YuQORI QIŞLOQDAGI ILĞOR MAKTABDA BARKAMOL AVLOD ULĞAYMOQDA
Yoş avlodni maʼnaviy yetuk, komil insonlar etib tarbiyalaşda maktablarning örni katta. Maktab yoşlarga bilim asoslarini singdiradi, bolalikdan ilmu dunyoqaraşi şakllanişida asosiy poydevor bölib xizmat qiladi. Taʼlim dargohi yoşlar uçun nafaqat bilim maskani, balki tarbiya öçoği hamdir. Ösib kelayotgan yoş avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida, öz xalqiga xizmat qiladigan va jamiyat rivojiga munosib hissa qöşa oladigan yetuk şaxslar qilib tarbiyalaş ham maktablardagi öqituvçi-pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Amudaryo tumanining Qiliçboy ovuli Yuqori qişloq mahallasida joylaşgan 8-sonli maktabda ham Vatanga munosib, özini yurt taraqqiyotiga daxldor deb biladigan yoşlar taʼlim-tarbiya olib, kamolga yetişmoqda. Uşbu maktab taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy samaradorlikni oşiriş borasidagi işlarga alohida eʼtibor qaratilgani, yutuqlarga, ijobiy natijalarga erişilayotgani tufayli “yaşil toifa”ga kiritilgan.
Hozirgi paytda Ravşan Şomurodov rahbarlik qilayotgan mazkur maktab 1974-yilda qurilgan. Maktab binosi 2018-yilda joriy va kapital taʼmirdan çiqarilgan bölib, 400-örinli quvvatga ega. Maktabdagi 21 ta sinfda taʼlim olayotgan 464 nafar öquvçini 53 nafar oliy va örta maxsus maʼlumotli öqituvçi-pedagoglar barkamol avlod qilib tarbiyalaşmoqda.
Maktabda dars maşğulotlaridan taşqari paytda öquvçilarning barça bilimlarni çuqur özlaştirişlarini taʼminlaş maqsadida fan tögaraklari taşkil etilgan. Şuningdek, ularni kitobxonlikka jalb etiş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga ham alohida eʼtibor qaratilib, maktab kutubxonasi badiiy kitoblar bilan boyitilgan.
Maktabning iqtidorli öqituvçilaridan Mansur Örozimbetov öquvçilarning intellektual salohiyatini oşiriş, dunyoqaraşini kengaytirişga astoydil harakat qilmoqda. Öquvçilar örtasida muntazam ravişda turli xil intellektual öyinlar taşkillaştirib, ularning tafakkuri va dunyoqaraşini yanada östirib, bilimlarini boyitib bormoqda. Uşbu tögarak aʼzolari bölgan öquvçilar maşğulotlarda katta qiziqiş bilan iştirok etişmoqda va öz iqtidorlarini, bilimlarini tuman miqyosidagi musobaqalarida namoyiş etib, faxrli örinlar ğoliblari bölişmoqda.
Öquvçilar tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Mohira Jumamurodovaning dars va tögarak maşğulotlarini ham juda yaxşi körişadi. Maʼlumki, yoşlarni badiiy jihatdan barkamol, Vatanga va milliy sanʼatga sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazişda tasviriy sanʼat fanining örni alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy sanʼat fani umumiy örta taʼlim maktablarida öqitiladigan barça maxsus fanlarning asosi hisoblanadi va ular orasidagi bevosita boğliqlikni taʼminlaydi.
Maktabning boşlanğiç sinflariga şu fandan dars berib kelayotgan Mohira Jumamurodova öquvçilarga köproq Vatan, yurt manzaralarini turli böyoqlarda tasvirlaşga örgatadi. Fasllar, gözal tabiatni, milliy qadriyatlarimiz, bayramlarimizni ranglarda jilolantirayotgan bolajonlar qalbiga ona diyorga muhabbat tuyğularini ham joylaşga harakat qiladi.
Taʼlim maskanida fizika, kimyo fanlari xonalari qatorida informatika xonasi ham mavjud bölib, uşbu xona zamonaviy kompyuterlar, axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan. Maktab öquvçilari internet tarmoğiga ulangan kompyuterlar yordamida zamonaviy bilimlarni yanada çuqurroq örganişga intilişmoqda. Fan öqituvçisi Aminboy Jumamurodov öquvçilarga kompyuterdan va internetdan samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar, tuşunçalar berib kelmoqda. Ularga kompyuterni işga tayyorlaş, matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalaniş, maʼlumotlar, dasturlarning nusxalarini oliş va köpaytiriş, masalalar kabilarni örgatib, bilimlarini oşirmoqda.
Taʼlim-tarbiya işlari samarali yölga qöyilgan mazkur maktabda kelajagimizga mustahkam poydevorlar qöyilmoqda. Işonamizki, maktabda taʼlim olayotgan yuqori qişloqlik yoşlardan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladigan komil insonlar yetişib çiqadi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶