14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 23:22
Jamiyat 👁 360

Yuqori qishloq mahallasida ijtimoiy xodim samarali faoliyat yuritmoqda

Yuqori qishloq mahallasida ijtimoiy xodim samarali faoliyat yuritmoqda

Har bir jamiyatning ijtimoiy qiyofasi, eng avvalo, uning aholi ehtiyojmand qatlamlariga koʻrsatayotgan eʼtibori, mehri va gʻamxoʻrligi bilan oʻlchanadi. Bugungi kunda yurtimiz boʻylab mahallabay ishlash tizimi orqali har bir oila, har bir fuqaro davlatning doimiy eʼtibori va ijtimoiy himoyasi qamroviga olinmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida joylashgan Yuqori qishloq mahallasida ham bu borada keng koʻlamli, tizimli va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim Dildora Kenjayeva oʻz kasbiga fidoyilik bilan yondashib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan tizimli ravishda ishlashib kelmoqda.

Statistik maʼlumotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, Yuqori qishloq mahallasida jami 624 ta xonadon boʻlib, ularda 763 ta oila va 2438 nafar aholi istiqomat qiladi. Bu raqamlar ortida shuncha inson taqdiri, orzu-umidlari va albatta, turli xil ijtimoiy ehtiyojlari yotibdi. Ijtimoiy xodimning zimmasidagi masʼuliyat koʻlami naqadar keng va murakkab ekanligini shundan ham anglash mumkinki, u bugungi kunda aholining 12 toifasi bilan muntazam va tizimli ravishda ishlab kelmoqda. Har bir toifaning oʻziga xos xususiyatlari, muammolari va zudlik bilan yechim talab qiladigan hayotiy masalalari mavjud boʻlib, ularning hech biri eʼtibordan chetda qolmayapti.

Ijtimoiy xodimlardan oʻz hududlarida yashovchi 1-toifaga mansub boʻlgan, yaʼni oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz yashovchi shaxslarga alohida eʼtibor qaratish talab qilinadi. Mazkur mahallada ham bunday toifadagi 1 nafar shaxs mavjud boʻlib, unga ijtimoiy assistent tomonidan muntazam ravishda, kundalik turmushda zarur boʻlgan xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.

Shuningdek, jamiyatning yana bir himoyaga muhtoj qatlami boʻlgan 2-toifa, yaʼni nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash jarayoni ham doimiy nazoratga olingan. Mahallada jami 77 nafar nogironligi boʻlgan shaxs yashaydi. Ularning 10 nafari 1-guruh, 54 nafari 2-guruh, 3 nafari 3-guruh nogironlari hisoblanadi. 8 nafari esa nogironligi boʻlgan bolalardir. Bu fuqarolarning har biriga individual yondashilib, ularga zarur ijtimoiy yordamlar oʻz vaqtida koʻrsatilmoqda.

Moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj boʻlgan 3-toifa, yaʼni kam taʼminlangan oilalar holati ham ijtimoiy xodimning kundalik kuzatuvi va eʼtibori markazida turadi. Mahalladagi bunday oilalardan muntazam ravishda xabar olinib kelinmoqda. Hozirgi kunda ijtimoiy reyestrga hududdagi 59 ta oila kiritilgan. Ularning 10 tasi toʻliq davlat taʼminotidagi oilalar, 39 tasi kambagʻal oilalar hamda 10 tasi kambagʻallik chegarasidagi oilalardir. Bu oilalarga berilayotgan maqsadli koʻmaklar ularning turmush tarzini yaxshilashga va qiyinchiliklarni yengib oʻtishiga xizmat qilmoqda.

4-toifaga kiruvchi fuqarolar sifatida vasiylik va homiylikka olingan bolalar taqdiri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ota-onasi xorijga mehnat migratsiyasiga ketishi sababli, mahalladagi jami 22 nafar bolaga qonuniy vakil, yaʼni vasiylik yoki homiylik tayinlangan. Mehr va eʼtiborga muhtoj boʻlgan bu bolalar qarovsiz va nazoratsiz qolmasligi uchun ularning yashash holati muntazam ravishda, har chorakda monitoring qilinib kelinmoqda.

Amudaryo tumanidagi Yuqori qishloq mahallasida olib borilayotgan bunday manzilli va hayotiy ijtimoiy himoya tadbirlari inson qadrini ulugʻlashdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. Ijtimoiy xodimlarning masʼuliyatli va sermahsul faoliyati tufayli esa hech bir fuqaro, hech bir oila davlat eʼtiboridan chetda qolmaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026