83-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri va ota-onalar yiğilişi ötkazildi
Kasb tanlaş inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri hisoblanadi. Xalqimiz duo qilganida “Kasbingdan kamol top” degan jumlani bejiz işlatmaydi. Sababi, şaxsning komil inson bölib voyaga yetişi, jamiyatda öz örnini topib, yuksak darajaga erişişida kasb-korning örni alohida.
Şuning uçun ham yoş avlodni bolalagidan öz qiziqişlari va iqtidoriga qarab kasbga yönaltiriş har bir ota-onaning, taʼlim muassasasining, davlat va jamiyatning vazifasidir. Bugun maktablar nafaqat taʼlim-tarbiya beradi, balki öquvçilarga kasb-hunar örgatiş borasidagi dastlabki qadamlar ham aynan maktablarda qöyiladi.
Şu maqsadda taʼlim maskanlarida turli tadbirlar, tanlovlar, festivallar ötkazib kelinmoqda. 18-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 83-sonli maktabda ham “Kasbim – kelajagim” şiori ostida “Kasblar festivali” tadbiri va ota-onalar yiğilişi ötkazildi.
Tadbir rejasiga asosan avvalo ota-onalar yiğilişi ötkazilib, yiğilişda mahalla faollari, maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya xodimi, mahalla yoşlari yetakçisi qatnaşdi. Yiğilişda öquvçilarning tartib-intizomi, odob-ahloq qoidalariga amal qilişi, yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalari böyiça suhbat ötkazildi.
Ota-onalar yiğilişidan keyin iştirokçilar “Kasblar festivali” tadbiriga taklif qilindi. Tadbirni maktab direktori Dilafruz Ismoilova oçib, mazkur festival yoşlarning kelajakdagi kasbiy tanlovlarini şakllantiriş, qiziqişlari va isteʼdodlarini aniqlab, şunga mos kasbga yönaltirişda muhim vosita bölişini taʼkidlab ötdi.
Söngra iştirokçilar kasblar körgazmalariga taklif qilindi. Maktab öquvçilari mehmonlarga sartaroşlik, töquvçilik, tikuvçilik, öqituvçilik, duradgorlik, rassomçilik, novvoylik, oşpazlik, hunarmandçilik, tadbirkorlik, boğbonçilik, dehqonçilik, kaştaçilik va qöğirçoq teatri, gul bezaklari ustasi kabi kasblar egalarining iş jarayonini körgazmali tarzda namoyiş qilişdi.
“Kasbim – kelajagim” şiori ostida ötkazilgan tadbirda maktab psixologi Nafisa Töliboyeva, direktor örinbosari, ona tili va adabiyot öqituvçisi, töquvçilik tögaragi va qöğirçoq teatri rahbari hamda maktab öqituvçilari, öquvçilar faol iştirok qilişdi. Tegişli masʼullar tomonidan iştirokçi öquvçilarga turli kasblar va ularning jamiyatdagi roli haqida keng tuşunçalar berildi.
Tadbir davomida 9-, 10-, hamda 11-sinflar orasida “Oş damlaş” marafoni ham ötkazildi. Maktab boğida örnatilgan qozonlarda öquvçilar özbekona oş damlaşdi. Har bir sinf öquvçilarining tayyorlagan oşiga hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan xolisona baho berildi. Barça mehmonlar va ota-onalar oşga taklif qilindi.
“Kasblar festivali” tadbiri maktab öquvçilarini hunar örganişga, öz iqtidori, qiziqişi va salohiyatiga mos kasb tanlaşga undagani bilan nihoyatda ahamiyatli böldi. Umid qilamizki, uşbu kasblar festivali yoşlarning kelajakdagi muvaffaqiyatli karerasi uçun mustahkam poydevor vazifasini ötaydi.
Anorgul Xolimbetova, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶