“HEÇ BIR ŞAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI” HUQUQIY AKTsIYaSI DAVOM ETMOQDA
Adliya vazirligi tomonidan şu yilning 20-yanvar sanasidan boşlab “Heç bir şaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aktsiyasiga start berildi. Endilikda 20-martga qadar davom etadigan uşbu huquqiy aktsiya doirasida öz vaqtida olinmasdan qolgan tuğilganlik haqida guvohnoma, ölim haqida guvohnoma, ID karta, röyxatdan ötkazilmagan tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş, davlat röyxatidan ötkazilmagan köçmas mulk obʼektlarini röyxatdan ötkazişga doir hujjatlar rasmiylaştiriladi.
Huquqiy aktsiya davomida Amudaryo tumani FHDYo bölimi tomonidan Böston mahallasida yaşovçi Qurbonboyev Şavkat va Atadjanova Mavludalarning yöqotilgan nikoh guvohnomasi va 2 nafar farzandlarining tuğilganlik haqidagi guvohnomalari sayyor tartibda joyiga çiqqan holda topşirildi. Şuningdek, Çordara mahallasida yaşovçi Ataniyazova Anorgulning 1995-yilda vafot etgan, ammo muddatida qayd qilinmay qolgan öğli Xudaybergenov Mahmudning ölimi Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi qaroriga asos qayd qilindi va ölim haqidagi guvohnomasi sayyor tartibda topşirildi. Ötkazilgan xatlov natijasida aniqlangan 1ta tuğilganlik va 12ta ölimi qayd qilinmay qolgan holatlar yuzasidan tuman Adliya bölimi tomonidan Fuqarolik işlari böyiça tuman sudiga daʼvo ariza kiritilişida fuqarolarga amaliy yordam körsatilmoqda.
Aktsiya doirasida amalga oşirilayotgan işlar fuqarolarimizning huquqlari taʼminlanişi, har qanday muammolarga davlat organlari tomonidan yeçim topilişi va ularning işonçlari suiisteʼmol bölmasligiga xizmat qiladi.
M.Eşmuradova, tuman
FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶