Temurbek musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi
Bugungi kunda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini darslardan chalgʻituvchi omillar koʻp. Ularga anʼanaviy uslubda dars oʻtish yaxshi samara bermasligi mumkin. Taʼlimga yangi, zamonaviy metodlarni olib kirish darslar sifatini oshiradi. Bolalarni oʻqishga qiziqtirishda mental arifmetika mashgʻulotlaridan unumli foydalanishimiz lozim.
Mental arifmetika – bu yuqori sifatli dastur boʻlib, matematik amalni miyada kalkulyatord kabi tez hisoblashni oʻrgatadi. Ushbu dastur miyaning har ikkala yarimsharlari bir xilda rivojlanishiga imkon beradi. Mashgʻulotlar samarasi oʻlaroq, bolada faollik va tashabbuskorlik jihatlari oʻsadi. Shuningdek, darslarni oson oʻzlashtiradi hamda xorijiy tillarni tez oʻrganadi. Shu maqsadda biz maktabimizda mental arifmetika toʻgaragini tashkil qilganmiz. Hozirda oʻquvchilarimiz koʻrik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Chaqqon barmoqlar” shiori ostida tashkil qilingan musobaqada maktabimizning 1-sinf oʻquvchisi Temurbek Kenjayev faxrli 2-oʻrin sohibi boʻldi hamda diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Mustaqil yurtimizdagi imkoniyatlar sabab Al Xorazmiy bomomizning munosib vorislari safi yanada kengaymoqda. Matematik qobiliyati yuqori boʻlgan Temurbek Kenjayevga yana baland choʻqqilarni zabt etishini tilab qolamiz!
Bahrom Jiyanov, 53-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶