36-SONLI MAKTABDA ZUKKO QIZLAR ÖRTASIDA BELLAŞUV TAŞKIL ETILDI
Ölkamizga fasllar kelinçagi bölmiş bahor kirib kelişi bilan bayramlar ham boşlanadi. Tabiatdagi özgarişlarga hamohang tarzda barça hududlarda, ovul va mahallalarda, korxona-taşkilotlarda va umumtaʼlim muassasalarida boşlangan bayramlar, turli tadbirlar barçaga yanada kötarinki ruh baxş etadi.
4-mart kuni 36-sonli maktabda ham 8-“A” sinf öquvçilari örtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Qizlarjonlar” tadbiri ötkazildi. Sinf rahbari Dilnura Boboniyozova tomonidan taşkil etilgan uşbu bayram tadbirida öquvçi qizlarning hammasi faol qatnaşişdi. Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Bahrom Xöjamurodov oçib berdi va öqituvçi ayollar, öquvçi qizlarni yaqinlaşib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan qizğin qutladi.
Şuningdek, sönggi yillarda yurtimizda ayol-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş davlatimiz siyosatining muhim yönalişiga aylanganini taʼkidlab ötdi. Prezidentimiz ilgari surgan beşta muhim taşabbus doirasida yoşlarimiz, şu jumladan, xotin-qizlarning böş vaqtini mazmunli va maqsadli taşkil etiş, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, kasb-hunarga örgatiş orqali bandligini taʼminlaş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilayotganini, bu esa, öz navbatida, “Yangi Özbekistonni, albatta, yoşlar bilan birga quramiz!” degan ezgu tamoyilni röyobga çiqarib, yoşlarning orzu-havasi, iqtidor va salohiyatşini töla namoyon etişiga xizmat qilayotganini alohida eʼtirof etdi.
Şundan söng, tadbirning asosiy qismi boşlandi va sinf qizlari 4 guruhga bölinib belgilangan şartlar asosida bellaşişdi. Sahnaga “Bahor”, “Boyçeçak”, “Lolalar” va “Oqquşlar” guruhlari çiqib, 6 ta özlarini taniştiriş, salat tayyorlaş, sardorlar bellaşuvi, sözdan söz yasaş, erkin mavzu, onamga sovğa kabi şartlar asosida öz iqtidorlari, çaqqonliklari va mohirliklarini namoyiş etişdi.
Tanlovning tanişuv şartida jamoa aʼzolari özlari taʼlim olayotgan 36-sonli maktab hayoti, taʼlim berayotgan ustozlari, özlarining orzu-maqsadlari haqida ham sözlab ötdilar. Ikkinçi va uçinçi şartlarda qizlarning pazandaligi sinovdan ötkazildi. Qizlar şu yerning özida turli sabzavotlar va mevalardan xuştaʼm, vitaminlarga boy salatlar tayyorlab, hakamlarga taqdim etişdi. Sözdan söz yasaş şartida esa qizlar intellektual salohiyati, maʼnaviy dunyoqaraşi va zukkoligini körsatişga harakat qilişdi.
Erkin mavzu şarti esa qiziqarli çiqişlarga boy ötdi. Sahnada atlas köylak kiygan qizçalar bahoriy qöşiqlarga xirom aylab, dillarni xuşnud etdilar. Şuningdek, bahor, gullab yaşnayotgan yurt va onalar haqidagi şeʼrlari bilan bayramona kayfiyat ulaşişdi. Ayniqsa, onalarga sovğa deb nomlangan oxirgi şart davomida turli rangli qoğozlardan çiroyli bahoriy guldastalar yasab, onalariga bir-biridan çiroyli sovğalar tayyorlaşdi.
Ularning çiqişlarini maktab öqituvçilaridan taşkil etilgan hakamlardan Umida Jumaniyozova, Nilufar Allaniyazova, Muhayyo Karimovalar odilona baholab bordilar. Nihoyatda qiziqarli ötgan bellaşuv iştirokçilari belgilangan şartlar asosida özlarining bilimdon, orasta va faol ekanliklarini namoyiş etdilar. Yakuniy natijalarga köra, 1-öringa eng köp ball töplaşga erişgan “Oq quşlar” guruhi munosib deb topildi.
Tadbir yakunida ğoliblarga va sinfdagi barça qizlarga bayram sovğalari topşirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶