Qişloq xöjaligidagi islohotlar natijasida soha yanada rivojlanmoqda
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan barça sohalar singari qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan tub islohotlar natijasida soha yanada rivojlanmoqda. Fermerlarimizning islohotlar mazmun-mohiyatini çuqur anglab yetgan holda sohaga kirib kelayotgan yangi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanayotgani natijasida iş unumdorligi va hosildorlik yil sayin oşib bormoqda.
Amudaryo tumanidagi “Kamolov Gulmirza” fermer xöjaligi raisi Akbar Kamolov qişloq xöjaligi sohasidagi yangi imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan ilğor fermerlardan hisoblanadi. Akbar Kamolov joriy yil jami 60 gektar maydonda paxta yetiştirayotgan bölib, tumanimizning paxta xirmonini yaratişga munosib hissa qöşmoqda. Fermer bilan suhbatlaşar ekanmiz, yer maydonlarini suğorişda suv tejovçi texnologiyalaridan foydalaniş nafaqat suv resursini tejaşga balki sifatli hosil olişga, hosildorlikni yanada oşirişga xizmat qilişini işonç bilan taʼkidlaydi.
Akbar Kamolov hozirda 15 gektar paxta ekin maydonida tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilgan va natijada suvning 25-30 foizga tejalişiga erişgan. Fermer qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalardan foydalanişning ahamiyati yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, kelgusi yil qolgan ekin maydonlariga ham tomçilatib suğoriş texnologiyalarini örnatişni, şu orqali suğorişda iş unumdorligini oşiriş hamda suv resursini yuqori darajada tejaş va yaxşi hosil olişni maqsad qilgan.
Mutaxassislar tomonidan keltirilgan maʼlumotlarga köra, tomçilatib suğorişda suv dalaga emas, ösimlikka beriladi. Mineral öğitlar suv tarkibiga qöşilgan holda töğridan-töğri ildizga yetib boradi. Avval 10 ga yaqin suvçi talab qilingan yerni atigi bir kişi suğorib çiqişi mumkin. Bu usul vaqtni, mablağni tejaydi va hosildorlikni oşiradi. Tomçilatib suğoriş orqali faqat ildiz tizimining namlanişiga erişiladi. Bunday holda, suv ösimlik tomonidan kerakli miqdorda tezda söriladi va uning ösişi hamda rivojlanişiga zarar yetkazilmaydi. Suv tuproqning faqat ösimlik ildiz tizimi yotadigan joylariga kiradi, u har bir ösimlik uçun bir tekis va doimiy ravişda zarur bölgan miqdorda yetkazib beriladi. Anʼanaviy suğoriş bilan soliştirganda, tomçilardan foydalaniş jarayonida tuproqning tabiiy tuzilişi buzilmaydi. Kuçli quyoş nurlari bilan ösimliklar nobud bölmaydi, bu tomçilarning barglarga ham tuşişi bilan izohlanadi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, Amudaryo tumanidagi jami 850 gektar ekin yer maydonlarida suv tejovçi texnologiyalarni joriy qiliş rejalaştirilgan bölib, şundan 43 ta fermer xöjaligining jami 650 gektar paxta maydonlarida tomçilatib suğoriş, 45 ta fermer xöjaliklarining 200 gektar ğalla maydonlarida yomğirlatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş böyiça şartnomalar tuzilgan.
Tumanimizda qişloq xöjaligi sohasining yanada rivojlanişida yangi zamonaviy texnikalarning kirib kelişi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muhtaram Prezidentimizning 2024-yilning 9-fevral sanasida imzolangan “Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholi bandligini taʼminlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 66-sonli qarori bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişda muhim dasturulamal bölmoqda.
Qaror bilan respublikamizning Amudaryo, Beruniy, Çimboy va Qonliköl tumanlarida 2024-yil 1-aprelga qadar qişloq xöjaligi texnikalari bilan kompleks xizmat körsatuvçi texnika-servis markazlarini davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiş belgilab berildi. Şu asosda tumanimizda taşkil etilgan "Amudaryo Yangi Texnika Service" masʼuliyati çeklangan jamiyati ham bugungi kunda soha rivojiga munosib hissa qöşib kelmoqda.
Qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida mazkur jamiyatga 13 dona yangi zamonaviy texnikalar xarid qiliş böyiça şartnomalar tuzilgan bölib, bugungi kunda jami 2 mlrd. 250 mln. söm avans mablağlari hisobiga 11 dona texnikalar yetkazib berilgan. 5 dona “New Xolland T-7060” rusumli yuqori unumli surim traktorlari, 5 dona zamonaviy aylanma omoçlar, 1 dona mexanik seyalka şular jumlasidandir. Mazkur texnikalar bilan tumanimizdagi fermer xöjaliklariga şartnoma asosida xizmatlar körsatilib, ekin maydonlaridan möl hosil olişga zamin yaratilmoqda hamda iş unumdorligi va sifati yanada oşib, yuqori mehnat samaradorligiga erişilmoqda.
Taʼkidlaş joizki, Qoraqalpoğiston Respublikasining mavjud tabiiy xomaşyo resurslaridan samarali foydalaniş orqali sanoat, qişloq xöjaligi sohalarini jadal rivojlantiriş, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmalarini yaxşilaş, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş hamda turmuş darajasini oşiriş maqsadida imzolangan Prezident qarori respublikamizning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶