“Yoş çegaraçilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining tuman bosqiçi ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida mamlakatimizning çegaraoldi şahar va tumanlardagi umumiy örta taʼlim maktablarida “Yoş çegaraçilar” klublari taşkil qilingan edi. Nizomga asosan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlarining harbiy qismlariga biriktirilgan mazkur klublarga maktablarning 9-, 10- va 11-sinf öquvçilari öz xohişiga köra aʼzo bölişlari mumkin.
Şuningdek, yuqoridagi qaror bilan “Yoş çegaraçilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasini ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizom ham tasdiqlangan bölib, uşbu hujjatga köra har yili mazkur tanlovda çegaraoldi şahar va tumanlardagi umumiy örta taʼlim maktablaridagi eng faol klublar aniqlanadi va taqdirlanadi.
Bu yilgi “Yoş çegaraçilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasining Amudaryo tuman bosqiçida tumanning çegaraoldi hududlaridagi 12 ta maktablarda taşkil qilingan klublar jamoalari özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa avvalida taşkiliy qömita aʼzolari va Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlarining Manğit şahrida joylaşgan harbiy qismi masʼullari iştirokçilarni musobaqa şartlari bilan taniştirdilar.
Tumandagi 1-, 4-, 15-, 20-, 25-, 35-, 36-, 48-, 59-, 69-, 70- va 83-sonli maktablar jamoalarining har biri ğoliblikka munosib ekanini amalda namoyon etiş uçun musobaqaga kirişdilar.
Dastlab xar bir jamoaning saf tayyorgarligi, harbiy varaqalar, albom, vimpel, jamoaning ramziy bayroği va nomi yozilgan taxtaça, jamoalarning maxsus formasi körikdan ötkazildi va baholandi.
Söngra umumtaʼlim fanlari böyiça test sinovi ötkazilib, Kalaşnikov avtomatini notöliq qismlarga ajratiş va yiğiş böyiça jamoa aʼzolarining çaqqonliklari sinovdan ötkazildi. Keyin esa öğil bolalar 1000 metrga, qizlar 100 metrga yuguriş, jamoa aʼzolari turnikda tortiliş, azimut böyiça harakatlaniş, granata uloqtiriş böyiça mahoratlarini namoyiş qilişdi. Iştirokçilar ayniqsa, zaharlangan hududdan, tösiqlar yölagidan ötiş, tibbiy yordam körsatiş musobaqalarini özgaça hayajon bilan namoyiş qildilar. Musobaqa söngida esa jamoa aʼzolarining öq-dorilarni taşiş, Kalaşnikov avtomatidan öq otiş va mazkur avtomatning maketi böyiça bilim va könikmalari, mahorati sinovdan ötkazildi.
Hakamlar hayʼatining yakuniy qaroriga köra 59-sonli maktab jamoasi 3-, 83-sonli maktab jamoasi esa 2-örinni egalladi. 48-sonli maktabda taşkil qilingan “Yoş çegaraçilar” klubining aʼzolaridan iborat jamoa 1-örinni egalladi va musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, davlat manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilişga tayyorlaş, jismonan soğlom va maʼnan yetuk yoş avlodni kamol toptiriş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, öz yurti va xalqining taqdiri uçun yuksak masʼuliyat va javobgarlik hissini şakllantiriş maqsadida taşkil qilingan mazkur musobaqaning tantanali yopiliş marosimida 1-, 2- va 3-örinni egallagan jamoalar taşkiliy qömita tomonidan diplom, kubok va sovğalar bilan mukofotlanadi. “Eng ilğor” nominatsiyasi ğoliblari esa taşkiliy qömita tomonidan alohida sovğalar bilan taqdirlandi.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶