16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 433

Amudaryo tumanida agrar soha boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida agrar soha boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 7-fevral kuni Amudaryo tumanida dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ajratilgan maydonlarga “Bir hudud – bir mahsulot” va kooperatsiya tamoyillari asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni oqilona joylashtrish, kafolatli xarid qilish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 10-sentyabrida qabul qilingan “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov, Amudaryo tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, respublikaning barcha tumanlardagi qishloq xoʻjaligi boʻyicha hokim oʻrinbosarlari, tumanlar qishloq-xoʻjaligi soha masʼullari, tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdilar.

Seminarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermonov ochib berdi va oʻz soʻzida soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini, agrar soha taraqqiyoti uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tizimli chora-tadbirlar yoʻlga qoʻyilayotganini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hudud – bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish kabi ustuvor maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilayotganini qayd etib oʻtdi. Mazkur hujjat agrar sohaning rivojini yana bir pogʻonaga koʻtarish, yanada takomillashtirishda muhim dasturulamal boʻlayotgani taʼkidlandi.

Seminar ishtirokchilari dastlab Choykoʻl ovuli hududidagi aholi tomorqasiga toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlar parvarishi bilan tanishdilar.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, tumanimizda 39 ming 406 ta tomorqa yer egalari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularda 6 ming 652 gektar ekin yerlari mavjud. Xududdagi ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi vazifalar aniq belgilab olinib, tomorqa yer egalarining bilim va tajribalarini oshirish, ularni zarur maʼlumot va axborotlar bilan taʼminlash ishlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Zero, “Tomorqa – daromad manbaidir!”. Buni anglab yetgan mehnatkash yurtdoshlarimiz esa tomorqasida samarali mehnat qilib, moʻl hosil olmoqdalar.

Taʼkidlash joizki, toʻqsonbosti uslubida ekilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Takroriy ekinlardan boʻshagan dalalar obdon shudgorlanishi shart, shundagina “toʻqsonbosti” ekinlar urugʻi yerga “oʻrnashadi”. Qolaversa, urugʻ yetarli chuqurlikka tushsagina, qishki qattiq sovuq taʼsiridan omon qoladi. Tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutaxassislari 49 ta ovul va mahallalarga biriktirilgan holda aholi tomorqalarida toʻqsonbosti usulida ekilgan ekinlarining aniq xisobini yuritish ishlarini tashkil qilgan boʻlib, xonadonlarda bu boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Seminar ishtirokchilari tumandagi “Kimyo bogʻi” MChJ faoliyati bilan ham tanishdilar. Bugungi kunda tumanda bogʻdorchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng maʼlumotlarga ega boʻldilar. Soha masʼullari bogʻdorchilik yoʻnalishidagi ishlarni olib borish hamda daraxtlarga shakl berilishi yuzasidan oʻzaro tajriba almashdilar. Shu yerning oʻzida bogʻbonlar tomonidan olma daraxtlarga shakl berish boʻyicha master klass tashkil qilinib, bu borada tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Qayd etilganidek, ayni kunlarda bogʻlarda oʻtkaziladigan eng muhim ish bu daraxtlarga shakl berish hisoblanadi. Olma, nok, olxoʻri kabi mevali daraxtlarga odatda siyraklashtirilgan qavatli shakl beriladi. Mevali daraxtlarni qirqish va shakl berishda serhosil shoxni hosil bermaydigan shoxlardan ajrata bilish zarurdir. Daraxt shoxlarini kesishda qalin soya beradigan, ortiqcha novdalar butunlay olib tashlanadi.

Olma daraxtida bir yillik novadalar uzunligi 35-45 santimetr boʻlishi maqsadga muvofiq. Novdalar uzunligi 15-20 santimetrga tushib qolsa, daraxt shox-shabbalarini “yoshartirish” tavsiya qilinadi. Buning uchun mayda yon shoxlar 2-3 yasharlik ona shoxlarga taqab qirqiladi.

Seminar ishtirokchilarining navbatdagi manzili “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ klasteri boʻldi. Klasterga tashrif mobaynida mehmonlar 750 tonna hajmdagi muzlatkichli omborida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, qadoqlash va eksportga tayyorlash yuzasidan keng maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Shu oʻrinda qayd etish joizki, tumanimizda bu kabi 8 ta MChJlar tashkil qilinib, aholi tomorqa yer egalariga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Shundan tuman Fermerlar kengashi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ klasteri 5 milliard soʻm kredit olib 12 ta yoʻnalishda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga hizmatlar koʻrsatib kelmoqda.

“Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ klasteri tarkibida koʻchatchilik, texnika parki, yuk saqlash omborxonasi, sovutgichli omborxona, urugʻ, koʻchat, oʻgʻit, kimyoviy vositalar doʻkoni, ixcham issiqxonalar, quritish tsexi, inkubator, sunʼiy qochirish punkti, bio gums oʻgʻitlar ishlab chiqarish, yem ishlab chiqarish, saralash va qadoqlash tsehlari mavjud.

Klasterning meva-sabzavotlarni saqlashga moʻljallangan 4 ta sovutgichli omborxonasi boʻlib, umumiy hajmi 750 tonna. 2 ta traktor, yuk tashish mashinalari, uch gʻildirakli mototsikl, 2 ta kimyoviy ishlov berish agregatlari, 4 ta qoʻlda dori sepish uskunasi kabi asosiy texnika vositalari mavjud.

Seminar ishtirokchilari klasterda mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda “Amudaryo tomorqa xizmati” MChJ klasterining tuman qishloq xoʻjaligi sohasida muhim ahamiyatga ega ekanligi va soha rivojiga katta hissa qoʻshayotganini eʼtirof etdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026