“Kundaligim – yoruğ yuzim” nomli tanlov ğoliblari aniqlandi
Kundalik daftari öquvçining yangi bilimlarini qay darajada özlaştirişi, tartibi, xulq-atvori, saranjom-sariştaligini körsatib turadigan daftardir. U-misoli oyna. Kundalik daftariga qarab uning egasi qanday öquvçi ekanini bilsa böladi.
Men öquv yili boşida özim rahbarlik qiladigan 4-sinf öquvçilariga “Kundaligim – yoruğ yuzim” nomli tanlov eʼlon qilgandim. Tanlov şartlariga köra, öquvçilar har haftada “aʼlo” baho olişi, kundalik daftarini çiroyli husnihat bilan töldirişi hamda namunali xulqqa ega bölişlari talab etiladi.
Tanlov eʼlon qilingan kundan boşlab har bir öquvçim hafta davomida köproq baho olişga “Balli!”, “Barakalla!”, “Ofarin!”, “Ota-onangga rahmat!” kabi rağbatlarni yiğişga va hafta söngida ğoliblikni qölga kiritişga harakat qildi.
Öquv yili davomida har haftada eng yaxşi yuritilgan kundaliklarni saralab, ğoliblarni aniqlab bordik. Öquv yili yakunida esa tanlov nihoyasiga yetdi.
Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Asqarboy Matmuratov, boşlanğiç sinflar metodbirlaşmasi aʼzosi Dilbar Örazaqova hamda psixolog Zohid Erimbetovlar yordamida har bir öquvçining kundaligi körib çiqildi va yakuniy xulosaga kelindi.
Tanlovda eng köp baho töplagan iqtidorli va namunali öquvçi Adolat Töraboyeva 1-öringa loyiq deb topilgan bölsa, çiroyli husnixat va tartib bilan töldirilgan kundalik egasi Mahliyo Baxtiyorova 2-örin sohibasi böldi. Barçinoy Baxtiyorova esa namunali xulqi va töplagan turli rağbatlari bilan 3-öringa loyiq deb topildi.
Ğoliblar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi, ularning ota-onalariga esa taşakkurnomalar berildi.
Bu kabi rağbat va eʼtibor öquvçilarning taʼlim olişga, namunali xulq va çiroyli husnixat sohib va sohibalari bölişga intilişlarini yanada oşiradi.
Şahlo Aytboyeva, 75-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶