Amudaryo tumani mamlakat miqyosidagi seminarga mezbonlik qildi
Mamalakat rivojini taʼlim sifati va kadrlar salohiyati belgilab beradi. Şu maqsadda yurtimizda maktabgaça va maktab taʼlimini yangi bosqiçga kötariş yölida qator islohotlar amalga oşirilyapti. Jumaladan, maktablarda Milliy öquv dasturi va zamonaviy dasrliklarni amaliyotga joriy etiş, bu jarayonda pedagog xodimlarga uzliksiz metodik xizmat körsatiş, qizil toifadagi maktablarga manzilli yordam beriş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Ayni yönalişda amalga oşirilayotgan işlarning natijasini yana bir marta sarhisob qiliş, bu boradagi yutuqlarni eʼtirof etib, kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktabda Özbekiston miqyosida metodik tur taşkil qilindi.
Metodik turga mamlakatning barça hududlaridan kelgan soha vakillari maktab binosi oldida karnay sadolari bilan tantanavor kutib olindi. Mehmonlarga qadriyatimizga aylangan anʼana – non-tuz tutildi. Öquvçilar tomonidan çolğu asboblarida ijro etilgan milliy kuy va musiqalar barçaga özgaça kayfiyat baxş etdi. Maxsus tayyorlangan körgazmada öquvçilarning qöl mehnati bilan işlangan buyumlar, yumşoq öyinçoqlar va har xil mavzularda çizilgan suratlar namoyiş qilindi.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining birinçi örinbosari U.Şarifxodjayev, Vazirlikning Metodika va darsliklar boşqarmasi boşliği D.Norboyeva, Respublika taʼlim markazi direktori Ş.Xudayqulov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi raisi örinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri G.Qojabayeva, barça viloyatlar Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimlarining öquvçilarda zamonaviy könikmalarni şakllantiriş şöʼbalari boş metodistlari, hududiy metodik xizmat körsatiş bölimi boşliqlari, tumanimizning sohaga masʼul mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Maktabning faollar zalida ötkazilgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Usman Şarifxodjayev hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Qojabayevalar sözga çiqib, mamlakatimizda maktabgaça va maktab taʼlimi sohasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, öquvçilarning sifatli taʼlim olişi uçun yaratilayotgan şaroitlar, öqituvçilarga berilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida töxtalib, metodik turning ahamiyati haqida maʼlumotlar berişdi. Şundan söng Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şomuratov “qizil” toifaga kirgan maktablarda amalga oşirilgan işlar, erişilgan ijobiy natijalar va keyingi rejalar haqida taqdimot qildi.
Jumladan, 2021-yilda tumanda 4 ta umumiy örta taʼlim maktabi, şu örinda 76-sonli maktab ham taʼlim sifati yuqori bölmaganligi sababli “qizil” toifaga kiritilgan edi. Tegişli muassasalar tomonidan metodik yordam berilib, manzilli işlaş natijasida barça maktablar “yaşil” toifaga ötkazildi. Uşbu maktab esa bugungi kunda tumandagi eng kuçli maktablar beştaligidan joy olgan. Keyingi yillarda öquvçilar soni ortgani sababli maktabga qöşimça yangi bino qurilgan. Hozirda tumanimizda taʼlim sifati böyiça “qizil” toifadagi maktablar mavjud emas.
Seminar davomida mehmonlar va soha vakillari maktabda yaratilgan şaroitlar, zamonaviy metodlarga tayangan holda ötilayotgan dars jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar. Mehmonlar dars jarayonlarida bevosita iştirok etib, öqituvçilarning dars ötiş uslubi va öquvçilarning mavzu böyiça faolliklarini kuzatişdi.
Taʼlim dargohida “bir kasb – ikki xorijiy til” tajribasi joriy qilingan. Uşbu tamoyil asosida öquvçilarga ikkita xorijiy til çuurlaştirilgan tarzda örgatilib, ularning kasb-korli bölişlari, hunar egallaşlari uçun ham şaroitlar yaratilmoqda. Maktabda duradgorlik va tikuvçilik tögaraklari faoliyat yuritmoqda. Tikuvçilik tögaragiga sohada katta tajribaga ega bölgan ilğor biznes egalari, faol tadbirkorlar jalb qilingan. Ular öquv-işlab çiqariş ustaxonalarini taşkil qiliş va jihozlaş işlarida amaliy yordamlar körsatib kelmoqda.
Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantiriş böyiça milliy dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Farmon ijrosi yuzasidan maktab öquvçilarining bilimi va könikmalarini şakllantiriş, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalaş, öqituvçi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oşiriş, darsliklar va öquv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillaştiriş, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etiş maqsadida qator vazifalar belgilan.
Endilikda sifati yuqori bölmagan umumiy örta taʼlim maktablarida manzilli metodik yordam körsatiş böyiça Qoraqalpoğiston tajribasini Özbekiston Respublikasi miqyosida ommalaştiriş kutilmoqda. Bu kabi amaliy işlar orqali “qizil” toifaga kiritilgan maktablarda taʼlim sifatini yanada yaxşilaş, samaradorligini oşiriş közda tutilgan.
Uşbu metodik tur doirasida mamlakat miqyosida turli hududlardan kelgan mehmonlar Amudaryo tumanidan taşqari Qönğirot va Möynoq tumanlari hamda Nukus şaharlarida bölişib, maktablar va maktabgaça taʼlim taşkilotlariga taşrif buyurişdi va metodik xizmat körsatiş böyiça bilim va tajribalarini yanada oşirdilar.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶