Qaşqadaryolik doyalar iştirokida malaka oşiriş öquv-seminarlari ötkazildi
Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qiliş, soğlom onadan soğlom farzand tuğilişiga erişiş, reproduktiv yoşdagi ayollar salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlar natijasida onalar va yoş gödaklar orasidagi ölim holatlari keskin kamayib, homilador ayollar soğligi sezilarli darajada yaxşilanmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan soğliqni saqlaş tizimiga oid farmon va qarorlar ijrosini taʼminlaşga qaratilgan, aniq maqsadlarga yönaltirilgan rejali işlar yanada samarali natijalarga erişiş imkonini bermoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentyabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilişda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori hamda 2023-yil 24-25-oktyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida aholiga sifatli tibbiy yordam körsatiş, reproduktiv yoşdagi ayollar, homilador ayollarga körsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oşiriş böyiça soha mutaxassislariga, yetakçi doya-şifokorlarga bergan topşiriqlari ijrosini taʼminlaşga qaratilgan işlar tufayli joylardagi oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi tibbiyot brigadalarining doya va hamşiralari işlari örganilib, soha böyiça yetakçi mutaxassislar tomonidan zarur malakaviy tavsiyalar berilmoqda.
Yuqoridagi Prezident Qarori ijrosini taʼminlaş, tibbiy brigadalar faoliyatini örganiş orqali doyalar va hamşiralarni sohaga oid yangiliklar hamda zamonaviy texnologik jarayonlar bilan taniştiriş, ularga zarur tavsiyalar beriş maqsadida joylarda “Soğlom oilani şakllantiriş” mavzusidagi malaka oşiriş öquv-seminarlari ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining 2024-yil 1-iyundagi maxsus xatiga asosan uşbu öquv dasturida belgilangan bilim va könikmalarni mamlakatimizning çekka hududlarida iş jarayoniga tatbiq etiş maqsadida Qaşqadaryo viloyatidan kelgan trener doyalar Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi tibbiyot brigadalarining doya va hamşiralariga zarur tibbiy-uslubiy yordam körsatişmoqda.
8-iyun kuni qaşqadaryolik mutaxassislar D.Kenjayeva, Z.Döstmamatova, Nukusdagi 2-sonli oilaviy poliklinika yetakçi doyasi D.Mamutova, Qoraqapoğiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligi boş hamşirasi R.Mişenovalar Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi köp tarmoqli poliklinikada, Tibbiyot birlaşmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinika va oilaviy şifokorlik punktlarida bölişib, tibbiy brigadalar patronaj doyalari iş faoliyatlari bilan yaqindan tanişdilar hamda zarur tavsiyalar berdilar. Şuningdek, 1-sonli oilaviy poliklinikada faoliyat olib boruvçi tibbiy brigadalar patronaj doyalarining iş jarayonlri ham mufassal örganilib, ularga amaliy-uslubiy yordamlar körsatildi.
Amudaryolik doyalar “Soğlom oilani şakllantiriş” mavzusidagi malaka oşiriş öquv dasturi orqali öz bilim hamda könikmalarini yanada mustahkamladilar
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶