NAVOIYXONLIK TADBIRI BARÇAGA MAʼNAVIY RUH BAĞIŞLADI
Buyuk mutafakkir, şoir, davlat va jamoat arbobi, uluğ bobokalonimiz Mir Alişer Navoiy dahosiga sadoqat buyuk xalq va millatga nisbatan ehtirom va hurmat ifodasidir. Çunki dunyo xalqlari Navoiy deganlarida özbek millatini, uning betakror söz sanʼatini, milliy maʼnaviy qadriyatlarini özida mujassam etgan bebaho mumtoz adabiyotini tuşunadilar. Bu gözal adabiyot Navoiy asarlari bilan şunçalar qadr-qimmatliki, 583-yildan beri bu dilbar şeʼriyat, nafis ğazaliyot, yuksak tafakkur qudratini özida mujassam etgan adabiy-badiiy, falsafiy dostonlarni hamon ahli dunyo öqib-örganişdan, ibratlar olişdan, bu asarlardagi hikmatlar ummonidan hayratlanişdan aslo töxtamaydilar.
Har yili uluğ bobokalonimiz tavallud topgan 9-fevral sanasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun turkiy olamda, butun dunyoda şoir asarlarining millionlab muxlislari Navoiy dahosiga çeksiz hurmat va ehtirom körsatadilar. Şu kuni Navoiy ğazal va ruboiylari, tuyuq va masnaviy, muxammaslari turfa xalqlar tillarida jaranglar soçadi.
Mamlakatimizda esa yil davomida Navoiyxonlik tadbirlari, Navoiy asarlari bilimdonlari körik-tanlovlari ötkazilişi doimiy anʼanaga aylangan. Talaba-yoşlar, umumtaʼlim maktablarining öquvçi-yoşlari örtasida ötkaziladigan, “Xamsa”xonlik, ğazalxonlik keçalari, guruhlararo, sinflararo bellaşuvlar ösib kelayotgan yoş avlod qalbida vatanparvarlik, döstlik va totuvlik, bağrikenglik tuyğularini yanada mustahkamlab, Navoiy asarlarini örganişga bölgan iştiyoqlari ortişiga xizmat qilmoqda.
Amudaryo tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçi-yoşlari uçun Navoiyxonlik keçalari haqiqiy şeʼriyat bayrami kabi jöşqin kayfiyat bağişlaydi. Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari tomonidan hamjihatlikda taşkil etiladigan “Biz – Navoiy avlodlarimiz”, “Navoiy asarlari bilimdonlari”, “Navoiy ğazallari – yuksak maʼnaviyat sarçaşmasi” mavzularidagi sinflararo bellaşuvlar, şeʼriyat va ğazalxonlik keçalari har galgi öquv yili davomida anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgani öquvçi-yoşlarning Navoiy asarlari mazmun-mohiyatini çuqur tuşunişlariga, qiziqiş bilan örganişlariga imkoniyat yaratmoqda.
Öquvçi-yoşlar esa öz taşabbus va intilişlari tufayli tez-tez Navoiy asarlari asosida bahri-baytlar aytişib, özaro fikr almaşadilar, bir-birlarining bilimlarini sinovdan ötkazadilar. Alişer Navoiy tavallud topgan 9-fevral sanasi oldidan maktabda har bir sinf alohida dastur asosida bayramona tadbirlar taşkil etişadi, şoir dostonlaridan parçalar öqib, ğazalxonlik keçalarini ötkazişadi.
“Uluğ bobokalonimiz hayoti biz uçun ibrat” mavzusida Alişer Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan taşkillaştirilgan tadbir ham öquvçi-yoşlarning şoir dahosiga hurmat va ehtiromining yorqin ifodasi böldi.
Tadbirni maktab direktori Dilrabo Yöldoşeva oçdi va barçani buyuk mutafakkir, şoir, davlat va jamoat arbobi, ğazal mulkining sultoni Alişer Navoiy tavalludining 583 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Şu bilan birga Alişer Navoiyning turkiy xalqlar adabiyotiga qöşgan buyuk hissasi, özbek mumtoz adabiyotining asosçisi sifatidagi beqiyos katta xizmati va asarlarining heç qaçon qadr-qimmatini yöqotmaydigan hikmatlar xazinasi ekanligini alohida taʼkidlab ötdi.
Tadbir davomida öquvçilar Alişer Navoiy hayoti va ijodi xususida maʼruzalar qildilar, şoir ğazallari, ruboiy va tuyuqlaridan aytib berdilar.
Navoiy asarlari asosida savol-javoblar orqali bir-birlarining bilimlarini sinovdan ötkazdilar, bahri-baytlar aytişdilar.
Öquvçi-yoşlar tomonidan tayyorlangan sahna körinişi orqali Alişer Navoiyning şoir va davlat arbobi sifatidagi faoliyati, ilm-u zakovatda tengsizligi, xalqparvar va saxovatpeşa insonligi mahorat bilan körsatib berildi.
“Uluğ bobokalonimiz hayoti biz uçun ibrat” mavzusida taşkillaştirilgan mazkur tadbir haqiqatan ham har bir iştirokçi uçun biri-biridan hikmatli ğazal va ruboiylar, tuyuqlar haqiqiy ibrat va saboq böldi va barçaga maʼnaviy ruh bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶