1-SONLI MAKTABDA “BOBUR – BUYuK SIYMO” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILIB, BOBOKALONGA EHTIROM KÖRSATILDI
Yurtimizda buyuk bobokalonimiz şoh va şoir, uluğ sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nişonlandi. Sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim muassasalarida ham maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy keçalar ötkazildi.
14-fevral kuni 1-sonli umumtaʼlim maktabida uluğ ajdodimiz tavalludiga bağişlab “Bobur – buyuk siymo” deb nomlangan katta tadbir taşkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot, tarix va tarbiya fanlari öqituvçilari tomonidan öquvçilar bilan hamkorlikda tayyorlangan uşbu tadbirda dastlab bobokalonimiz hayoti va ijodi töğrisida keng maʼlumotlar berildi. Şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur öz hayotining asosiy qismini harbiy yurişlar va janglarda ötkazgani, u Movaraunnahrning tarqoq viloyatlarini birlaştiriş va buyuk temuriylar davlatini yangidan tiklaşga uringani haqida söz yuritilib, uluğ ajdodimizning ulkan davlat yaratiş orzusi Hindistonda amalga oşgani, Buyuk Boburiylar imperiyasiga asos solişga muyassar bölgani faxr bilan eʼtirof etildi.
Tadbirni maktabning 6-sinf öquvçilari Zarnigor Yusufboyeva, Kumuşoy Otamurodova, Umida Qodirberganova, Gulzoda Bahodirovalar bobokalon qalamiga mansub bölgan ğazal va ruboiylar bilan davom ettirdi. Şuningdek, 5-sinf öquvçilari Zilola Bahromova, Doston Qozoqboyev, Bahodir Şukurullayev, Barçinoy Yakubova, Diyorbek Ikromov, Şaydo Ibragimova hamda boşqalar ham Bobur ruboiylaridan ifodali öqib berdilar. Maktabning 7-sinf öquvçilari ijrosidagi “Atlas köylagim” deb nomlangan qöşiqqa ijro etgan ajoyib raqslar ham tadbir iştirokçilarini yanada xuşnud etdi.
Tadbir davomida maktabning 7-sinf öquvçilari “Bobur Hindistonda” deb nomlangan sahna körinişini namoyiş etdilar va tarixiy şaxslar obrazlarini jonlantirişga harakat qilib, öz iqtidorlarini körsatdilar. Ayniqsa, Javohir Şomurodov şoh Bobur, Şohruh Ibrohimov va Jahongir Alimboyevlar vazirlar, Alixont Çarşamov elçi rollarini mahorat bilan ijro etdilar.
Sahna körinişi davomida qariyb uç yuz yil hukm surgan Boburiylar hukmronligi xalqlar örtasida hamjihatlikni örnatiş, şuningdek, aholining barça qatlamlarini maʼrifatli qilişga yönaltirilganligi ifoda etilib, şunday kuçli davlat barpo etgan va buyuk sulolaga asos solgan şoh Boburning Vatan soğinçi aks etgan ijod namunalarining yaratiliş tarixi gavdalantirildi.
Öquvçilar tadbir davomida Boburning buyuk şoir va şu bilan birga isteʼdodli harbiy va siyosatçi bölganligini, uning ruboiylari hozirgi kunda ham köplab şeʼrxonlarni hayratlantirişi va ilhomlantirişini bilib olişdi.
Taʼkidlab ötilganidek, Bobur Mirzo 47 yillik hayoti mobaynida boy adabiy va ilmiy meros qoldirgan. U jahon miqyosida eʼtirof etilgan maşhur “Boburnoma”, ajoyib ğazallar va ruboiylar, musulmon qonunçiligiga oid “Mubayyin”, şeʼriyat qoidalariga bağişlangan “Aruz risolasi”, musiqa va harbiy sanʼatga bağişlangan asarlar, şuningdek, “Xatti Boburiy” maxsus alifbosini yaratgan.
Tadbir söngida maktabning 6-sinf öquvçilari tomonidan Boburning “Lola” ğazaliga sahnalaştirilgan raqs ham namoyiş etildi va barçaga zavq ulaşildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bağişlab ötkazilgan “Bobur – buyuk siymo” nomli tadbir öquvçi-yoşlarning buyuk siymo haqidagi bilimlarini yana boyitgani bilan ahamiyatli böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶