15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 03:25
Jamiyat 👁 288

“QORAQALPOQ XALQINING PAZANDALIK SANʼATI”DAN BAHRA OLING!

“QORAQALPOQ XALQINING PAZANDALIK SANʼATI”DAN BAHRA OLING!

Erta bahor. Ekin-tikin ishlarida bir kun kechikish dehqonga bir oylik pand beradi, deyishadi. Tomorqa yerini obdon haydab, tekislab, kartoshka ekishga kirishgan Dilmurod bir egatga urugʻ tashlagunicha halloslab qoldi. Oyogʻidan madori ketib, sudralganicha chetga chiqib oʻtirdi. Uning gʻalati holatini kuzatib turgan qoʻshni Norgul momo hol soʻradi:

– Ha, bolam, ishni endi boshlab, chetga chiqib olding?

– Oyogʻim qaltirab, madorim boʻlmayotir, momo, kasal boʻlganga oʻxshayman.

Momo tushundi, bahorgi kam-quvvatlilik. Dilmurodga oʻz qoʻli bilan quvvatbaxsh taom tayyorlab bergisi keldi.

– Sen uyingga borib damingni olchi, ekishni tushlikdan soʻng qilasan. Men senga oyogʻingga mador beradigan taom tayyorlayman.

Dilmurod holsizgina uyiga yoʻnaldi, momoning gaplariga eʼtibor ham qilmadi. Oradan biroz vaqt oʻtib, qoʻlida dasturxonga nenidir tugib olgancha, Norgul momo kirib keldi.

– Yaxshimisan, bolam, – dedi koʻk choy bilan qovurilgan makaronni oldiga qoʻygancha ishtahasizlik bilan taomlanayotgan Dilmurodga.

– Kasalga chalindim-ov, mo-mo.

– Sening kasalliging, mana menga ayon, senga darmon taom  olib keldim, yeb koʻrchi, qanday tiklanganingni bilmay qolasan.

Momo oʻzi olib kelgan dasturxonni yozdi. Unda ikkita zogʻora non bilan bir kosada suyuq ovqat, bir banka qatiq ham bor edi. Dilmurod zogʻora nonni ishtaha bilan ogʻziga solarkan, rahmatli onasining erta bahorda tez-tez tayyorlaydigan taomi – joʻxori  yorma bilan goʻja oshini esladi. Norgul momo esa bu vaqt kosadagi taom ustiga quritib, maydalangan oshkoʻkni solib, uning oldiga qoʻydi.

– Ol, qatiq bilan birga ichib ol, quvvat boʻladi, oq joʻxori yorma, tovuq goʻshti, qovoq, sabzi, kartoshka ham qoʻshganman.

Bitta zogʻora non bilan bir kosa yorma oshini tanovul qilgan Dilmurodning vujudi yayradi, haqiqatan ham kayfiyati koʻtarilib, bogʻdagi ishlarini davom ettirgisi keldi.

– Ana koʻrdingmi, bolam, har kuni palov, makaron qovurdoq isteʼmol qilaverib, tanangda darmondorilar kamayib ketgan, oq joʻxoridan tayyorlangan ovqatlarning quvvati baland boʻladi, ayniqsa, bahorda!

Shu kuni Dilmurod kechgacha tomorqasiga kartoshka ekib boʻldi.

Azizlar, men bu voqeani toʻqimadim, shundoq yonimizda, biz bilan hamnafas yashayotgan nuroniy onaxonlarning unutilib borayotgan pazandalik mahorati  tufayli oʻzini “kasalman”, deb his etayotgan Dilmurodning hayotidan bir lavha keltirdim, xolos.

Darvoqe, xalqimizning pazandalik sanʼati tarixiga nazar tashlasak, nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyo xalqlarining hayrat, havas va eʼtiboriga munosib taomlar roʻyxati shakllanganiga guvoh boʻlasiz. Qoraqalpoq xalqining takrorlanmas pazandalik  sanʼati mahorati, biri-biridan quvvatbaxsh taomlari xususida aniq maʼlumotlarga ega boʻlishni xohlaysizmi? Unda Qoraqalpoq umumiy ovqatlanish korxonalari boshqarmasi boshligʻi G.Yoʻldoshev muallifligida, “Avangard baspa” nashriyotida chop etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha oshpazlar uchun oʻquv qoʻllanmasi” va “Qoraqalpogʻiston oshpazlik sanʼati” kitoblarini oʻqishni tavsiya etaman.

Gulmirza ogʻa uchun pazandalik begona emas. U 1974-79-yillarda Samarqand kooperativ institutini muhandis-texnolog yoʻnalishi boʻyicha tugatganidan beri umumiy ovqatlanish korxonalarida, shu soha boʻyicha turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib keladi va unutilib borayotgan qoraqalpoq milliy taomlarini tayyorlash usullarini oʻsib kelayotgan yosh avlodga yetkazish maqsadida ilmiy izlanishlar olib boradi. Yaqinda oʻzbek, rus qoraqalpoq va ingliz tillarida chop etilgan muallifning ikkala kitobi ham ana shu kuzatishlari, qoraqalpoq milliy taomlarini tayyorlash usullari borasidagi izlanishlari samarasi sifatida keng kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.

Eng yaxshi shifokor – bu yaxshi pazandadir, degan hikmatli gap bekorga aytilmagan. Muallifning “Qoraqalpoq oshpazlik sanʼati” kitobida jamlangan qoraqalpoq milliy non turlari, quyuq va suyuq taomlar, salatlar, yaxna ichimliklar, garnirlarning tayyorlanishi, hatto kimyoviy, biologik, fizik xususiyatlari, toʻyimlilik darajasi, quvvati xususida ham batafsil maʼlumotlar berilgan.

Gulmirza Yoʻldoshev 2016-yilda Ozarbayjon Respublikasining Gabala shahrida boʻlib oʻtgan “Gabala International JAM” gastronomik festivalida “joʻxori kurtuk” va “oq joʻxori yormasi” taomlari bilan ishtirok etib, “Milliy taom” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin, 2019-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Birinchi xalqaro “Vkusniy Uzbekistan” qandolatchilik festivalining bronza medali sohibi boʻldi. Butunjahon bosh oshpazlar Assotsiatsiyasi WACS rahbari Tomas Gugler boshchiligida dunyoning 50ta mamlakatidan 300 nafardan ziyod malakali mutaxassis oshpazlar ishtirok  etgan mazkur festivalda Gulmirza ogʻa Yoʻldoshev Qoraqalpogʻistonning boy tarixiy-madaniy urf-odatlari, mehmon (qoʻnoq) kutish odoblarini namoyish etish bilan birga, “Sutda qaynatilgan guruch” va qoraqalpoqlarning eng qadimiy “aqsaulaq” taomini mahorat bilan tayyorlab, festival ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻlgan.

Yillar davomida orttirgan ilmiy-nazariy va amaliy tajribalarini umumlashtirib, “Qoraqalpoq oshpazlik sanʼati” kitobi orqali  aziz  xalqiga taqdim etgan Gulmirza Yoʻldoshevning mehnati tarix fanlari doktorlari Z.I.Qurbonova, M.A.Qarlibayev hamda tarix fanlari nomzodi R.S.Kamalovalar tomonidan yuqori baholanganidan ham ayonki, muallif ushbu kitob orqali nafaqat oshpaz-pazandalar, balki har bir xonadon oshxonasi  hamda uy bekalari uchun eng zarur hayotbaxsh, quvvatbaxsh taomnomalar guldastasini tuzganlar va bu guldasta xalqimizga, albatta, manzur boʻladi.

“Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha oshpazlar uchun oʻquv qoʻllanmasi” kitobi esa MTTlarda tarbiyalanayotgan kichkintoylarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish boʻyicha zarur talablar, xususan, sanitariya-gigiyena  qoidalariga amal qilish, taomnomalar tuzish, taom tayyorlash texnologiyalari, mahsulotlarning quvvatlilik darajalari yuzasidan muhim tavsiyalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu kitob maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi oshpazlarning oʻz ish faoliyatlarini toʻgʻri tashkil etishlarida katta ahamiyatga ega.

Biologiya fanlari doktori A.Matchanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri A.Narimbetov va Xalqaro oʻzbek pazandachilik sanʼati markazi ustoz-oʻqituvchisi N.Bekchanovlar tomonidan ilmiy qimmati yuqori baholangan ushbu oʻquv qoʻllanmasi taom tayyorlashdan tortib, har bir taomda foydalanilgan mahsulotlarning tarkibi xususidagi ilmiy-nazariy maqolalarni qamrab olgan.

Har ikkala kitobni, toʻgʻrisi, qoʻldan qoʻymay oʻqidim va oʻzim uchun zarur saboqlar oldim. Ishonchim  komilki, muallifning ikkala kitobi ham siz azizlarga manzur boʻladi va xalqimizning betakror pazandalik sanʼatidan bahra olasiz.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019