin dildan xizmat qilishga ahd qilgandi.

Ilk pedagogik faoliyatini 2011-2012-yillarda NDPI qoshidagi sobiq 3-sonli Amudaryo akademik litseyidan boshlagan Rasuljon Madaminov keyinchalik ikki yil davomida 39-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarga matematika-informatika fanidan saboq berdi. Tobora takomillashib borayotgan taʼlim-tarbiya tizimidagi yangilanishlar, sohaga izchillik bilan tatbiq etilayotgan islohotlar, innovatsion pedtexnologiyalar yosh oʻqituvchini yanada koʻproq oʻqib-izlanish, bilimini oshirishga undadi. Shu maqsadda 2014-2016-yillarda NDPIda oʻz yoʻnalishi boʻyicha magistraturada tahsil oldi. Izlanuvchan, tashabbuskor va bilimdon pedagoglar uchun qaysi yoʻnalishda boʻlishidan qatʼiy nazar, barcha taʼlim maskanlarining eshiklari hamisha ochiq.

Iqtidorli oʻqituvchi Rasuljon Madaminov ham ayrim oʻqituvchi diplomiga ega mutaxassislar kabi qayerda ish oʻrni bor ekan, deb ovora boʻlib yurmadi. Aksincha magistratura tahsilidan soʻng bir necha yil davomida 75-, 39-sonli maktablarda oʻquvchilarga matematika-informatika fanidan saboq berdi. Hatto tinib-tinchimas, tashabbuskor yosh oʻqituvchi 2018-2019-yillarda 39-sonli maktabda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida faoliyat olib bordi. Mazkur maktabda u taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshi yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirish darajasini yuksaltirish boʻyicha samarali faoliyat olib bordi.

Ayni paytda 29-sonli umumtaʼlim maktabida matematika-informatika fani oʻqituvchisi sifatida oʻz pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan Rasuljon Madaminov oʻquvchilar bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida matematika va informatika fanlariga qiziquvchi oʻquvchilar uchun matematika va “Yosh dasturchi” toʻgaraklarini tashkil etdi. Juda qisqa fursat ichida toʻgarak aʼzolari orasidan fanlar olimpiadasining tuman va Respublika bosqichlari gʻolib va sovrindorlari yetishib chiqib, 11-sinf bitiruvchilarining OTMlarga oʻqishga kirish, fanlar olimpiadasidagi koʻrsatkichlari oshdi.

Xususan, 2021-2022 oʻquv yilida 1 nafar, 2022-2023 oʻquv yilida 2 nafar, 2023-2024 oʻquv yilida esa 10-11-sinflardan 4 nafar oʻquvchisi fanlar olimpiadasining tuman hamda Respublika bosqichlarining gʻolib va sovrindorlari boʻldilar.

Rasuljon Madaminovning oʻz darslarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi tufayli maktab oʻquvchilari orasida matematika va informatika fanini mukammal oʻzlashtirishga boʻlgan qiziqish tobora ortib, darslar samaradorligiga erishilayotgani shogirdlarining kamolida ham oʻz aksini topmoqda. Bugungi kunda uning shogirlari orasida oʻnlab bilimdon va tashabbuskor matematika va informatika fani oʻqituvchilari, OTMlar talabalari, hatto matematika-informatika fani boʻyicha milliy va xorijiy sertifikatiga ega iqtidorli, yosh oʻqituvchilar ham koʻp.

Rasuljon Madaminovning oʻzi esa 2018-yilda “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi, 2020-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilgan ikkinchi “Ijodkor oʻqituvchilar olimpiadasi”da faxrli 1-oʻrin sohibi, 2024-yilda boʻlib oʻtgan “Amudaryo tumani hokimi olimpiadasi”ning matematika fani boʻyicha mutlaq gʻolibi boʻldi. 2018-yildan beri Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi maktablarning informatika fani oʻqituvchilari uchun trener sifatida mashgʻulotlar olib borayotgani Rasuljon Madaminovning har bir mashgʻulotidan kasbdoshlari mamnun.

Matematika fanidan milliy, 2023-yilda xalqaro “GMAT” va informatika fanidan “Google for education” sertifikatlari sohibi, bir necha ilmiy maqola va tezislar muallifi Rasuljon Madaminovning yosh avlod taʼlim-tarbiyasi sohasiga qoʻshayotgan samarali hissasi soha vazirligi va davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilib, Amudaryo tuman hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi. Oʻz kasbining fidoyisi, jonkuyar va tashabbuskor, izlanuvchan oʻqituvchi Rasuljon Madaminovning beminnat pedagogik faoliyati davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, yaqinda – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qarori bilan “Oʻatan pidayisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

– Shogirdlarim turli nufuzli OTMlarga oʻqishga kirsalar, hamqishloqlarim ularning ota-onalaridan ham avval meni tabriklashadi, – deydi Rasuljon mamnuniyat bilan. – Ularning quvonchiga sherik boʻlish oʻqituvchi uchun qanchalik faxrli ekanligini sinfda oʻquvchilar bilan yillar davomida betinim shugʻullangan pedagoglargina yurakdan his etadi. Hamqishloqlarim farzandlarining yutuqlarini bayram qilganlarida men ana shunday baxtga chulgʻanaman.

Rasuljon Madaminovning qalbida orzulari koʻp: 29-sonli maktabning taʼlim-tarbiya yaxshi yoʻlga qoʻyilgan muassasalar qatoridan joy olishi, oʻquvchilarning OTMlarga oʻqishga kirish darajasi boʻyicha yuqori natijalarga erishishini taʼminlashga, muhimi, kasbdoshlari bilan hamjihatlikda har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga oʻz hissasini qoʻshish. Ana shu ezgu niyatlar bilan u har kuni sinfga kirarkan, koʻzlarida olamcha hayratlar bilan Rasul muallimning biri-biridan qiziqarli mashgʻulotlarini sabrsizlik bilan kutayotgan begʻubor qalblarga oshno boʻlib, matematika va informatika fanlarining moʻʼjizalari ichida yashay boshlaydi. Bu moʻʼjizalar olamini begʻubor qalblarga singdirish, ular qalbida oʻz faniga mehr, kelajakka ishonch tuygʻularini uygʻotish yosh oʻqituvchining baxtli taqdiri.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019