12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:27
Fan va taʼlim 👁 386

Maktabgaça yoşdagi bolalarni tarbiyalaşda öyinlarga asoslangan maşğulotlarning ahamiyati

Maktabgaça yoşdagi bolalarni tarbiyalaşda öyinlarga asoslangan maşğulotlarning ahamiyati

Maktabgaça yoşdagi bolalarning qalbida bilim olişga qiziqiş va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini singdiriş uçun maşğulotlar davomida dars mavzularini öyinlarga asoslangan uslublardan samarali foydalangan holda taşkil etiş zarur. Çunki bu davrda bolalar juda öyinqaroq bölib, döstlari bilan xar hil öyinlarni öynab vaqt ötkazişni yaxşi körişadi.

Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tarbiyalangan bolalar boşlanğiç bilimlar va milliy qadriyatlarimizni örganiş davomida öziga xos iqtidori şakllanib, alohida şaxs sifatida ulğaya boşlaydi. Bolalar yoşiga mos milliy ertaklarni tinglaş va qadriyatlarimiz aks etgan multfilimlarni tomoşa qiliş orqali ularda atrof muhit va insonlarga nisbatan munosabat şakllanadi.

Özbek borki, farzandiga bolalik davridan boşlab kattalarni hurmat qilişni, ularga qölini köksiga qöygan holda salom berişni örgatadi. Tarbiyaçi taʼlimiy jarayonda bu odatlarni tarbiyalanuvçilarga guruh şaklidagi öyinlar yordamida obrazli qilib tuşuntirsa, bolalarning özlaştirişi oson böladi. Bunda öyin iştirokçilari ertak qahramonlarini gavdalantirib, ustoz-şogird, aka-uka, ota-ona va farzand obrazida muloqot qilişlari kerak.

Atrof-muhitni ozoda saqlaş insonlarga xos fazilat hisoblanadi. Bu odatni farzandlarimizga bolalik davridan boşlab örgatişimiz zarur. Maşğulotlar vaqtida tarbiyalanuvçilarni guruhlarga ajratgan holda xonalarini, yotiş örnini kim tez va çiroyli qilib tozalaşni musobaqa tarzida örgatiş orqali bu vazifalarni kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylantirişimiz mumkin. Öz xonasini va yotiş örnini toza saqlaşga odatlangan bola tabiatga beparvo bölmaydi.

Inson tarbiyasini dasturxonda ötiriş va ovqatlaniş odobidan ham bilişimiz mumkin. Biz tarbiyaçilar bolalarning xatti-harakatidan oilasidagi maʼnaviy muhit haqida muayyan axborotga ega bölamiz. Ayrim bolalar tuşlik payti katta yoşdagi odamlardek tartib bilan ovqatlanişsa, ayrim bolalar bu qoidalarga unçalik amal qilişmaydi. Dasturxonda ötiriş va ovqatlaniş odobini ham öyin şaklida örgatsak, bolalar qiziquvçanlik bilan tez özlaştiradi. Öyin şartiga köra, bolalar yakka tartibda ovqatlanişdan oldin va keyin qilinadigan amallarni bajarişadi. Qolgan iştirokçilar esa tengdoşining harakatlarini baholaydi. Masalan, kimdir ovqatlanişdan oldin qölini yuvmasligi, qoşiqni ataylab öng qölda uşlamasligi yoki dasturxonda odob bilan ötirmasligi mumkin. Bu xatolarni topgan bolalar esa har xil şaklda rağbatlantiriladi.

Donişmandlar beşikdan to qabrgaça ilm izla, deb bejizga aytişmagan. Ilm va kasb-kor örganişning erta keçi bölmaydi. Boğça yoşidagi bolalarni sahifasi qiziqarli suratlar bilan bezalgan, muqovasi bola eʼtiborni jalb qiladigan çiroyli kitoblar bilan taniştiriş orqali ularda kitoblarga nisbatan qiziqiş uyğotişimiz mumkin. Öyin şartiga köra kimdir kutubxonaçi, kimdir kitob savdogari yana boşqa bola öqituvçi bölişi mumkin. Öyin jarayonidagi munosabat bolalarda kitobning nima ekanligini anglatadi.

Bugungi kunda maktabgaça taʼlim taşkilotlari farzandlarimizning şunçaki vaqt ötkazadigan manzili emas, balki yetuk tarbiya köradigan maʼnaviyat maskanidir. Ular bu dargohda boşlanğiç bilimlar bilan bir qatorda qadriyatimizga aylangan odatlarimizni ham örganişadi.

Surayyo Bozorboyeva, Amudaryo tumani 40-sonli DMTT tarbiyaçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026