BIR ASRLIK ZIYo MASKANI
Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy örta taʼlim maktabi taşkil topganiga bu yil bir asr töladi. Uşbu taʼlim maskani 100-yildan buyon ziyo tarqatib, yoş avlodga taʼlim va tarbiya berib, jamiyat koriga yaraydigan, ilmli va yetuk insonlarni voyaga yetkazib kelmoqda.
Mazkur taʼlim maskani taşkil qilinişining tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, Örta Osiyoda milliy çegaralaniş ötkazilgan 1924-yil 27-oktyabrda, yaʼni 1924-1925 öquv yilidan boşlab, manğitlik Matniyozboyning uyida dastlab boşlanğiç maktab tarzida taşkil qilingan hamda unga “Namuna” deb nom berilgan. Maktabda öşa paytlarda dastlab Xöjayoz Afandi, keyinçalik Sodiq Matçonov degan insonlar öqituvçilik qilişgan. Jangil Ziyoddinova, Madat Matnazarov, Qurbonboy Jumaniyozov, Hayitboy Pölatov, Rahim Jumaniyozov hamda Kamol Niyozovlar uşbu maktabning dastlabki öquvçilari bölişgan.
Keyinçalik 1932-1933 öquv yilidan uşbu boşlanğiç maktab 7 yillik, yaʼni töliqsiz örta, 1938-1939 öquv yilidan boşlab, esa örta maktab tarzida faoliyat yurita boşlagan. Mazkur maktab 1939-yildan boşlab, 1938-yilning aprel oyida vafot etgan, öşa paytdagi yoşlar taşkiloti, yaʼni VLKSM Örta Osiyo Byurosi Markaziy Komitetining 1-kotibi bölgan Sergey Ivanoviç Strelkovning nomini abadiylaştiriş maqsadida uning nomi bilan atala boşlagan.
Taʼlim maskani Xorazm okrugi Manğit tumani böyiça yagona töliqsiz örta maktab hisoblangan. Şu sababli ham tumanning barça hududlaridagi boşlanğiç maktablarni tugatgan öquvçilar taʼlim maskani yotoqxonasida yaşab, öqişni davom ettirişgan. 1931-yilda esa hozirgi 1-sonli örta maktabning 12 xonali binosi qurilib, işga tuşirilgan. 1935-1936 öquv yilida maktabning yuqori sinfi hisoblangan 7-sinfida 7 nafar öquvçi taʼlim olgan va mazkur öquv yilida uşbu maktabni 11 nafar öquvçi bitirgan. Jumamurod Çorşamov, Yöldoş Xudoyberganov, Dösçon Tojiboyev, Kenja Niyozov, Qosim Xonbekov, Fotima Ahmedova, Bika Tojiboyeva, Xadiça Sarsenboyeva, Muhammad, Zaynab Asqarova kabilar maktabning dastlabki bitiruvçilari bölişgan.
Uşbu maktabda taʼlim olgan öquvçilardan fan doktorlari, olim-u fozillar yetişib çiqqan. Fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar Muxtor Saidov, Amin Saidov, filologiya fanlari nomzodi Ahmad Işayev, tarix fanlari nomzodi Qurbonboy Sobirov, filologiya fanlari doktori Pirmat Şermuhammedov, pedagogika fanlari doktori Ahmad Nurmatov, qişloq xöjaligi fanlari doktori Ibodulla Ollayorovlar bilan faxrlansak arziydi.
Tuman tarixiga muhrlangan uşbu maktabda 2014-yildan öquv işlari böyiça direktor örinbosari lavozimida işlagan bölsam, 2022-yil iyun oyidan rahbarlik faoliyatimni boşladim. Iş faoliyatimni dastlab maktab binosi taʼmiridan boşladim. Öqituvçi va öquvçilarning yaxşi, qulay şaroitlarda öqişi, faoliyat yuritişlari uçun imkon darajasida harakat qildim. Şu maqsadda 2023-yil aprel oyida “Open budget” loyihasida iştirok etib, ğolib böldik va 1 mlrd. 260 mln. söm evaziga maktab zamonaviy körinişga keltirildi.
Bugungi kunda maktabimizda 84 nafar öqituvçi salkam 800 öquvçiga taʼlim-tarbiya bermoqda. Ularning 12 nafari oliy, 34 nafari 1-toifali öqituvçilardir. “Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişonini olişga muyassar bölgan Aptabida Abdimuradova yoş avlodga qoraqalpoq tili fanidan saboq berib kelmoqda. Undan taşqari, 20 nafarga yaqin sobiq bitiruvçimiz OTMlarni aʼlo baholarga bitirib, ayni kunda şu dargohda öquvçilarga taʼlim bermoqdalar.
Yaqinda Prezident sovrini uçun “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovida maktabimiz ingliz tili fani öqituvçilari faol qatnaşib, 3-örinni egallaşdi va 50 mln. sömlik sertifikatni qölga kiritişdi. Şuningdek, 2023-2024 öquv yilida maktabimiz bitiruvçilari fan olimpiadalarida ham faol qatnaşişdi. Fan olimpiadasida qoraqalpoq tili fanidan 11-“A” sinf öquvçisi Zahro Rahimboyeva tumanda 1-örinni, biologiya fanidan Hilola Bozorboyeva 1-örinni egalladilar. Ingliz tili fanidan tumanda 3-örinni egallagan öquvçimiz Otabek Yangiboyev esa Qoraqalpoğiston respublikasi bosqiçida qatnaşib, 1-örinni qölga kiritdi. Şu örinda biz maktabimiz bitiruvçisi, taniqli sportçi “Tokio – 2020” olimpiadasi iştirokçisi Şarofaddin Boltaboyev bilan ham haqli ravişda faxrlanamiz.
Sobiq bitiruvçilarimiz “Beş taşabbus olimpiadasi”ning sport yönalişida 22-26 yoşlilar örtasida ötkazilgan yengil atletika böyiça musobaqalarining mamlakat bosqiçida qatnaşib, faxrli 1-örinni egalladilar. Ularning bu mehnatlari samarali baholanib, Sport vazirligi tomonidan 270 mln. söm ajratildi va maktab hududiga zamonaviy sport maydonçasi qurildi. Bu maydonça maktabimiz öquvçilari va maktabimiz joylaşgan Navoiy nomli mahalla yoşlarining böş vaqtlarini samarali ötkazişga xizmat qilmoqda.
Bu, albatta, maktabimiz yutuqlaridan bir parça, xolos. Men mana şunday tarixi ham, maʼnaviyati ham namunali maktabda öqiganimdan, hozirgi kunda şu maskanda faoliyat yuritayotganimdan, fidoyi, mehrli, ahil jamoa bilan yoş avlodga taʼlim-tarbiya berayotganimdan, kelajakka munosib avlodlar voyaga yetkazişga hissa qöşayotganimdan faxrlanaman. Bizning taʼlim maskanimiz yurtimiz dovruğini dunyoga tanitişga qodir bölgan taniqli insonlarni ulğaytirişda davom etadi.
Dilrabo Şerbayeva, maktab direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶