Amudaryo tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi iştirokida joriy yil hosili uçun çigit ekiş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi
Joriy yilning 30-mart sanasida Amudaryo tumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov iştirokida joriy yil hosili uçun çigit ekiş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi.
Tumanning Çoyköl ovulidagi "Çoyköl Döstlik" fermer xöjaligida taşkil etilgan körgazmali seminarda respublika hamda tuman miqyosidagi qişloq xöjaligi sohasi masʼullari iştirok etdilar. Seminar mobaynida joriy yilgi paxta hosili rejasini bajariş böyiça oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida söz yuritildi.
Dastlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov, tuman hokimi Sobir Xöjametov hamda barça seminar iştirokçilari ilk çigit uruğlarini yaxşi niyat bilan fermer xöjaligi dalasiga sepdilar. “Yusuf Eşon bobo” jomʼe masjidi imomi Abdurahmon hoji Matsapoyev yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölişi, bu yilgi paxta hosili möl bölib, kontraktatsiya şartnomalarini ortiği bilan bajarişi uçun barça fermerlarga katta kuç-ğayrat va hamjihatlik tilab duoga qöl oçdi.
Şundan söng seminarga yiğilgan barça qişloq xöjaligi sohasi masʼullari bilan çigitni öz vaqtida ekiş, zaruriy meniral öğitlarni belgilangan miqdorda va öz vaqtida beriş yuzasidan tavsiyalar berildi hamda oldinda turgan vazifalar xususida söz yurtitildi.
Xususan, paxtaning eng unumdor navlari bilan bir qatorda çet eldan olib kelinadigan yangi navlarini ekiş böyiça taklif hamda tavsiyalar berildi. Paxtadan yaxşi hosil oliş maqsadida agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida ötkaziş, suvni tejovçi texnologiyalardan foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekiş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan işlar haqida maʼlumotlar berildi.
Maʼlumot örnida keltiriş joizki, Amudaryo tumanida joriy yilgi paxta hosili uçun jami 352 ta fermer xöjaliklaridagi 13 900 gektar maydonga çigit ekiş rejalaştirilgan. Uşbu maydonlarda yetiştirilişi kutilayotgan paxta hosilini sotiş böyiça 6 ta klasterlar bilan şartnomalar imzolangan.
5-apreldan 15-aprelgaça bölgan vaqt oraliğida rejalaştirilgan ekin maydonlarida çigit ekiş işlarini amalga oşiriş uçun 112 nafar aʼzolardan iborat 65 ta çigit ekiş otryadlari tuzilgan. Mazkur otryadlar tarkibiga otryad rahbari, klasterlar agranomlari, yer tuzuvçilar, agroinspektsiya xodimlari, uruğlik çigit yetkazib berişga, mineral öğit yetkazib berişga masʼul xodimlar biriktirilgan. Otryadlarga jami 3209ta texnikalar biriktirilgan bölib, şundan jami haydov traktorlari 145tani, jami yer tekislagiçlar 346tani, çigit ekiş seyalkalari 150 donani taşkil etadi.
Şuningdek, jami ertapişar navlar ekiladigan yer maydonlari 12 ming 802 gektar bölib, şundan 8 ming 802 gektar maydoniga “Sulton” navi , 4000 gektar yer maydoniga “Ravnaq-2” navi ekilişi rejalaştirilgan. 500 gektar yer maydoniga yangi navlar, 1598 gektar yer maydoniga esa xorijiy navlar ekilişi belgilangan. Joriy yilgi paxta hosili uçun belgilangan jami uruğlik çigit 857,5 tonna bölib, 6 ta hududda çigit yetkazib beriş şoxobçasi taşkil etilgan.
Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov hamda barça seminar iştirokçilari aholi tomorqalarida amalga oşirilayotgan işlar, qişloq xöjaliginining turli yönalişlari bilan şuğullanib, oilasiga yaxşi daromad olib kelyotgan xonadonlar bilan yaqindan tanişdilar.
Seminar davomida tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida faoliyat olib borayotgan “yettilik” masʼullariga aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalaniş böyiça tizimli işlarni taşkil etiş, qişloq xöjaligining dehqonçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik kabi tarmoqlarini yanada rivojlantiriş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶