Yana 1855 nafar fuqaroning turar joylarga mulk huquqi hamda yer uchastkalariga ijara huquqini eʼtirof etish boʻyicha roʻyxat tasdiqlandi
Avval xabar berilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kungi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Davlat kadastrlari tuman filiali boshligʻining turar joylarga mulk huquqini hamda yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi va xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 10-iyul kungi qarori bilan 1855 nafar fuqarolarning huquqni belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan turar joylariga mulk huquqi hamda yer uchastkalariga ijara huquqini eʼtirof etish boʻyicha roʻyxat tasdiqlandi. Endilikda ushbu roʻyxat asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilinadi va shundan keyin fuqarolar tegishli tartibda kadastr hujjatlariga ega boʻlishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, agar Sizning ham yer uchastkangizning ijara huquqini, bino va inshootlaringizning mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, davlat kadastrlari palatasining tuman filialiga murojaat qiling.
Shohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶