Oq oltin ovulidagi özini özi band etgan, tomorqasidan unumli foydalanayotgan hamyurtlarimiz hayotidan
Mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan xotin-qizlar banligini taʼminlaş, ularning hayotda, jamiyatda öz örnini topişlariga kömaklaşiş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Amudaryo tumanidagi barça ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” tomonidan aholining band bölmagan qatlamini har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda.
Xususan, tumanimizdagi Oq oltin ovulida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova hududdagi işsiz xotin-qizlarning hayot tarzining özgarişida, özlarining iqtidorlari va qobilayatlarini yuzaga çiqarişi, özini özi band qilişida har tomonlama yordam bermoqda.
Oq oltin ovulida yaşovçi yoş oila bekasi, 2 nafar farzandning onasi Muyassar Saparboyevaning tikuvçilik kasbiga qiziqişi juda katta ekanligini bilgan Mohira opa uning hozirgi kunda yaxşi daromad topayotgan qöli gul tikuvçi bölişiga katta hissa qöşgan.
Muyassar Saparboyeva oddiy, eski tikuv maşinasi orqali qöni-qöşni va qarindoşlarning kiyimlarini tikib berayotganini körgan xotin-qizlar faoli Mohira Yakubova ötgan yili unga 22 mln söm miqdorida kredit mablaği olişiga hamda uşbu mablağ hisobiga yangi, zamonaviy köp funktsiyali tikuv maşinalari olişiga amaliy yordam berdi.
Şuningdek, Muyassar “Tamara Textil” MÇJda öqib, kasb-hunar örgandi hamda tikuvçilik sohasi böyiça bilimlarini yanada boyitdi. Hozirda Muyassarning 2 nafar şogird qizlari u bilan birgalikda faoliyat yuritib kelmoqdalar. Risolat Davletboyeva, Sevara Rahimbergenova kelgusida ustozi kabi qöli gul tikuvçi böliş uçun yangi bilim va könikmalarga ega bölmoqdalar hamda bandligi taʼminlanib özlarining kundalik ehtiyojlari uçun daromad topmoqdalar.
Ayni paytda Muyassar uyda farzandlari parvarişi hamda uy yumuşlarini qiliş bilan bir qatorda uy şaroitida tikuvçilik orqali yaxşi daromad topib kelmoqda. Mijozlari soni kundan kunga köpaymoqda.
Ana şunday qöli gul hunarmadlardan yana biri Gulçehra Ötaboyeva işsiz xotin-qizlardan biri sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Gulçehraning töquvçilikka bölgan qiziqişi bolalik çoğlarida uyğongan. U töquvçilikning sirlarini ilk bora momosidan örgangan. 3-4-sinf öquvçisi bölgan paytlaridayoq töqişni örganib, öziga va oila aʼzolariga turli kiyim-keçaklar töqiy boşlagan.
Gulçehra kasb-hunar kollejida öqib, öz bilimlarini yanada boyitdi hamda hunarmand töquvçi sifatida sertifikatga ega böldi. Hozirda 3 nafar farzandning onasi Gulçehra uyida ham farzandlar tarbiyasi bilan şuğullanadi, ham qaynona-qaynotasining xizmatini qiladi hamda qöni-qöşni, qarindoş uruğlar, taniş-bilişlar uçun buyurtma asosida turli kiyim-keçaklar, qişki boş kiyimlar, qölqoplar, paypoqlar, nimçalar hamda turli körinişdagi yumşoq öyinçoqlar töqib, oilasiga yaxşi daromad olib kelmoqda.
Gilamdözlik ota-bobolarmizdan, avloddan avlodga yetib kelayotgan eng qadimiy hunarlardan biridir. Oq oltinlik yana bir hamyurtimiz Tölğonoy opa Xudaybergenova gilam töqiş sirlarini ota-bobolaridan örgangan. Maktab öquvçisi bölgan paytlaridan buyon gilam töqiş bilan şuğullanib keladi.
Maktabni bitirgandan keyin otasi va akasi Tölğonoy opaga katta gilam töqiş asbobini yasab berişadi. Uşbu uskunani hozirgi kunga qadar avaylab-asrab foydalanib kelayotgan Tölğonoy opa katta xonadonidagi barça gilamlarni öz qöl mehnati bilan töqigan. Bugungi qadar Tölğonoy opa köplab şogirdlar çiqargan.
Hozirgi kunda 3 nafar öğli, kelinlari, nevaralari bilan katta oila bölib birgalikda yaşab kelayotgan oilaning hamjihatligi havas qilgulik. Kelinlari va nevaralari ham Tölğonoy opadan katta qiziqiş bilan gilamdözlik sirlarini örganib kelişmoqda.
Oq oltin ovulida yerdan unumli foydalanib kelayotgan hamyurtlarimiz ham juda köp. Şulardan biri Karimboy aka Niyatullayev öz tomorqasida issiqxona taşkil etib, turli xil savzavotlar yetiştirib kelmoqda.
Karimboy aka oila aʼzolari bilan bundan 4-yil oldin bank krediti hisobiga tomorqasida taşkil etgan 2,5 sotixlik issiqxonasida mehnat qilişadi. Issiqxonada, asosan, Karimboy akaning turmuş örtoği Xuşröy Allambergenova va kelini Dildora Sobirova ekilgan pamidor, bodring, rediska, piyoz, kortoşka, karam kabi sabzavotlar nihollarini parvariş qilişadi. Yiliga ikki marta hosil olinadigan issiqxonada suv tejamkorligi uçun tomçilatib suğoriş yölga qöyilgan. Oila özlarining isteʼmolidan ortgan sabzavotlarni Manğit dehqon bozoriga olib borib sotadi va yaxşi daromad oladi.
Şuningdek, Oq oltin ovulida yaşovçi nuroniy Qurolboy ota Kamolov 15-yildan buyon tomorqasida taşkil etgan issiqxonasida turli mahsulotlarning köçatlarini yetiştirib kelmoqda.
Qurolboy ota tomoqasidagi arça nihollarini yoşligida Rossiyadan olib kelgan va köpaytirişni yölga qöygan. Tomorqadagi 4 sotix yer maydonida taşkil etilgan issiqxonada farzandlari va kelinlari pomidor, bodring, rediska, karam kabi sabzavotlar hamda mevali daraxtlar köçatlarini yetiştirişadi. Yetiştirilgan köçatlarni ovul aholisiga hamda bozorga olib borib sotadi va bundan kelayotgan daromad evaziga oilaning iqtisodiy ahvoli kun sayin yaxşilanmoqda.
Ovuldagi xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, xotin-qizlarning tadbirkorlik ğoyalarini amalga oşiriş, ular faoliyatiga kredit va subsidiyalarni jalb qiliş, oilalarning iqtisodiy şaroitini yaxşilaşga hissa qöşayotgan Oq oltin ovuli xotin-qizlar faoli Mohira Yakubovaning kelgusidagi faoliyatiga ham rivoj tilaymiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶