Tomorqasidan samarali foydalanayotgan bobodehqon hamyurtlarimiz hayotidan
Mamalakatimizda qişloq xöjaligining barça tarmoqlari singari gul yetiştiriş, köçatçilikni rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo tumanida uzoq yillardan buyon gulçilik bilan şuğullanib, rözğorini tebratib kelayotgan hamyurtlarimiz talaygina.
Uyşin mahallasida yaşovçi hamyurtimiz Omonboy Jalolov 15-yildan buyon gulçilik bilan şuğullanib keladi. Biz bilan suhbat çoğida Omonboy aka gul yetiştiriş juda nozik, katta sabr va mehr talab qiladigan faoliyat turlaridan biri ekanligini, gul köçatlarini yetiştiriş bilan şuğullangan insonlarning gözallik yaratişga bölgan qiziqişlari, tabiatga, hayotga muhabbati yanada oşişini alohida taʼkidladi.
Omonboy Jalolov turmuş örtoği, farzandlari bilan birga 1 sotix yer maydonida taşkil etgan issiqxonada har yili 25 ming dona gul köçatlarini yetiştirişadi va yaxşi daromad olişadi. Turmuş örtoği, ikki nafar öğli va qizi öqiş va işlaridan böş vaqtlarida issiqxonada gul köçatlarini parvarişlaşadi.
Issiqxonada Qoraqalpoğiston Respublikasi tabiatiga, iqlim şaroitiga mos bölgan har xil turdagi gul köçatlari yetiştiriladi. Şafran, petunya, katrandus, salviya kabi noyob gullar köçatlari şular jumlasidandir. Yetiştirilgan gullar köçatlari Nukus şahri va respublikadagi barça tumanlarga buyurtma asosida yetkazib beriladi.
Şu örinda maʼlumot tariqasida keltiriş joizki, 2023-yilning 24-oktyabr sanasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Gulçilik va köçatçilik sohalarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori imzolangan edi. Mazkur qaror bilan 2023-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvarga qadar tuganaklar, piyozboşlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullaş davridagi sertarmoqlari, boşqa tirik ösimliklar (jumladan, ildizlari), qalamçalar importida bojxona bojining nol stavkasi qöllanilişi belgilangan bölib, uşbu hujjat gul yetiştirişni yana rivojlaniriş borasida muhim dasturulamal bölmoqda.
Tölqin ovulida yaşovçi Azimjon Muxtarov ota-bobolaridan örgangan dehqonçilik sirlarini bugun farzandlariga örgatib kelayotgan tajribali dehqonlardan biridir. Azimjon aka 25 sotix tomorqa yer maydonida turli xil sabzavotlar, qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirib, oilasiga yaxşi daromad olib kelmoqda.
Tomorqaning 5 sotix yer maydoniga qurilgan issiqxonada 4-yildan buyon pomidor, bodring, baqlajon, karam kabi mahsulotlardan yiliga 2-martadan hosil olinadi. Hosilni Manğit dehqon bozoriga olib borib sotişadi va oilaga yaxşigina qöşimça daromad keladi.
Oliy maʼlumotli, 33-sonli umumtaʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani öqituvçisi bölgan Azimjon akaning dehqonçilikka, yerga bölgan mehri bölakça. Tomorqasidagi bir qariç yerni ham böş qöymasdan har xil dehqonçilik mahsulotlarini ekib, yiliga ikki marta hosil olişni yölga qöygan.
Turmuş örtoği Barno Şomurodova ham uşbu maktabning ona-tili va adabiyot fani öqituvçisi, u ham işdan böş vaqtlarida tomorqasidagi yetiştirilayotgan sabzavotlarni parvarişlaşga kömaklaşadi.
Azimjon akaning ikki nafar öğli ayni paytda oliy öquv yurtlari talabalari. Ularning ham dehqonçilikka qiziqişlari kuçli bölib, öqişdan böş vaqtlarda issiqxonada va tomorqada ota-onalari bilan mehnat qilib kelişmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶