12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:16
Salomatlik 👁 556

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimida ötkazilgan yiğilişda yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça körilayotgan çoralar holati tahlil qilindi

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimida ötkazilgan yiğilişda yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça körilayotgan çoralar holati tahlil qilindi

Aholi orasida “iflos qöllar” hamda “sariq kasalligi” nomi bilan yuritiladigan virusli gepatit “A” kasalligiga qarşi tegişli tibbiy-taşkiliy tadbirlarning amalga oşirilişi va bolalarda virusli gepatitni taşxislaş va davolaş sohasida erişilgan muayyan yutuqlarga qaramay, uşbu kasallik butun dunyoda dolzarbligiça qolmoqda. Virusli gepatit “A” kasalligi odamdan odamga ötadigan yuqumli kasallik bölib, har qanday yoşdagi inson organizmida jigar töqimalari jarohatlanişi bilan keçadi. Mazkur kasallik köproq kiçik yoşdagi bolalarda kuzatiladi.

Joriy yilning 6-iyun kuni Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining majlislar zalida tuman aholisi orasida 2024-yilning 5 oyi davomida aniqlangan yuqumli kasalliklarning kelib çiqiş sabablari va bu kasalliklarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Tadbirni tuman sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Nigora Eşimova oçdi va olib bordi. U öz sözida tumandagi aholi orasida aniqlangan yuqumli kasallik holatlari haqida gapirib, şifokorlarga yuqumli kasalliklarni kamaytirişga doir tegişli körsatmalar berdi.

Şundan keyin jamoat salomatligi bölimi şifokori Töramurod Boboniyozov sözga çiqib, bölimning tasdiqlangan yillik rejasiga köra, aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olişga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlarini olib borişni, ayniqsa virusli gepatit “A” kasalligi va botulizm – ovqatdan zaharlaniş kasalliklaridan saqlanişga doir ommaviy axborot vositalarida keng maʼlumot ulaşiş zarurligini taʼkidladi.

Şuningdek, tadbirda epidemiolog şifokor Mirzabek Amanqulov tomonidan tumanda joriy yilning 5 oyi davomida bolalar orasida virusli gepatit “A” kasalligi böyiça epidemiologik vaziyat yaxşi emasligi taʼkidlandi. U öz sözida kasallikni kamaytirişga doir zarur tavsiyalarini bildirib, virusli gepatit “A” kasalligiga qarşi profilaktik emlaş çora-tadbirlarini yanada kuçaytirişni taklif qildi.

Ötkazilgan örganişlar davomida 2023-yilning 12 oyi davomida qayd qilingan kasallanişlar soniga nisabatan 2024-yilning 5 oyi davomida aniqlangan kasallanişlar soni yuqori ekanligi maʼlum bölgan. Virusli gepatit “A” kasalligi joriy yilning yanvar-may oylari davomida 33 nafar fuqaroda kuzatilgan. Şundan 6ta holat Manğit şahar hududiga töğri keladi. Şuningdek, uşbu kasallik bilan Kuyuk köpir, Qipçoq, Nazarxon, Xitoy ovullaridagi aholi orasida ham kasallaniş qayd etilgan. Bölim xodimlari tomonidan barça kasallik öçoqlari epidemiologik nazoratga olingan.

Virusli gepatit “A” kasalligi bilan kasallanişlar holati yoşga doir tahlil qilinganda, 3-5 yoşdagi bolalar orasida 3 nafar, 6-14 yoşli bolalar orasida 9 nafarni taşkil etadi. Joriy yilda Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oilada tarbiyalanayotgan 3-8 yoşli bolalardan 50 nafari bepul, 23 nafar bola tölov asosida kasallikka qarşi vaktsinalar bilan emlangan.

Tadbirda taʼkidlanganidek, suvni qaynatmasdan içiş, qöllarni sovunlab yuvmasdan ovqatlaniş, meva-sabzavotlarni yuvmasdan isteʼmol qiliş, ruxsat etilmagan oçiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suv havzalarida çömiliş hamda maişiy muloqotda maxsus qoidalarga amal qilmaslik infektsiyaning asosiy yuqiş omillaridan hisoblanadi.

Zararli mahsulotlarning savdoga çiqarilişining oldini oliş maqsadida bölimning sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari belgilangan tartibda xodimlar tomonidan doimiy tekşirib boriladi. Şuningdek, ovqatdan zaharlaniş va botulizm kasalligining oldini oliş yuzasidan rejaga köra tuman Sanitariya-epidemilogik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari hamda “Mangit dehqon bozori” hududidagi sanitariya-veterinariya laboratoriyasi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylarda joylaşgan oziq-ovqat savdo dökonlarida sanitariya-profilaktik tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borilyapti.

Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining tegişli buyruqlari asosida joriy yilning 4 oyi davomida noqonuniy ravişda uy şaroitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan şuğillanayotgan 18 nafar fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksining tegişli moddalariga asosan jarima jazosi qöllanildi. Şuningdek, botulizm kasalligining oldini oliş maqsadida isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olinib, tegişli tartibda yöq qilindi.

Har bir inson kundalik turmuş tarzi hamda oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolida sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga amal qiliş orqali özini va oilasini yuqumli kasalliklardan saqlaşi lozim. Zero, öz salomatligimizga özimiz masʼul ekanlimizni unutmaylik.

Minavvar Kaşkorova, Mirzabek Amankulov, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining oliy toifali şifokorlari.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026