14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:31
Qishloq xoʻjaligi 👁 348

Gʻalla oʻrim-yigʻimiga bagʻishlangan respublika miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

Gʻalla oʻrim-yigʻimiga bagʻishlangan respublika miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

9-iyun kuni Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimiga bagʻishlangan respublika miqyosidagi koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, tumanlar hokimlari, qishloq xoʻjaligi soha mutasaddilari hamda fermerlar ishtirok etdi.

Dastlab seminar ishtirokchilari Choykoʻl ovuli hududidagi “Choykoʻl-Doʻstlik” fermer xoʻjalidagi bugʻdoy dalalarida joriy yilgi oʻrim-yigʻim mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar. Masʼullar joriy yilgi hosilni nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish, gʻalladan boʻshagan yerlarga takroriy ekin ekish va kelgusi yil hosili uchun bugʻdoy ekish hamda uni parvarishlash jarayonida suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Taʼkidlanganidek, suvga boʻlgan talab oshib borar ekan, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Suvdan oqilona va samarali foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash qishloq xoʻjaligining eng muhim masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Suv tejovchi texnologiyalardan oqilona foydalanish nafaqat qishloq xoʻjaligi sohasi, balki iqtisodiyotimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bizning iqtisodiyotimiz qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Aholining katta qismi agrar soha bilan band. Qishloq xoʻjaligida suv isteʼmolini kamaytirish millionlab tonna suvni tejab qolish va uni aholi ehtiyojlariga yoʻnaltirish imkonini yaratadi.

Seminar ishtirokchilarining navbatdagi manzili Oʻrtaqalʼa ovuli  hududidagi “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligining gʻalla dalasi boʻldi. Dala boshida Qurʼon tilovat qilinib, nuroniylar dehqonlarimizning oldida turgan mashaqqatli va masʼuliyatli ishlariga kuch-quvvat, yurtimizga farovonlik, xalqimiz dasturxoni toʻkis boʻlishi tilab, duo qilishdi.
Seminarda soʻzga chiqqanlar oʻrim-yigʻim mavsumida amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar, joriy yilgi gʻalla yetishtirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomalarini toʻliq hajmda bajarish, yuksak gʻalla xirmonini yaratishdagi ustuvor vazifalar xususida soʻz yuritdilar.

Aytish joizki, dehqonlarimiz gʻallachilikda hosildorlikni oshirish, el-yurtimiz dasturxoni toʻkinligini taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratib kelishadi. Ayniqsa, amudaryolik gʻallakorlar har yili moʻl hosil olib, yuksak xirmonlari bilan mamlakatimizda peshqadamlar safida kelmoqda.

Joriy yil ham tumanimiz fermerlari tomonidan moʻl gʻalla yetishtirish maqsadida bugʻdoy urugʻi yerga qadalganidan tortib, hosil pishib yetilguniga qadar barcha agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirildi. Yetishtirilgan hosilni qisqa fursatlarda nest-nobud qilmay oʻrib-yigʻib olish maqsadida barcha harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish joizki, tumanda 2024-yil hosili uchun 313 ta fermer xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 4800 gektar maydonga bugʻdoy ekilgan edi. Ushbu dalalardan 14 ming 400 tonnadan ortiq gʻalla hosili olish reja qilingan.

Gʻalla hosilini oʻrish uchun tumanda 22 ta otryadlar tashkil qilinib, ushbu otryadlarga yuqori unumli 22 ta kombaynlar, 47 nafar IIB, FVB va Milliy gvardiya xodimlari, 66 ta yuk mashinalari biriktirildi va 14-iyun sanasidan 1-iyulgacha, 21 kunda gʻalla hosilini nest-nobud qilmasdan oʻrib olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi hamda oʻrim grafiklari ishlab chiqilgan.

Seminar yakunida bugʻdoy oʻrim-yigʻimi davrida yongʻin xavfsizligiga amal qilish, hosilning nobud boʻlishiga yoʻl quymaslik boʻyicha fermer xoʻjaliklarining rahbarlariga, gʻallakor va mexanizatorlariga tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019