12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:14
Siyosat 👁 910

AMUDARYo TUMANIDA “OLAM NURGA TÖLSIN SEN BILAN, NAVRÖZ!” ŞIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA “OLAM NURGA TÖLSIN SEN BILAN, NAVRÖZ!” ŞIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI ÖTKAZILDI

Mavzuga oid fotogalereya

Navröz! Avesto davri, balki undan ham avvalroq mangu tiriklik mujdasi sifatida paydo bölgan, insoniyat tarixi bilan boğliq eng gözal, muborak va tabarruk ayyom. Turkiy davlatlar, hatto Rossiyaning turkiy xalqlari yaşaydigan hududlari, Bolqon orollarigaça bölgan manzil va makonlarda, ayniqsa, Markaziy Osiyoda har bahor faslida intiqlik va şodiyonalik bilan nişonlanadigan bayram - Navrözni ayni davrda 300 milliondan ziyod turli millat va elatlar vakillari katta şodiyonalar bilan nişonlaşadi.

Yangi kun – yangi dehqonçilik faslining boşlanişidan darak berib, öz nomi ila yangi rejalar, yangi ezgu niyatlar, yangi rizq-röz uçun qadamlar qöyiladigan Navrözi olam amudaryoliklar uçun ham qadrli. Yurtimizga Navrözi olam kirib kelişi arafasida ötkazilgan umumxalq haşari tufayli bugun tumanning har bir göşasi, har qariç yeri obod, körkam. Köngillar quvonç va şodlik istab, Navröz sayliga çiqqan.

2024-yilda nişonlanayotgan Navröz ayyomining boş ğoyasi va şiori ham özgaça! “Olam nurga tölsin sen bilan, Navröz!” Amudaryo tuman BÖSM öyingohiga olib boruvçi yöl-u yölaklar uşbu şiorga hamohang bezatilgan. Sertakalluf xalqimiz könglini özida mujassam etgan “Xuş kelibsiz!” mulozamat şioriga “Navröz bayramingiz muborak bölsin!”, “Assalom Navrözi olam!”, “Istiqlolning körkisan, Navröz!”, “2024-yil – Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili” kabi quvonç va şodlik, mehr va eʼtirof tuyğulari singdirilgan rang-barang şiorlar ulanib ketgan. Öyingoh misli kamalak ranglarga döngan, közlarni quvontiradi. Turfa rang şarlar, gullar, çarxpalaklar, arğimçoqlar-u dorlar, xalq ertaklari qahramonlari kabi afsonalar bilan bezatilgan öyingoh osmoni varraklar parvozidan yanada gözallik kasb etgan.

Tört tomonda bayramona ruh, atlas-u adras körpaçalar solingan supalarni töldirgan, bayram şukuhidan, dorilomon damlar şukronasidan köngillari yuksalgan nuroniy otaxon va onaxonlar qöllarini duoga oçib, el-yurtga omonlik, rizq-nasiba tilaşadi. Nuroniylar duolaridan olam yorişib ketadi göyo. Şohsupalarda, nuroniy bobo va momolari bilan jör bölişib qadimiy xalq laparlari, aytişuv va ölanlarni maroq bilan kuylaşayotgan yigit-qizlar, soçlariga jamalaklar taqib, qoşlariga ösma-yu közlariga surmalar surgan, milliy xalq öyinlarini öynab, bir-birlariga zavq ulaşayotgan qizaloqlar ham şunda, Navröz saylida!

Bu galgi Navröz sayliga ahli Amu eli köçib çiqqan göyo. Qator körkam rastalarda öz hunarlarini namoyiş etayotgan qöli gul hunarmandlar tomonidan taşkil etilgan xalq hunarmandçiligi körgazmasi, milliy taomlar körgazmalari, qator savdo rastalari, tumanning 49ta qişloği va mahallasi ahlining öziga xos urf-odat va anʼanalari aks etgan şohsupalar töridagi noz-neʼmatlarga töla dasturxonlar közlarni oladi. Bir tomonda dorboz-u masxarabozlik sanʼati namoyandalarining ajoyib öyinlari, bir tomonda amudaryolik saxovatpeşa fermerlar tayyorlagan bahoriy tansiq taom - sumalak sayli! Sumalakning xuşböyidan köngillar sarmast lahzalar naqadar farahli! Bu – tinçlik, bağrikenglik, nafosat va gözallik tantanasi!

Uşbu lahzalarda yangragan “Çorlov” musiqasi, karnay-surnay sadolari jarangi qalblarga tantanavorlik bağişlab, Navröz sayli boşlanadi. Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametovning aziz Amu xalqiga tabrigida qayd etilganidek, tinçlik, döstlik, bağrikenglik hokim yurtda har kuni bayram, xalqimizning har bir kuni Navröz kabi tarovatli!

S.Xöjametov Navröz sayli iştirokçilarini, butun Amudaryo tumani xalqini Yangi kun – Yangi dehqonçilik faslining boşlanişi bilan muborakbod etarkan, Navrözdan Navrözgaça Amudaryo tumanining turli sohalarida erişilgan yuksak natijalar, tobora obod va farovonlaşib borayotgan zamonaviy qişloqlar, sportda, ijodda, taʼlim sohasida amudaryolik yoşlar erişayotgan yutuqlarni mamnuniyat bilan taʼkidladi. El-yurt obodligi va farovonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan, qişloq va mahallalar hududlarini boğ-roğlarga aylantirayotgan fermerlarga, tadbirkor-u hunarmandlarga, sohibkor-u boğbonlar, taʼlim va soğliqni saqlaş sohasi xodimlariga yanada yangi marralarni zabt etişlarida ulkan yutuqlar tiladi.

Şundan söng, Navrözona bezatilgan maydon uzra dillarni yayratuvçi Bahor taronalari yangradi. Qalblar entikdi, közlar quvonçdan yayradi, yuzlarga bahoriy tabassum indi. Birlaşgan millatlar taşkiloti tomonidan Xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgan Navröz sayli Amudaryo tumanida jöşqinlik bilan davom etdi. “Olam nurga tölsin sen bilan, Navröz!” degan boş ğoya asosida Amudaryo tumani madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan teatrlaştirilgan kontsert dasturi ijodkorlarining çiqişlari Navröz sayli iştirokçilariga olam-olam zavq bağişladi. “Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli ijroçilarining har bir çiqişini xalq quvonç va olqişlar bilan kutib oldi.

Saylga gözallik va nafosat bağişlagan sportçilarning körgazmali çiqişlari, badiiy gimnastika sporti malikalari bölgan amudaryolik qizaloqlarning şijoatlari, ular erişgan katta yutuqlar qalblarga faxr-u iftixor bağişladi.

Navröz sayli davomida har bir qişloq va mahalla öz polvonlari, mohir sportçilari bilan kuraş, arqon tortişuv bahslarini qizitişdi. Kuyuk köpir-u manğitlik, Tölqin va qanglilik kuragi yerga tegmagan zabardast polvonlarga el-u xalq siltov böldilar. Qiliçboyning, Dörman-u Xolimbegning, Bözsolma va Yuqori qişloq mahallalarining, Nazarxon-u Jumurovul, Oq oltin hamda Xitoy qişloqlarining şaʼnini himoya qilib kuraş maydoniga belini boğlab tuşgan polvonlar örtasida döstlik, özaro mehr-oqibat tamoyili baland tutildi. Arqon tortişuv musobaqalari, qöçqor uriştiriş kabi Navrözga xos anʼanalar tomoşabinlar tomonidan olqişlar bilan qöllab-quvvatlandi. Barça bellaşuvlar ğoliblariga Navröz sovğalari topşirildi.

Navröz – umumxalq bayrami tomoşalarida xalq özaro mehr-muruvvatdan amudaryolik fermerlarning saxovatidan, qalblarga yaşnaş, yaşariş, yaratiş tuyğularini baxş etguvçi dilbar navolardan olam-olam zavq oldi. Özbek, qoraqalpoq, qozoq, rus, turkman, tatar-u boşqird, koreys, ukrain va boşqa millat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yaşayotgan Amu zaminida Navrözi olam – Yangi kun – Yangi dehqonçilik fasli ana şunday şod-u xurramlik bilan kutib olindi.

Hamal kirganidan berib daraklar,
Yaşillanib qoldi tol-u teraklar.
Turnalar ham qaytdi. Ezgu tilaklar,
Orzularni olib uçdi varraklar -
Vatan zavqqa töldi sen bilan, Navröz!

Navröz! Taşrifida ming bir sinoat,
Har dilni çulğamiş ajib xalovat.
Qadamlari berib Yurtga salobat,
Yuraklar gul faslin etar qiroat -
Olam nurga töldi sen bilan, Navröz!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026