ÖZBEKISTON MAHALLASINING IQTIDORLI QIZLARI
Har bir bola iqtidor egasi bölib tuğiladi. Uning iqtidorini yuzaga çiqariş esa ota-ona va maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim muassasalari xodimlari zimmasidadir. Bolalarning ilmli, aqlli va yetuk bölib voyaga yetişi jamiyat taraqqiyoti uçun ham zarurdir. Şuning uçun öqituvçi-murabbiylar iqtidorli öquvçilarni aniqlaşi, ularni şu yönalişda rivojlantirişi, uni yuzaga çiqarişga intilmoği lozim.
Buningdek şarafli vazifani ado etiş yölida harakat qilayotgan Amudaryo tumanidagi 44-sonli maktab öqituvçilari köpgina yutuqlarga erişmoqdalar.
Muassasa binosi quvvati 464 nafar öquvçi örniga möljallangan bölib, hozirda 495 nafar öquvçilarga 46 nafar öqituvçilar taʼlim-tarbiya berişmoqda. Ularning 12 nafari kasb malakasiga köra oylik ustamaga ega.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati amalga oşirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoşlar bilan – Uçinçi Renessans sari” grant loyihasi iş rejasiga muvofiq ularning bir guruhi bilan yaqindan tanişdik.
Maktabning 11-sinf öquvçisi Rayhon Nazarboyeva iqtidorli, intiluvçan, umidli yoşlaridan biri. U aʼlo xulqi, fan asoslarini puxta egallayotganidan öqituvçilarning eʼtiboriga tuşgan. Şu boisdan ular Rayhon bilan darsdan taşqari alohida ham şuğullanişadi va dars maşğulotlari davomida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.
Rayhon badiiy kitoblar öqişni ham yaxşi köradi. U “Yoş kitobxon” körik-tanlovining quyi bosqiçlarida ğolib bölib, tuman bosqiçida iştirok etdi va faxrli ikkinçi örinni egalladi. Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida ona tili va adabiyot fanidan iştirok etib, qayd etgan natijalariga köra, kuçli öntalikka kirdi.
Rayhon Nazarboyevaning öz kelajagi uçun belgilagan orzulari yuksak -boşlanğiç taʼlim öqituvçisi bölib, jajji öğil-qizlarni ilmlar dunyosi sari yetaklaş, öqib, bilim olişga qiziqtiriş, iqtidorlariga köra rivojlantiriş.
Mazkur maktabning 2-sinf öquvçisi Dilnura Ahmadjonova esa aʼlo öqiş bilan birga tuman sport maktabining gimnastika tögaragida badiiy gimnastika bilan şuğullanadi. Bu jajjigina qizaloqning Özbekiston mahallasidan Manğit şahriga qatnab, ustozi Şahodat Rajabova maşğulotlarida uşbu sport turini neçoğlik yaxşi egallayotganini turli musobaqalarda erişgan natijalari yaqqol körsatib turibdi.
U 2023-yilda Toşkent şahrida “Vesyolie zvyozdoçki” nomli bilan 2009-2019-yillarda tuğilgan qizlar örtasida ötkazilgan badiiy gimnastika böyiça respublika oçiq turnir, Urganç şahar, Nukus şahar, Boğot tuman sport maktablari ötkazgan oçiq birinçilik musobaqalarining ğolibi. Kelajakda sportçi bölişni niyat qilib maşğulotlarni puxta özlaştirayotgan qizaloq öz natijalari bilan tumanimiz sport şarafini yuksaltirişni niyat qilgan.
Tuman sport maktabining gimnastika tögaragida badiiy gimnastika mahoratini qunt bilan örganayotgan iqtidorli qizlarning biri Sevinçoy Gulimbetovadir. U 44-sonli maktabning 3-sinfida öqiydi. Uç yildan beri darsdan böş vaqtlarida Özbekistondan Manğitga qatnab, tuman sport maktabida murabbiy Şahodat Rajabova rahbarligidagi badiiy gimnastika guruhi maşğulotlarida qatnaşadi.
Öz mahoratini oşirişga sidqidildan intilayotgan qizaloqning sportda erişgan yutuqlari köpçilikka ibrat bölgulik. Xususan, u “Sport malikalari”, “Qiş ertagi” respublika musobaqalarida birinçi, ikkinçi örinlarni, Beruniy tuman sport maktabi, Navoiy şahar sport maktabi, Nukus şahar 1-sonli sport maktab oçiq birinçiliklarida faxrli örinlarni egalladi. 2023-yil “Vesyolie zvyozdoçki” nomli respublika musobaqasida birinçi, “Yangi yil sarguzaştlari” respublika oçiq turnirida ikkinçi örinni yengib oldi. Uning hisobidagi medallar şodasining 9tasi 1-örin uçun berilgan.
Sevinçoy özi erişayotgan ğalabalari zamirida murabbiyi Şahodat Rajabovaning, özining sport bilan şuğullanişiga şaroit yaratib bergan ota-onasining eʼtibori, ğamxörligi borligini faxr bilan aytadi.
Orzulari osmon qadar yuksak Özbekiston mahallasining bu iqtidorli qizlarining kelajagi porloq bölişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶